Magistratura mutaxassisliklari


Masofaviy ta’lim tizimlari 127



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə3/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

11. Masofaviy ta’lim tizimlari 127
Masofaviy ta’lim tushunchasi 127
Masofadan o‘qitishning muhim jihatlari 130
Masofaviy ta’limda WWWni qo‘llash 131
12.Elektron tijorat tizimlari 133
Elektron tijorat haqida umumiy ma’lumot 133
Elektron tijoratning ustunliklari 134
Elektron tijoratdan foydalanish 135
Internet-magazin 137
Elektron tijoratda axborotlarni himoyalash 141
13.Axborotlarni himoyalash 142
Axborot tizimlari xavfsizligiga tahdidlar 143
Axborot xavfsizligi tizimi 148
Kompyuter virusi tushinchasi 152
Kompyuter virusi klassifikatsiyasi 153
Virusga qarshi kurashish dasturlari 156
Tarmoq antivirus dasturiy ta’minoti 158
14.HTML – gipermatnli belgilash tili 160
HTML hujjati tarkibi 162
Matnni formatlash 165
Juft bo‘lmagan teglar (belgilashlar) 166
Abzas va uzish teglarining ishlashi 168
Stillar haqida ma’lumot 170
HTMLda ro‘yxatlar 173
HTMLda jadvallar 176
HTMLda ranglar 179
HTMLda grafikadan foydalanish 181
Bog‘lanishlar yaratish 186
Web-hujjatlarni chop qilish 191
Adabiyotlar ro‘yxati 196

KIRISH


Insoniyat o’z rivojining yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Yangi ming yillikning boshlanishi bilan industrial jamiyatdan axborot jamiyatiga o’tish boshlandi. Bu o’tishni ta’minlovchi jarayon axborotlashtirish nomini oldi. Axborotlashtirish – mehnat sifatini, yashash sharoitlarini tubdan o’zgartirish uchun yetarli bo’lgan va jamiyatning barcha a’zolarini axborot bilan ta’minlash darajasini qo’llab-quvvatlovchi axborot vositalari va texnologiyalarini yaratish, rivojlantirish va umumqo’llash jarayonidir. Axborotlashtirishning zarurati axborotning roli va qiymatining keskin o’sishi bilan izohlanadi. Axborot jamiyati axborotlarni yaratish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va jamlash bo’yicha inson faoliyatini o’z ichiga olgan yuqori darajada rivojlangan axborot muhiti bilan tavsiflanadi.
Informatika ilmiy yo’nalish sifatida turli darajadagi mutaxassislarni tayyorlashda bir qator umumkasbiy va maxsus fanlar uchun asos bo’lib hisoblanadi. Hozirgi kunda axborot muhiti inson faoliyatida material manbaga nisbatan yetakchi bo’lib bormoqda. Axborot manbalari tijorat tavsifiga ega bo’lmoqda va yangi axborot xizmati jadal rivojlanmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarning hayotga tadbiq qilinishi foydalanuvchilar bilan bir qatorda ishlab chiquvchilar uchun ham tayyorgarlikni talab qiladi.
Bunda barcha o’rganuvchilar uchun quyidagilar zarur:
Axborot jarayonlari, tarkibi, modellari, negiz va amaliy axborot texnologiya vositalari va usullarini loyihalash va yaratish.
Axborot texnologiyalari negizida tizimni boshqarish usullarini bilish.
Turli fan sohalarida funksional masalalarni yechishda, hamda axborot tizimlarini ishlab chiqish va loyihalashda axborot texnologiyalarini qo’llashni bilish.
Axborot tizimlarining qo’llanilish sohalari va axborot jamiyatiga o’tish sharoitida uning kelajagi haqida tushunchaga ega bo’lish.
Axborot tizimlarini yaratish sohasidagi bilimlar axborot madaniyatini shakllantirishda boshqa yo’nalishlardagi mutaxassislar uchun ham zarurdir. Bunday bilim informatika sohasida malakali mutaxassislar mavjud bo’lgandagina shakllanishi mumkin. Bunday mutaxassislarga bo’lgan talab O’zbekistonda ham, chet ellarda ham ortib bormoqda.
Jamiyat tomonidan axborot texnologiyalarini o’zlashtirish har bir
5
inson yashash sharoitining yaxshilanishini ta’minlashi lozim. Axborot jamiyati insoniyat rivojining navbatdagi bosqichidir. Bunda insoniyatning yashash muhiti axborot texnologiyalariga tayanadi.
Hozirgi yoshlarga yangi asrda o’qishga va ishlashga to’g’ri keladi. XXI asr oxirida insoniyat jamiyatining rivojlanish manbai deb tan olingan axborotsiz hech qanday ishlab chiqarish rivojlanmaydi. Bugungi kunda insoniyat axborot texnologiyalari sohasida yuqori natijalarga erishdi. Bu kompyuterlar va kompyuter tizimlari, lokal va global tarmoqlar, Internet xalqaro tarmog’i, multimedia texnologiyasi va boshqalardir. Informatika inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bordi. Oxirgi yillarda axborot keng talab qilinadigan va qimmat mahsulotga aylandi, «axborot xizmati» tushunchasi insoniyat faoliyatining barcha sohalarini qamrab olgan butun bir ishlab chiqarishni aniqladi.
Mutaxassis-muhandis, huquqshunos, jurnalist, psixolog axborot oqimini qiyinchilik bilan boshqarmoqda. Mutaxassis yetarli darajada o’z vazifalarini bajarishi uchun axborotga ishlov berishda qo’llaniladigan anjom va usullar zarur. Xuddi shu masala axborotga ishlov berish bilan bog’liq sohada ham ko’zga tashlanmoqda: nazariy jihatdan inson har qanday axborotni kompyutersiz qayta ishlashi mumkin, ammo informatikada mavjud bo’lgan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lsa, buni samaraliroq bajaradi.
Axborot tizimi oliy o’quv yurtlarining negiz predmetlaridan biri sifatida axborot madaniyatini o’zlashtirish va axborot muhitida ma’lum bir darajada dunyoqarashning shakllanishi uchun xizmat qiladi. Ya’ni, axborotni olish, ishlov berish va uzatish uchun kompyuter axborot tizimlari va unga mos texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, axborot bilan maqsadga yo’naltirilgan holda ishlay olish.
Ushbu o’quv qo’llanma Informatika fanining qismlaridan biri bo’lgan «Axborot tizimlari» fanidan nazariy bilimlarni kengaytirishda talabalarga yaqindan yordam beradi.

6


    1. Yüklə 1,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin