Magistratura mutaxassisliklari


Masofaviy ta’limda WWWni qo‘llash



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə64/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Masofaviy ta’limda WWWni qo‘llash


Internet xalqaro tarmog’i ta’lim muassasalari uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Internet masofaviy ta’lim tizimini o’rnatish imkonini beruvchi bir necha turdagi xizmat (servis) larni taqdim etadi. U keng tarqalgan, ishonchli va arzon masofaviy ta’limni tashkillashtirish uchun katta imkoniyatlarga ega.
Masofaviy ta’limni tashkillashtirish uchun eng qulay usuli World Wide Web (WWW) tizimi hisoblanadi. Bu Internet tarmog’ining yangi axborot xizmatidir. WWW gipermatnli texnologiya asosida qurilgan. Bu tizim Internetda qidirishning eng qulay vositalaridan biri hisoblanadi. WWW gipermatn modeli har bir elementni ixtiyoriy hajmli bayonnoma bilan ta’minlashi mumkin. Har bir maqola boshqa xabarlarga murojaatga va universal interfeysni taqdim qilishda katta imkoniyatlarga ega. Ko’rish dasturi elektron pochta orqali olingan materiallarni o’zaro bog’langan gipermatnli murojaatlarga aylantiradi. Bog’lanishlarni qo’llagan holda joriy va ichki maqolalarda harakatlanishingiz mumkin.
WWW tizimining keltirilgan ustunliklari Internet orqali kirish mumkin bo’lgan quyidagi o’quv tizimlari spektrini yaratish imkonini beradi:
interfaol darsliklar va o’quv qo’llanmalari; anonim malakaviy va tekshiruv testlari;
masofaviy o’quvchi talabalar uchun testlar va imtihonlar; o’qituvchi – talaba teskari aloqasini tashkil etish.
WWW matnli, grafik, ovoz va videomateriallarni kombinatsiyalash
imkonini beradi. Java va Java-scriptni qo’llash dasturiy ta’minotni tiklash muammosini hal qiluvchi tarmoq bo’yicha yuklanuvchi ilovalarni yaratish imkonini beradi. Javaning ko’chuvchanligi, turli platformalarda
128
joriy kodga o’zgarishlar kiritmasdan, o’quv dasturlarining to’g’ri ishlashini ta’minlaydi.
Web-texnologiyalar hujjatni jihozlashda ijodiy yondashuvning ajoyib imkoniyatlarini taqdim etadi. O’quvchiga berilayotgan materialni taqdim etish uchun ixtiyoriy qulay shakl tanlanishi mumkin. Bu sahifada ixtiyoriy ko’rinishda joylashgan fotosurat, grafika, matn, videoparcha va boshqalar bo’lishi mumkin. Bu o’qish va jihozlashlarda yordam berishi mumkin bo’lgan sodda prinsiplar bilan izohlanadi. Bunday holatda yaxlit materialni ko’rish va o’qish haqida so’z borar ekan, hujjatni jihozlashning yagona konsepsiyasini ishlab chiqish zarur bo’ladi.
Birinchi navbatda, sahifa foniga halaqit beruvchi hech qanday grafik tasvirlardan foydalanish mumkin emas. Fon birinchi navbatda monoton, oq bo’lishi shart emas. Agar fon oq bo’lsa, u holda matn to’q ranglarda, masalan, qora yoki to’q ko’k rangda bo’lishi lozim. To’q fon va ochiq rang ishlatish mumkin emas – bu o’quvchi ko’zining toliqishiga olib keladi. Bundan tashqari juda mayda shriftlardan foydalanishdan to’liq voz kechish lozim.
Shuni ham e’tiborga olish lozimki, sahifalar turli grafik imkoniyatlarga ega bo’lgan tizimlarda va ranglar palitralarida ko’riladi. Shu sababli, 16 rangli palitradan foydalanish rang bilan ajratilgan matnni tasvirlashda «buzilishlarni» kamaytirish imkonini beradi. Bu grafik materiallarga ham taalluqlidir (grafiklar, sxema, diagramma, rasm va boshqalar). Faqat kamida 256 rang qo’llaniladigan tasvirlar bundan mustasno. Bu ko’rish dasturida fototasvirlarni ifodalashning minimal sifatini ta’minlaydi. Bundan tashqari, bunday rang palitralaridan hamda tasvirni siqishni qo’llovchi grafik formatlardan (.gif, .jpg) foydalanish, tarmoq orqali uzatilayotgan tasvir, hujjat umumiy hajmini kamaytirish imkonini beradi.
Hujjatlar mazmuniga to’xtalamiz. Masofaviy ta’lim shunday holatki, hujjat mazmuni uning taqdim etish shaklidan ustun bo’lishi lozim. Barcha hujjatlar shakli imkon qadar tartiblangan bo’lishi lozim. Sahifa o’quvchi e’tiborini o’ziga jalb qiluvchi hech qanday ortiqcha ma’lumotlarga (grafik yoki matnli) ega bo’lmasligi lozim. Hujjatni o’qish chegarasi imkon qadar tor bo’lishi lozim. Bunga hujjat chegaralarida maydonlar hosil qilishga imkon yaratishi mumkin. Gorizontal surgichga ega bo’lgan hujjat yaratish tavsiya etilmaydi. Bunday hujjatlarni o’qish va o’rganish juda noqulay bo’ladi. Har bir alohida hujjat hajmi 40 – 60 Kbaytdan ortmasligi lozim. Bu ularning yuklanishini tezlashtiradi.
Barcha o’quv materiallari qat’iy tarkiblangan bo’lishi va ular ichida


129
interfaol qidirish imkoniyatini taqdim etish lozim. O’quv materiallari qiziquvchiga har qanday usul bilan yetkazib berilishi mumkin. Bu Web- serverdan to’g’ridan to’g’ri yuklash va o’qish, Internetga ulanmagan holda mijoz-dastur yordamida ko’rish uchun hujjat arxivlarini uzatish hamda o’quv jarayoni ko’rsatilgan boshqa usullar bo’lishi mumkin.
Masofaviy ta’limning ba’zi bir manbalari haqida ma’lumot.
Sity University

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin