“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-9, Issue-2, May - 2022
51
HAYOTNING TUR VA POPULYATSIYA DARAJASIDAGI
UMUMBIOLOGIK QONUNIYATLAR MAVZULARINI O'QITISHDA
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 10-SINF
MISOLIDA
Ilmiy rahbari: b.f.f.d. dots v/b
D.A.MULLAYEV
Magistrant:
YULDUZ TEMIROVA KARIM QIZI
Nizomiy nomidagi TDPU I bosqich magistranti
Biologiyani o'qitish metodikasi
Annontatsiya: Ushbu maqolada biologiya fanini o’qitishda zamonaviy
pedagogik tenologiyalardan foydalanish to’g’risida
fikr yuritilgan.
Аннотация: В этой статье рассматривается использование современных
педагогических технологий в преподавании биологии.
Announcement: This article focuses on the use of modern pedagogical
tenologies in teaching biology.
Kalit so’zlar: Biologiya, metod,
interfaol, ta’lim, pedagogik texnologiyalar
e’tibor, zamonaviy, imkoniyat, populyatsiya.
Ключевые слова: биология, метод, интерактивность,
образование,
педагогические технологии внимание, современность,
возможности,
население.
Keywords: biology, method, interactive, education, attention to pedagogical
technologies, modern, opportunity, population
.
Hayotning tur va populyatsiya darajasidagi umumbiologik qonuniyatlar
mavzularini o'qitishda quyidagi pedagogik texnologiyalar
va interaol usullardan
foydalanishimiz mumkin:
1.''Kamalak''usuli. Bu usulni biror bob yoki bo’lim yuzasidan o’tkazish mumkin.
Bunda birinchi ustindagi asosiy tushunchalar har xil ranglarda beriladi. Jadvalning
qolgan qismlarida so’zlar aralash yozilgan bo’ladi. O’quvchilar ushbu
tushunchalarni asosiy tushuncha ranglariga mos ranglarda ifodalahslari shart. Bunda
jadval bo’yatiladi yoki yopishuvchi rangdor qog’ozlar to’plamidan
foydalanib
to’ldiriladi. Bu usulning afzalligi shundan iboratki, bir paytning o’zida 9
nafar
o’quvchining bilimi sinab ko’riladi.