Magistrlik dissertatsiya ishi Toshkent shahri ko’cha yo’llarini seysmik zaifligi hamda zilziladan ko’radigan iqtisodiy zararini baholashga bag’ishlangan


Tadqiqot natijalarini ilmiy va amaliy ahamiyati



Yüklə 19,47 Kb.
səhifə3/3
tarix14.06.2023
ölçüsü19,47 Kb.
#130362
1   2   3
Kirish

Tadqiqot natijalarini ilmiy va amaliy ahamiyati:
➢ Respublikadagi Shahar yo’llari va ko’chalarining seysmik zaifligini aniqlaydi.
➢ Respublikadagi Shahar yo’llari va ko’chalarining zilzilalar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy zararlarni baholaydi.
Dissertatsiyaning tarkibi va usullari: Bajarilgan magistrlik ishida kirish qismi, 3 ta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Brinchi bobda Seysmik riskni rivojlanish bosqichlari va o’rganganlik holati. Ikkinchi bobda Toshkent shahar hududining seysmik xavfi. Uchinchi bobda Shahar ko’cha-yo’llarining seysmik riskini baholash.
Natijalarning e’lon qilinganligi: tadqiqotning asosiy mazmuni jami 3 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlari to’plamlaridagi ilmiy maqolalarda elon qilingan.
Adabiyotlarning qisqacha tahlili: “Seysmik risk” tushunchasi 1968 yilda birinchi bo‘lib Amerikalik olim C.A. Cornell tomonidan qo‘llanilgan bo‘lib, ma’lum bir hududda ma’lum vaqt oralig‘ida ma’lum zilzila intensivligidan oshib ketish ehtimoli aniqlanadi. Tadqiqotchi Sonia Adafera, Mahmud Bensaibiy tomonidan Shahar hududlaridagi avtomobil yo’llarini seysmik xavf-xatarini zaiflik indeksi orqali tahlil qilgan.
Xitoylik tadqiqotchilar Jinlong Liu, Hanxi Jia, Junqi Lin va Heng Huning 2020 yilgi yo’l tarmoqlarining seysmik zararini tez baholashda, individual yo’llarning shikastlanish holati va yo’l tarmoqlarining ishonchliligi mavzusidagi maqolasida yo’llarning seysmik rayonlashtirish karatasini tuzib, yo’llarning seysmik ishonchliligini 3 xil rangda yashil, sariq va qizil ranglarda tasvirlagan. Bunda yashil rang seysmik ishonchli, sariq rang o’rta ishonchli, qizil rang esa xavfli yo’l hisoblanadi.
Yüklə 19,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin