Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 93,22 Kb.
səhifə1/3
tarix14.12.2023
ölçüsü93,22 Kb.
#180344
  1   2   3
RQL Toshmatova M






O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

FARG’ONA FILIALI

KOMPYUTER INJINIRINGI YO’NALISHI
720-21 guruh talabasi
Toshmatova Mashxuraxonning

Raqamli qurilmalarni loyihalash
fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI

Topshirdi: Toshmatova M.
Qabul qildi: Ismoilov M.M.

Mavzu: Kombinatsion turdagi raqamli sxemalar.


Reja:
Kirish.
1.Raqamli integral sxemalarning xarakteristikalari.
2.Deshifratorlar xaqida ma’lumot.
3.Multipleksor avtomatika.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.

Insoniyat o`z rivojining yangi bosqichiga qadam qo`ydi. Yangi ming yillikning boshlanishi bilan industrial jamiyatdan axborot jamiyatiga o`tish boshlandi. Bu o`tishni ta`minlovchi jarayon axborotlashtirish nomini oldi. Axborotlashtirish – mehnat sifatini, yashash sharoitlarini tubdan o`zgartirish uchun yetarli bo`lgan va jamiyatning barcha a`zolarini axborot bilan ta`minlash darajasini qo`llab-quvvatlovchi axborot vositalari va texnologiyalarini yaratish, rivojlantirish va umumqo`llash jarayonidir. Axborotlashtirishning zarurati axborotning roli va qiymatining keskin o`sishi bilan izohlanadi. Axborot jamiyati axborotlarni yaratish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va jamlash bo`yicha inson faoliyatini o`z ichiga olgan yuqori darajada rivojlangan axborot muhiti bilan tavsiflanadi.


Informatika ilmiy yo`nalish sifatida turli darajadagi mutaxassislarni tayyorlashda bir qator umumkasbiy va maxsus fanlar uchun asos bo`lib hisoblanadi. Hozirgi kunda axborot muhiti inson faoliyatida material manbaga nisbatan yetakchi bo`lib bormoqda. Axborot manbalari tijorat tavsifiga ega bo`lmoqda va yangi axborot xizmati jadal rivojlanmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarning hayotga tadbiq qilinishi foydalanuvchilar bilan bir qatorda ishlab chiquvchilar uchun ham tayyorgarlikni talab qiladi. Bunda barcha o`rganuvchilar uchun quyidagilar zarur: Axborot jarayonlari, tarkibi, modellari, negiz va amaliy axborot texnologiya vositalari va usullarini loyihalash va yaratish. Axborot texnologiyalari negizida tizimni boshqarish usullarini bilish. Turli fan sohalarida funksional masalalarni yechishda, hamda axborot tizimlarini ishlab chiqish va loyihalashda axborot texnologiyalarini qo`llashni bilish. Axborot tizimlarining qo`llanilish sohalari va axborot jamiyatiga o`tish sharoitida uning kelajagi haqida tushunchaga ega bo`lish. Axborot tizimlarini yaratish sohasidagi bilimlar axborot madaniyatini shakllantirishda boshqa yo`nalishlardagi mutaxassislar uchun ham zarurdir. Bunday bilim informatika sohasida malakali mutaxassislar mavjud bo`lgandagina shakllanishi mumkin. Bunday mutaxassislarga bo`lgan talab O`zbekistonda ham, chet ellarda ham ortib bormoqda.

Yüklə 93,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin