Magistratura mutaxassisliklari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə74/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Venture Development Corporation(VDC)ning bergan ma’lumotlariga ko’ra, kompyuterlar, hisoblash tarmoqlari, telekommunikatsiyalar va Internet bozorining tez rivojlanishi natijasida Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika regionlarida uzluksiz ta’minot tizimiga (UTT) bo’lgan ehtiyoj o’sib bormoqda. Mutaxassislarning hisoblariga ko’ra uzluksiz ta’minot tizimining Yevropa bozoridagi aylanmasi 2004-yilda taxminan 2,2 mlrd. dollarni tashkil etadi (1999-yilda 1,4 mlrd. dollar).
Uzluksiz elektr ta’minoti tizimining rivojlanishi bilan siz 24/7 rejimida yashovchi zamonaviy dunyoda tijoratingizning rivojlanishini ta’minlash uchun yangi imkoniyatlarga ega bo’lasiz.

Kompyuter virusi tushinchasi


Kompyuter virusi – bu o’lchami jihatidan katta bo’lmagan va maxsus yozilgan dastur (ya’ni bajariluvchi kodning ma’lum bir ketma- ketligi) bo’lib, o’zini boshqa dasturlarga «yozib» qo’yishi (ularni
«kasallantiradi»), nusxalarini yaratishi va ularni fayllarga, kompyuterning tizim sohalariga tadbiq qilishi mumkin. Bundan tashqari,


149
kompyuterda nazarda tutilmagan turli amallarni bajarishi mumkin.
Ichida virus bo’lgan dastur «zararlangan» deyiladi. Bunday dastur ishni boshlaganda boshqaruvni avval virus oladi. Virus boshqa dasturlarni topadi va ularni «zararlaydi» hamda qandaydir zararli amallarni (masalan, fayllarni yoki diskda fayllarning joylashish tartibini buzadi, tezkor xotirani «ifloslantiradi» va h.k) bajaradi. Viruslar boshqa dasturlarga har doim zarar yetkazmasligi, balki, ma’lum shartlar bajarilgandagina ishga tushishi mumkin. Masalan, Anti-MIT virusi har yilning 1-dekabrida qattiq diskdagi barcha axborotni buzadi, Tea Time virusi 15:10 dan 15:13 gacha klaviaturadan axborot kiritishga xalaqit beradi. 2003-yilda shaharda «kezib yurgan» mashhur bo’lgan One Half virusi qattiq diskdagi ma’lumotlarni sezilmagan holda shifrlaydi. 1989- yilda amerikalik talaba virus yaratishga muvaffaq bo’ldi va bu virus AQSh Mudofaa Vazirligining 6.000 ga yaqin kompyuterini ishdan chiqardi. Taniqli Dir-II virusi epidyemiyasi 1991-yilda tarqaldi. Virusda original, yangi texnologiyadan foydalanildi va an’anaviy antivirus vositalarining rivojlanmaganligi hisobiga keng tarqaldi. Kristofer Payn Pathogen hamda Smeg viruslarini yaratishga erishdi. Aynan oxirgisi juda xavfli, uni avvalgi ikkita virusga ulash mumkin edi. Har dastur ishga tushirilganda ular konfiguratsiyasini o’zgartiradi. Shu sababli, ularni yo’qotish mumkin emas edi. Payn kompyuter o’yinlari va dasturlarini ko’chirib, ularni virus bilan zararlantirar va tarmoqqa jo’natar edi. Foydalanuvchilar o’z kompyuterlariga zararlangan dasturni ko’chirib, diskni zararlantirganlar. Payn shu darajada ishga berilib ketdiki, natijada viruslarni virusga qarshi kurashuvchi dasturlarga ham kiritishga muvaffaq bo’ldi. Uni ishga tushurish bilan yana bir yangi virus olinar edi. Buning natijasida ko’pgina firmalar fayllari yo’qotildi va ko’rilgan zarar millionlab funt sterlingga yetdi. Amerikalik dasturchi Morris virus yaratuvchi sifatida tanilgan. U yaratgan virus 1988-yilda Internetga ulangan yetti mingga yaqin shaxsiy kompyuterni ishdan chiqardi.
Sun’iy o’zi ko’payuvchi konstruktsiyalarni tekshirish XX asrning o’rtalarida amalga oshirildi. «Kompyuter virusi» termini keyinroq yuzaga keldi. Uning muallifi Lexay universiteti xodimi F. Koen (AQSh) (1984-yil, axborot xavfsizligi bo’yicha yettinchi konferentsiya) hisoblanadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin