Yumshoq magnit materiallar
Magnit materiallar yumshoq va qattiq turlarga bo’linadi. Yumshoq magnit materiallardan magnitli o’tkazgichlar tayyorlanadi. Bu materiallarning magnit singdiruvchanligining boshlang’ich qiymati katta bo’lishi kerak. Yumshoq magnit materiallarida solishtirma qarshilik nisbatan katta qiymatga, koerisitiv kuch (Hc0,1 A/m) esa kichik qiymatga ega bo’lishi kerak. Bu materiallarga sof temir, temirning kremniy, nikel va kobalt bilan qotshimalarini misol tariqasida keltirish mumkin.
Texnik sof temir. (qo’shimchalari 0,1%) oddiy pechlarda olinadi. Uning ayrim magnit xossalari jadvalda keltirilgan. Bu temir o’zgaruvchan tok zanjirida ishlatiladigan elektr magniti yoki rele uchun o’zaklar tayyorlashda ishlatiladi. Ular varaq yoki silindr shaklda yupqa (0,2-4mm) qilib tayyorlanadi.\
2-jadval
Turlicha ishlov berilgan temirning tarkibi va magnit xossalari
Material
|
Qo’shimchalarning miqdori,%
|
Magnit xossalari
|
Magnit singdiruvchanlik
|
Koerisitiv kuch, Hc, A/m
|
|
Uglerod
|
Kislorod
|
rb
|
ryu
|
|
Texnik sof temir
|
0,020
|
0,060
|
250
|
7000
|
64,0
|
Elektrolitik temir
|
0,020
|
0,010
|
600
|
15000
|
28,0
|
Karbonil temir
|
0,005
|
0,005
|
3300
|
21000
|
9,4
|
Vakuumda eritilgan elektrolitik temir
|
0,010
|
-
|
-
|
61000
|
7,2
|
Vodorodda ishlov berilgan temir
|
0,005
|
0,003
|
6000
|
200000
|
3,2
|
Vodorodda yaxshilab ishlov berilgan temir
|
-
|
-
|
20000
|
340000
|
2,4
|
Texnik sof temir (qo’shimchalari 0,02%) ning asosiy fizik xossalari quyidagicha:
Zichligi……………………………………..7880kg/m3
Erish harorati………………………………1539C
Solishtirma issiqlik sig’imi………………..0,46KJ/kgK
Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti……..71,5 Vt/mK
Chiziqli kengayish koeffitsienti ………….11,610-6K-1
Solishtirma qarshiligi……………………..0,1 mkOmm
Qayishqoqlik moduli……………………..210 MPa
Kyuri nuqtasidagi harorat…………………770C
O’zgarmas tokda ishlaydigan elektr mashinasida qo’llaniladigan temir tarkibida C, Si, Mn kabi qo’shimchalarning miqdori 1,2-1,5% gacha, kam legirlangan po’lat tarkibida esa C, Ni, Cr larning miqdori 2,5-5% gacha bo’ladi. Bu materiallarda mexanik mustahkamlik o’sishi bilan bir qatorda, magnitlanish xususiyati birmuncha yomonlashadi.
Elektrolitik temir texnik sof temirni elektroliz qilish usuli orqali olinadi. Bunday temirning tarkibidagi qo’shimchalarning umumiy miqdori 0,05% dan oshmaydi. Elektrolitik temirga ishlov berib, zarralarining o’lchami 50-100mkm bo’lgan kukun olinadi. Bu kukunni bosim ostida ishlash orqali undan o’zaklar tayyorlanadi. Ular chastotasi 100-1000Gs atrofida bo’lgan asboblarda qo’llaniladi.
Karbonil temir pentakarbonil Fe2(CO)5 suyuqligi ni 200-250C haroratda kimyoviy parchalash orqali olinadi. Karbonil temir mayda kukun ko’rinishida bo’lib, undan yuqori chastotali magnit o’zaklar tayyorlanadi. Kichik shar shakldagi zarrachalar o’zakda sodir bo’ladigan quyun toki miqdorini keskin kamaytiradi.
Vodorodda 1480C da 30-40 minut davomida kuydirilgan sof temir birikmasidan uglerod va kislorod ajralib chiqadi:
Fe3C+2H2CH4+3Fe; FeO+H2H2O+Fe.
Mazkur temir o’ta tozaligi bilan ajralib turadi; kuchsiz magnit maydonida bu materialning r qiymati yuqori bo’ladi. Temir monokristali o’ta yuqori magnitlanish xossasiga ega.
Kremniyli elektr texnik po’lat temir va kremniy qotishmasidan iboratdir. Undan tayyorlangan listlar elektr texnik po’lat listlar deyiladi. Bu po’lat asosiy magnit materiallaridan biri bo’lib, sanoat chastotasida ishlaydigan elektr mashina va apparatlarida keng qo’llaniladi. Temir tarkibiga kremniy kiritishdan asosiy maqsad materialning solishtirma qarshiligini oshirish va undagi quyun toki miqdorini cheklashdan iboratdir. Kremniy elementi temirning magnit xossalarini deyarli o’zgartirmagan holda P qiymatini sezilarli darajada oshiradi.
Elektr texnik po’latning fizik xossalari:
Zichligi……………………………………..7800kg/m3
Tarkibidagi kremniy miqdori………………0,4-2,8%
Solishtirma qarshiligi ……………………...(0,14-0,50)106 Omm
Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti………0,46-0,25Vt/(mK)
Kremniy temir tarkibidagi uglerod va kislorod birikmalarini yemiradi:
2FeO+SiSiO2+2Fe; Fe3C+SiC+Si+2Fe.
3-jadval
Dostları ilə paylaş: |