mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va dastlabki ishlashni mexanizatsiyalashtirish”,
“Meva-sabzavotlarni quritish texnologiyasi”, “Qishloq xo„jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi”, “Qishloq xo„jaligida standartlash, metrologiya va sertifikatlash asoslari” va “Qishloq xo„jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash logistikasi” kabi ixtisoslik fanlari asosida tuzilgan. Shuningdek, O„zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ko„tarilgan
dolzarb vazifalar va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, shuningdek 2017-2021 yillarda O„zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasida
belgilangan asosiy ustuvor yo„nalishlar ham kiritilgan.
Asosiy qism 1-qism. “Qishloq xo„jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va dastlabki ishlashni mexanizatsiyalashtirish” Kirish Qishloq xo„jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda talabalarga «Qishloq xo„jalik
ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash» fanini o„rgatish katta ahamiyatga egadir. Bu fanni o„rganish
davrida talaba qishloq xo„jaligida qo„llaniladigan traktorlar, avtomobillar, turli qishloq xo„jalik
mashinalari, mashina - traktor agregatlari hamda texnologik jarayonlarni elektrlashtirish va
avtomatlashtirish asoslari to„grisida nazariy bilimlar va amaliy ko„nikmalar hosil qiladi. Mahsulot
tannarxini kamaytirish uchun, birinchidan uni etishtirishga zamin bo„lgan yerning unumdorligiga
putur etkazmaydigan, uning resursini tejash imkonini beradigan, ikkinchidan, kamroq energiya
sarflaydigan texnologiyalardan foydalanishi maqsadga muvofiq.
Qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirishning ahamiyati va uning rivojlantirish istiqbollari