2.3. Nashr etilgan maqola va tezislar ro‘yxati:
Ikkinchi yarim yillikda amalga oshiriladi.
2.4. Ilmiy konferensiya, seminar, simpozium va boshqalardagi ishtiroki : -
2.5. Ilmiy-tadqiqot ishlaridagi ishtiroki: –
2.6. Magistrlik dissertasiyasi mavzusi bo‘yicha ilmiy sayohatlar, stajirovkalar: –
3. Ilmiy-pedagogik ishlar
O‘quv yilining birinchi yarmida ta’lim sohasiga oid qonunlar va me’yoriy hujjatlar o‘rganib chiqildi. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar, ta’lim tizimi, turlari va shakllari, jumladan, oliy ta’lim tizimi to‘g‘risidagi huquqiy normalar bilan batafsil tanishildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom to‘liq o‘rganib chiqildi. Bakalavriat va magistraturaga oid o‘quv jarayoniga joriy qilingan me’yoriy hujjatlar o‘rganildi. Fakultetning Tarix yo‘nalishi 202-guruhi uchun tashkil etilgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda kuzatuvchi sifatida qatnashildi.
4. Ilmiy seminarda ma’ruza qilish
Ilmiy seminarda “O‘zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi tashkil etilishi va faoliyati (1943-1991-yillar)” mavzusida chiqish qilindi. Mazkur chiqish davomida mavzuning dolarbligi, obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari, shuningdek, tanlangan mavzuning ilmiy yangiligi haqida ma’ruza qilindi. Ilmiy seminar rahbari va magistrantlar tomonidan berilgan savollarga javob berildi. Ma’ruza a’lo baholandi.
5. Ilmiy rahbar xulosasi:
Magistratura talabasi I.M. Hasanova o‘zining kalendar ish rejasida 2022–2023-o‘quv yilining birinchi yarim yilligi uchun belgilangan vazifalarni bajardi. O‘quv-metodik ishlar bo‘yicha birinchi semestr davomida 4 ta fanni muvaffaqiyatli o‘zlashtirdi. Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlarni kalendar rejaga muvofiq bajarib bordi. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi sifatida “O‘zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi tashkil etilishi va faoliyati (1943-1991-yillar)” nomli mavzuni tanladi. Bibliografik ro‘yxat tuzdi va tahlil qildi. Birlamchi manbalar va arxiv materiallari ustida ham ish olib bordi. Magistrant tomonidan kalendar ish rejasida nazarda tutilgan ishlarning ____ foizi bajarildi.
Kafedra mudiri: t.f.n., dots. A.B. Xoliqulov
Ilmiy maslahatchi: t.f.f.d. (PhD) M.O.Primov
Magistrant: I.M. Hasanova
Dostları ilə paylaş: |