“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-9, Issue-2, May - 2022
52
Bu usulni biror bob yoki bo’lim yuzasidan o’tkazish mumkin. Bunda o’quvchilar
atama yoki biologiya faniga oid so’zning oxirgi harfiga keying so’zni bog’laydi.
Masalan:
Populyatsiya-tur-zebra-qo’ng’iz-gepard va hokoza.
3.''Pochta qutisi'' usuli..
Bu
usulni guruhlarda ham, kichik juftliklarda ham qo’llash mumkin Bunda
o’quvchilarga turli mavzular yuzasidan aralash atama
va tushunchalar aralash
holatda beriladi. Pochta qutisi berilgandan so’ng o’quvchilarga quti ichidagi so’z
yoki atamalarni tarzda ajratishi
aytiladi.
4.''Matn+test'' usuli.
Bunda o’quvchilarga matn o’qib beriladi yoki ovozli moslama yordamida matn
eshittiriladi. O’quvchilar diqqat bilan tinglaydi va quyida
beriladigan testlarning
yechimini topishadi. Bu usul orqali o’quvchilarning diqqat va xotirasi
mustahkamlanadi. Bu usul butun sinf bilan ishlaganda qo’llanadi.
Masalan:
Mutatsiyalar gen,
xromosoma, genom va sitoplazmatik xillarga bo‘linadi.
Mutatsiyalarning ko‘pchiligi zararli bo‘ladi va tabiiy tanlanish orqali bartaraf etiladi.
Ayrim mutatsiyalar organizm uchun shu konkret sharoitda foydali bo‘lishi mumkin.
Bunday mutatsiyalar organizmlarning ko‘payishi orqali kelgusi bo‘g‘inlariga
beriladi va nasldan naslga o‘tgan sari populatsiya individlarida to‘plana boradi.
Mutatsion o‘zgaruvchanlik uzoq vaqt davomida tabiiy tanlanish natijasida
mustahkamlanib boradi va populatsiya genofondini o‘zgartiradi. Bu esa evolutsiya
tomon qo‘yilgan dastlabki qadamdir. Populatsiya genofondining o‘zgargan yoki
o‘zgarmaganligini qanday bilish mumkin? Odatda, populatsiya genofondidagi u
yoki bu gen ta’sirida vujudga kelgan belgini turli
xil organizmlarni bir necha
bo‘g‘inlarda sanash orqali ularning har bir bo‘g‘indan takrorlanish miqdori
aniqlanadi. Ularning o‘zaro nisbatini taqqoslash yo‘li
bilan populatsiya
genofondining o‘zgargan yoki o‘zgarmaganligi haqida mulohaza yuritiladi.
Genlar dreyfi – genetik-avtomatik jarayonlar – bir necha avlodlar davomida gen
allellarining populatsiyada uchrash ehtimolining tasodifiy oʻzgarishi, ya’ni
populatsiyalardagi individlar orasida tasodifiy kombinativ o‘zgaruvchanlikning
yuzaga kelishidi
Test