Magistratura mutaxassisliklari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə7/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Obyekt namunasi – bu to’plamning aniq bir elementi. Masalan, avtomobilning davlat raqami obyekt bo’lishi mumkin. Bu obyektning namunasi aniq nomer – 01 K 874 BA.
Sinf – bu real hayotning tarkibi va umumiyligi bilan bog’langan elementlar to’plamidir. Sinf elementi – berilgan to’plamning aniq elementidir. Masalan, avtomobillarni ro’yxatga olish nomerlari sinfi.
Axborotning ortiqchaligini kamaytirish uchun «boyitish» jarayonidan foydalaniladi. Masalan, korxona xodimlari ro’yxatini kompyuterda saqlashda ayrim hollarda familiyalarining boshlang’ich uchta xarfini kiritish kifoya. Axborotlarni boyitish usullari ichida tarkibiy, statistik, semantik va paragmatik boyitishlarni ajratish mumkin. Tarkibiy boyitishda talab qilingan aniqlik, axborot manbalarining xizmat ko’rsatish tezligi va tahlil qilinayotgan jarayon chastota spektriga bog’liq bo’lgan axborotni ifodalovchi parametrlarini o’zgartirish nazarda
tutiladi.
Statistik boyitishda statistik ma’lumotlarni jamlash, jamlangan ma’lumotlardan saralanganlariga ishlov berish amalga oshiriladi.
Semantik boyitish axborotning mazmunini, hisoblashlar va bildirishlar, tushunchalarni ajratish va tasniflash, mantiqiy formalarni minimallashtirishni bildiradi. Semantik boyitish natijasida ishlov berilayotgan yoki uzatilayotgan axborotni umumlashtirishga va undagi mantiqiy qarama-qarshiliklarni yo’qotishga erishiladi.
Paragmatik boyitish qaror qabul qilish uchun axborotni qo’llashda muhim bosqich hisoblanadi. Olingan axborotlardan foydalanuvchi maqsad va vazifalariga mos keluvchi eng zarurlari tanlab olinadi.

Axborotlarga ishlov berish


Axborotlarga ishlov berish deyilganda, bir «axborot obyekti» ustida ma’lum bir algoritmlarning bajarilishi natijasida boshqa «axborot obyekti»ni shakllantirish tushuniladi. Bu jarayon axborotning turli- tumanligi va hajmi ortishining asosiy vositasi hisoblanadi.
Ishlov berishning eng yuqori darajasida sonli va sonli bo’lmagan ishlov berish usullarini ko’rsatish mumkin. Ko’rsatilgan ishlov berish turlari «ma’lumot» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Sonli ishlov berishda o’zgaruvchi, vektorlar, matritsalar, ko’p o’lchovli massivlar,


13
o’zgarmaslar kabi obyektlar qo’laniladi. Sonli bo’lmagan ishlov berishda obyekt sifatida fayllar, yozuvlar, maydonlar, tarmoqlar, nisbatlar va hokazolar olinishi mumkin. Yana bir farqli tomoni shundaki, sonli ishlov berishda ma’lumotlar mazmuni katta ahamiyatga ega emas, ayni vaqtda sonli bo’lmagan ishlov berishda bizni yaxlitligicha mosligi emas, balki obyekt haqida ma’lumotlar qiziqtiradi.
Zamonaviy hisoblash texnikasi yutuqlari nuqtai nazaridan axborotlarga ishlov berishning quyidagi turlarini ajratish mumkin:
ketma-ket ishlov berish, bir protsessorga ega bo’lgan, an’anaviy fon-neyman arxitekturali EHMlarda qo’laniladi;
parallel ishlov berish, EHMda bir necha protsessor bo’lganda qo’llaniladi;
konveyerli ishlov berish, turli masalalarni yechish uchun EHM arxitekturasida ayni bir manbalardan foydalanish bilan bog’liq.
Elektron hisoblash mashinalarning mavjud arxitekturalarini axborotga
ishlov berish nuqtai nazaridan quyidagi sinflardan biriga taalluqli deb olish qabul qilingan:
Buyruq va ma’lumotlar yakka oqimli arxitekturaci (SISD). Bu sinfga, «atribut-qiymat» juftligi bilan ishlovchi, markaziy protsessor bo’lgan, an’anaviy fonneyman arxitekturali bir protsessorli tizimlar tegishlidir.
Buyruq va ma’lumotlar yakka oqimlari arxitekturaci (SIMD). Bu sinfning alohidaligi, bir xil protsessorlarni boshqaruvchi bir (markaziy) nazoratchining mavjudligi hisoblanadi. Nazoratchi, protsessor elementlari imkoniyatlariga, protsessorlar soniga, qidiruv rejimini tashkilashtirish va manzil tasniflariga qarab, quyidagilarni ajratish mumkin:
vektorli va matritsali masalalarni yechish uchun qo’llaniluvchi matritsali protsessorlar;
sonli bo’lmagan masalalarni yechishda va unda saqlanayotgan ma’lumotlarga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish mumkin bo’lgan xotiralarni qo’llovchi assosiativ protsessorlar;
sonli va sonli bo’lmagan ishlov berish uchun qo’llaniluvchi protsessor ansambllari;
vektorli va konveyerli protsessorlar.
Ko‘p oqimli buyruqlar va bir oqimli ma’lumotlar arxitekturalari (MISD). Bu sinfga konveyerli protsessorlarni kiritish mumkin.
Ko‘p oqimli buyruqlar va ko‘p oqimli ma’lumotlar arxitekturalari
14
(MIMD). Bu sinf axitekturalariga quyidagi konfiguratsiyalarni kiritish mumkin: multi protsessorli tizimlar, multiishlov beruvchi tizimlar, ko’p mashinalardan tashkil topgan hisoblash tizimlari, hisoblash tarmoqlari.
Ma’lumotlar bilan ishlash jarayonini shartli ravishda quyidagicha taqsimlash mumkin:
Ma’lumotlarni yaratish – ishlov berish jarayoni sifatida, qandaydir algoritmning bajarilishi natijasida axborot yaratishni va keyinchalik undan yuqori darajalarda foydalanishni nazarda tutadi.
Ma’lumotlarni modifikatsiyalash – yangilarini kiritish va keraksizlarini yo’qotish yo’li bilan amalga oshiriluvchi, aniq predmet sohasidagi o’zgarishlarni tasvirlash bilan bog’liq bo’lgan axborotlardir.
Xavfsizlik, nazorat va yaxlitlik – axborot modelida predmet sohasining holatini tasvirlash uchun yo’naltirilgan va axborotning xavfsizligini, texnik va dasturiy vositalar zararlanishi va uzilishlaridan himoyalanishni ta’minlaydi. Kompyuter xotirasida saqlanayotgan axborotni qidirish, turli so’rovlarga javob berishda mustaqil harakat va axborotga ishlov berishda yordamchi amal sifatida amalga oshiriladi.


Qaror qabul qilish – axborotga ishlov berishda bajariluvchi asosiy amal hisoblanadi. Qabul qilinadigan qarorlarnig ko’pligi turli matematik modellardan foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi.
Hisobotlar, hujjatlar yaratish – axborotni ham inson, ham kompyuter tomonidan o’qiy olish mumkin bo’lgan formaga aylantirishdir. Bu amal xujatlarni saralash va skanerlash, hisoblash, ishlov berish amallari bilan bog’langan.
Axborotlarga ishlov berish amallari eng keng qo’llaniladigan muhit qarorlar qabul qilish muhiti hisoblanadi. Qaror qabul qilish jarayonlari haqida keyingi mavzularimizdan birida to’xtalib o’tamiz.


15

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin