Magistratura mutaxassisliklari


Kompyuter konferensiyalari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə61/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Kompyuter konferensiyalari


Kompyuter konferensiyalari biror muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilari o’rtasida axborot almashish uchun kompyuter tarmoqlaridan foydalanadi. Albatta, bu texnologiyaga kirish huquqiga ega bo’lganlar soni chegaralangan. Kompyuter konferensiyasi ishtirokchilari soni audio va videokonferensiyalar ishtirokchilari sonidan ancha ko’p.
Kompyuter konferensiyalari (telekonferensiyalar) ommaviyligi bo’yicha elektron pochtadan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Agar elektron pochta xabarni «birdan birga» printsipida uzatsa, tarmoq yangiliklari xabarni «birdan ko’pchilikka» printsipida uzatadi. Har bir xabarni uzatish mexanizmi «mish-mish» tarqalishini eslatadi: tarmoqning har bir bo’g’ini biror yangilikni «bilsa», axborotni barcha tanish bo’g’inlarga uzatadi. Ular o’z bilgan bo’g’inlariga va h.k. Shunday qilib, xabar qisqa muddat ichida butun dunyodagi konferensiya ishtirokchilariga yetib boradi.
Xalqaro mustaqil telekonferensiyalar tarmog’i UseNet deb nomlanadi. UseNet deyilganda, Internetning barcha foydalanuvchilariga


123
guruhli munozaralarda ishtirok etish imkonini beruvchi tizim tushuniladi. Guruh yangiliklarining muhim jihatlaridan biri butun dunyo bo’ylab millionlab insonlar bilan muloqot qilish imkoniyatidir. Mutaxassislar o’z hamkasblaridan tez va malakali yordam olishlari mumkin. Bu tarmoq birinchi navbatda texnik mutaxassislar o’rtasida axborot almashish uchun o’ylab chiqilgan. Hozirda UseNet 40.000 dan ortiq telekonferensiyalarni ta’minlaydi. Mavzular guruhi turli-tuman va deyarli barcha soha qiziqishlarini o’z ichiga oladi. Rus serverlari o’rtacha 15.000 – 19.000 guruh yangiliklarni ta’minlaydi.
UseNet Internet tarmog’iga kiruvchi alohida tarmoq emas, balki alohida xizmati hisoblanadi. Unda axborot almashinuvi jarayonini hech kim nazorat qilmaydi. Faqat ayrim tijorat yoki maxsus munozara uchun yaratilgan guruhlargina nazorat ostida bo’ladi. Axborotlar oqimini maxsus operatorlar (moderatorlar) kuzatib boradi.
Xalqaro darajadagi asosiy konferensiyalar


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin