Magistratura mutaxassisliklari


Elektron tijoratda axborotlarni himoyalash



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə69/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Elektron tijoratda axborotlarni himoyalash


Forrester Research tadqiqotlariga ko’ra, tarmoqni himoyalashga sarflanadigan mablag’ning katta qismi ma’lumotlarni shifrlash va brandmauerlarni mustahkamlash bilan bog’liq. Ammo, tezkor shifrlash uchun anjom, raqamli sertifikatlarga xizmat ko’rsatish va himoyalanish qoidalari sifatida qilingan bunday o’zlashtirish, tijorat Web serverini buzish natijasida keltiriladigan moliyaviy zararni hisobga oladigan bo’lsak, odatda qisqa muddatlarda o’zini oqlaydi. Tadqiqotlarda shu


138
narsa ta’kidlanadiki, qo’llab-quvvatlash xizmatiga bo’lgan barcha murojaatlarning 40%i hayolparast foydalanuvchilarning parolni tiklash iltimosi bilan bog’liq. Qo’llab-quvvatlash xizmatining bu yo’nalishdagi harajatlarni smart-kartalar yordamida sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Va nihoyat, Forrester tadqiqotlarida shu narsa ta’kidlanadiki, Fortune 1000 qatoridagi kompaniyalar tarmoqni himoyalash uchun yiliga kamida bir million dollar mablag’ sarflaydilar. Bu xarajat katta ko’ringani bilan buzishdan keladigan zarar bilan taqqoslanganda hech narsa emas.
Elektron tijoratlar uchun mahsulotlar va raqamli sertifikatlar xizmati ishlab chiquvchi VeriSign kompaniyasining korporativ marketing bo’yicha direktori Djina Klyayn Djorashning xabar berishicha buyurtmachilar raqamli sertifikatlarga 400 – 1000 dollar oralig’ida, bir Web server sertifikatining to’liq xizmatlari spektri uchun 200.000 –
1.000.000 dollar harajat qiladilar. Bunday sarflardan tashqari, himoyalash tizimining ajralmas qismi bo’lgan brandmauerning narxini ham hisobga olish zarur.
Himoyalash sohasining eng muhim masalalaridan biri standartlar masalasidir. Elektron himoyalangan tranzaktsiyalar (Secure Electronic Transaction, SET) CyberCash, Netscape Communications va RSA Data Security (SET ishlab chiquvchi komplektni taklif etuvchi) kabi kompaniyalarning xizmatidan foydalanadilar. Ammo, boshqa standartlar ham mavjud, masalan Secure/MIME va United Nations/Electronic Data Interchange for Administration, Commerce, and Transport (UN/EDIFACT). Universal va yagona usul mavjud bo’lmas ekan, mahsulotlarni va himoyalashning usullarini tanlash oson bo’lmaydi.

    1. Yüklə 1,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin