Debit tizimlar – qog’oz cheklarning elektron ko’rinishdagi ekvivalenti sifatida mavjud bo’ladi. Masalan, NetCheque, NetChex. NetCheque tizimida schotni ochishda to’lovchi ismini, moliyaviy tarkib nomini, to’lovchi schoti tartibini (nomeri), to’lovni qabul qiluvchi nomi va chek hajmini o’z ichiga olgan elektron hujjat chiqariladi. Axborotning asosiy qismi kodlanmaydi. Qog’ozli chek kabi NetCheque chek haqiqatdan ham schot egasidan kelayotganligini tasdiqlovchi, imzoning elektron usuliga (raqamli guruhlash) ega. Chek to’lanishidan
136
avval to’lov qabul qiluvchining elektron imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Raqamli naqd pul, mazmunan debit tizimlarga tegishlidir. Raqamli naqd pulning ikki turi mavjud – smart-kartalarda (Mondex) va kompyuterning qattiq diskida saqlanuvchi (misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: Digicash, Netcash, CyberCoin) raqamli naqd pul. Ayrim ekspertlarning xulosalariga ko’ra, vaqt o’tishi bilan bu turlar yagona turga birlashadi.
Bu tizimlar naqd pul kabidir. To’lovni amalga oshiradigan tizim provayderdan qo’shimcha ravishda naqd pullarning elektron analoglarini sotib oladi. Elektron pullarning hayot sikli (masalan, Digicash kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan) quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: avval mijoz o’z kompyuterida nominali va seriya raqamini aniqlagan holda elektron kupyuralar yaratadi va o’z elektron imzosi bilan tasdiqlaydi. So’ngra ularni bankka jo’natadi. Real pullar schotga tushganda ularning faqat nominalini bilgan holda imzolaydi va mijozga jo’natadi. Xarid davrida mijoz kupyuralarni sotuvchiga haqqoniyligini tasdiqlash va sotuvchi hisobiga o’tkazishni amalga oshirish uchun bankka jo’natadi (bunda sotuvchi sotib oluvchi haqida hech qanday ma’lumot olmaydi, ammo sotib oluvchi (xaridor) savdoni amalga oshirganini har doim isbotlay oladi, chunki u o’z kupyuralarining seriya raqamlarini biladi). Bunday tizimlarning asosiy ustunliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
tizimlar mikro to’lovlar uchun to’g’ri keladi; anonimlik ta’minlangan bo’lishi mumkin.
Negativ tomonlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
kupyuralarni qo’shimcha sotib olish zarurati; kredit taqdim etish imkoniyatining yo’qligi.
Internet tarmog’i orqali savdoga nisbatan muhokama qilinadigan
masalalardan biri tavakkalchilikning taqsimlanishi muammosi hisoblanadi. Karta orqali xarid amalga oshirilayotganda hamma tavakkal qiladi – karta raqamini habar qilayotgan foydalanuvchi, uni qabul qilayotgan magazin va o’tkazishni amalga oshirayotgan bank. Ammo, mutaxassislarning fikricha, Internet-magazinda xarid uchun kredit kartochkadan foydalanayotgan inson uni oddiy magazinda foydalanayotgan insonlardan kam tavakkal qilmaydi.
Kredit kartochkalar foydalanuvchilari himoyasi sxemasi ancha avval ishlab chiqilgan va Internet-tranzaktsiyalarga tadbiq qilingan. Masalan, magazin xodimi (kuryerga ham) majburiyatlariga xaridor
137
pasportini kredit kartochkadagi axborotlar mazmuniga nisbatan tekshirish kiradi. Pasport mavjud bo’lmaganda operatsiya bekor qilinishi mumkin. Shu sababli, Internet-magazindan boshqa kredit kartochka bo’yicha biror narsa sotib olish qiyin. Magazin mijoz imzosi bilan tasdiqlangan slip kartochkani olmagunga qadar so’nggi bank schotidan pulni o’tkazmaydi.
Bank va to’lov tizimi kam tavakkal qiladi, chunki zarurat tug’ilganda mijozga qaytariladigan pullar kartani qabul qilgan savdo nuqtasidan olinadi. Bu operatsiyada magazin eng ko’p tavakkalchilik qiladi. Buning sababi, biror narsa yuzaga kelganda u mahsulotsiz va pulsiz qolishi mumkin. Magazin tavakkalchilikni minimumga keltirish uchun zarur bo’lgan summani mijoz schotidan tezda olmaydi, faqat uni zahiralaydi. Keyinchalik xaridor va sotuvchi mahsulotni berishda uchrashadilar. Shu jarayonda slip (xaridni hujjatli tasdiqlash) yaratiladi va kartochka egasi uni imzolaydi. Qabul qilingan slip magazin va jarayon markazi uchun kelishuv amalga oshganligining tasdig’i bo’ladi. Slipni olish davrida kassir (yoki kuryer) kartochka egasi imzosini namuna bilan taqqoslaydi va tortishuvli vaziyatlarda pasport talab qilishi mumkin.
Umuman, savdo tashkilotlari uchun Internet orqali ishlashdagi tavakkalchilik kredit kartochkalaridan odatdagi foydalanishlardagi tavakkalchilik bilan mosdir. Rossiyaning ko’plab virtual magazinlari
«Multikarta» jarayonlash markazi bilan ishlaydilar va kredit kartochkalarini mualliflashtirish bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalarini hal qiladilar.
Turli bosqichlarda to’lov tizimi tarmog’iga fizik ulanish uchun turli texnologiyalar qo’llanilgan. Avval kirish telefon tarmoqlari orqali amalga oshirilgan. Bog’lanish o’rnatilishi va mualliflashtirish o’tgunga qadar foydalanuvchilar ko’p vaqt kutishlariga to’g’ri kelgan. Hozir ko’plab magazinlar Internetdan X.25 tarmog’iga o’tish uchun provayder tomonidan taqdim etilayotgan shlyuzdan foydalanmoqdalar.