OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
Iqtisodiyot va ta’lim fakulteti
“Iqtisodiyot” yo’nalishi
4-guruh talabasi Yo’ldashev Axrorjon Egamnazar o’g’lining
“Axborot kommunikatsiya texnologiyalari”
fanidan
“Raqamli iqtisodiyotdagi o’zgarishlar”
mavzusida tayyorlagan
Qabul qildi:
______________
Tayyorladi:
______________
Qo‘qon 2022
Mavzu: Raqamli iqtisodiyotdagi o’zgarishlar.
REJA
1. Raqamlashtirish haqida tushuncha.
2. Iqtisodiyot haqida tushuncha.
3. Raqamli iqtisodiyot 2030 konsepsiyasi.
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari.
Raqamlashtirish haqida tushuncha Ayni paytda qaysi sohaga nazar
tashlamang, “raqamli” so‘ziga duch kelasiz. Bugungi kun talabi shunday. Sohani
rivojlantirmasangiz, uning kelajagini o‘ylamasangiz, unga eng so‘nggi rusumdagi
texnik-uskunalarni, dasturiy mahsulotlarni joriy qilmasangiz, ishchi-xodimlar uchun
kundan-kun qulay shart-sharoit yaratib bermasangiz, imkoniyat darajasida
faoliyatingizda inson omilini kamaytirib bormasangiz, raqobatga bardosh berolmay,
o‘z-o‘zidan chetga chiqib qolasiz. Sizning chetga chiqishingizning ortida esa
qanchadan qancha inson taqdiri turganligini his qilib yashash zarur. Shunday ekan
hozirda har bir rahbar bu borada yanada chuqurroq o‘ylashi talab qilinadi.
Ayni paytda ijtimoiy hayotning har bir sohaga axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining keng joriy etilishi natijasida raqamli iqtisodiyotning roli yildan-
yilga ortib bormoqda. “Raqamli iqtisodiyot”ning yaralishi va taraqqiy etishi yangi
texnologiyalarning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu ikki mavzuni
bir-biridan ajratish mumkin emas. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish “raqamli
iqtisodiyot”ni qurish uchun zarur negizni yaratadi.
Xo‘sh, bugun juda ko‘p gapirayotganimiz raqamlashtirish o‘zi
nima? Raqamlashtirish bu – hayotning turli sohalariga, jumladan iqtisodiyot,
ta’limning barcha bosqichlari, madaniyat, tibbiyot, turizm, qishloq xo‘jaligi, xizmat
ko‘rsatish va boshqa jarayonlarga raqamli texnologiyalarni joriy qilishdir.
Dostları ilə paylaş: |