Erkaklarni ruhlantirish, ayollik energiyasini tiklash sirlarini siz bilan bo`lishaman. Bu kitobda men bilan birga amaliyotlar bajarasiz, meditatsiyalar qilasiz. Hech qayerda aytilmagan mutlaqo yangi amaliyotlardan bahra olasiz. Aslida, biz – ayollarning hayotga kelishdan asosiy maqsadimiz AYOL BO`LISH. Xo`sh, ayol bo`lishga tayyormisiz? Unda boshladik!!! Ha, aytgancha, kitobni o`qishni boshlashga shoshilmang. Bugunoq do`konga kirib o`zingizga yoqadigan rangda bloknot va turli rangdagi ruchkalar, qalamlarni sotib oling. Siz kitobdagi o`zingizga muhim bo`lgan fikrlarni bloknotingizga yozib borasiz. Amaliyotlardan keyingi hissiyotlaringiz, natijalarni ham yozib borsangiz, kitobdan olgan foydalaringiz yanada mustahkamlanadi. Men yana kitobni boshlashdan oldin maqsadlaringizni aniqlashtirib olishingizni istardim. Chunki siz oldingizga aniq maqsad qo`yib o`qisangiz, albatta, unga erishasiz va o`qish orqali istagan natijangizga kelasiz. Ana endi qo`lingizga ruchka olib, yaxshilab o`ylang va yozing: siz bu kitobni qanday maqsadda o`qiyapsiz? Real hayotingizda nimalarni o`zgartirmoqchisiz? Hayotingizda qaysi munosabatlarni tartibga keltirmoqchisiz?
Maqsadlar: ________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________