Mahalla, oila va maktab hamkorligini uzviyligini taminlash. Oila, maktab va mahalla hamkorilgining shaxs mnaviyati shakillantirishidagi o’rni. Reja



Yüklə 36,26 Kb.
səhifə1/5
tarix19.04.2023
ölçüsü36,26 Kb.
#100508
  1   2   3   4   5
Mahalla, oila va maktab hamkorligini uzviyligini taminlash.


Mahalla, oila va maktab hamkorligini uzviyligini taminlash.
Oila, maktab va mahalla hamkorilgining shaxs
mnaviyati shakillantirishidagi o’rni.


Reja:

1. Mahalla, oila va maktab hamkorligini uzviyligini taminlash.


2. Oila, maktab va mahalla hamkorilgi.
3. Oila, maktab va mahalla hamkorilgining shaxs
mnaviyati shakillantirishidagi o’rni.

Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo'lini tanlagan mamlakatimizda oila, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligi va unda shaxs tarbiyasiga katta ta'sir ko'rsatuvchi milliy qadriyatlar yil sayin qadr topib, nufuzi oshib bormoqda. Buning asosiy sababi davlatimiz tomonidan ijtimoiy institutlarga har tomonlama e'tibor qaratilayotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan mustaqillik bergan imkoniyat tufayli qo'lga kiritilgan milliy qadriyatlarning qayta tiklanayotganligidir. Shu ma'noda olib qaralganda, ijtimoiy inostitutlar va uning muammolari bo'yicha ilmiy asoslangan tadqiqotlarning yuzaga kelishi dolzarb ahamiyatga molik bo'lib qolaveradi.


Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa'yi harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan “Oila, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligi” Kontseptsiyasi yoshlarni istiqlol g'oyalariga sadoqatli, ma'naviy barkamol, vatanparvar qilib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida dasturulamal bo'ldi.
“Oila, mahalla, ta'lim muassasasi hamkorligi” Kontseptsiyasining asosiy maqsadi yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda o'zbek xalqining boy milliy, madaniy, tarixiy an'analari, urf-odatlari va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etish, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta'minlash, ota-onalar, pedagoglar va mahalla faollarining umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish, respublika fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirishdan iboratdir.
Kontseptsiyada jamiyat taraqqiyotining ma'naviy-axloqiy negizi bo'lgan milliy va umuman insoniy qadriyatlar, milliy va umuminsoniy tarbiyaning o'zaro aloqasi hamda muhim yo'nalishlari belgilab olingan. Chunonchi, mahalla, oila va ta'lim muassasasi hamkorligida milliy tarbiya yo'nalishda yoshlarning o'zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g'urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik kabi fazilatlarni o'zlashtira olishlari zarurligi ko'rsatilgan bo'lsa, umuminsoniy yo'nalishda hamkorlikdagi pedagogik faoliyatning huquq, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigienik va boshqa tarbiya sohalarini qamrab olishi muhim ekanligiga e'tibor qaratilgan.
Oila, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligida quyidagi tamoyillar asosida yo'lga qo'yiladi:

  1. Ta'lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi.

  2. Tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg'unligi.

  3. Hamkorlik jarayoni sub'ektlarining teng huquqliligi va yuksak mas'uliyati.

  4. Faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi.

  5. Hamkorlikning ilmiy asoslanganligi.

Kontseptsiyada yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligiga erishish muayyan bosqichlarda amalga oshirilishi ko'rsatilgan. Ular quyidagilardir:

  1. bosqich. Yosh ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni

berish va bu masalalarga tibbiyot xodimlari, obro'li xotin-qizlarni, ota- onalarni jalb qilib, “Yosh onalar va otalar maktablari” faoliyatini yo'lga qo'yish muhim ahamiyat kasb etadi.

  1. bosqich. Farzandning maktabgacha bo'lgan davridagi jismoniy, aqliy va ma'naviy rivojlanishini ta'minlash borasida ularga rasm chizish, voqealarni bayon qilish, o'ziga o'zi xizmat qilish, harf tanish, qo'shiq aytish va raqs tushish, turli o'yinlarda ongli qatnashish tushunchalarini singdirish va mustaqil ravishda bilim olish ko'nikmalarini shakllantirish yuzasidan maktabga tayyorlash guruhlari, “Yakshanbalik maktablar” ishini tashkil qilish.

  2. bosqich. Kichik yoshdagi (6-11 yosh) maktab davrida bolalarning jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy shakllanishini ta'minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o'z xatgi-harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo'sh vaqtini to'g'ri tashkil qilishni o'rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo'lib, do'stlik, baynalmilallik, vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish.

  3. bosqich. O'smirlarning (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga chanqoqlik va akl zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish, jismonan baquvvat bo'lishini ta'minlash, maishiy mehnat faoliyati orqali turli kasblarga yo'naltirish,

o'smirlar guruhlari va jamoatchilik orasida o'z o'rnini topa olishiga ko'maklashish, o'z xatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari oldida javobgarlik tuyg'usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil dunyoqarashini yuzaga keltirish.

  1. bosqich. Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andozalariga mos bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliqlarini ta'minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta'lim olishlariga, tanlagan kasblari bo'yicha ish bilan ta'minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil bo'lishlariga shart-sharoit yaratish. Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini ado etishga javobgarlik hissini to'la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash.

O'zbekistonda sog'lom avlodni tarbiyalashda oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligini ta'minlash samaralarining garovidir. Bu borada hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan ustivor yo'nalishlar quyidagilardan iboratdir:

  • oila, mahalla, ta'lim muassasalari hamkorligini ta'minlashning huquqiy bazasini takomillashtirish, hamkorlikning kuchayishiga qaratilgan uslubiy ta'minotni mustahkamlash;

  • oilada yoshlar va ota-onalarning ijtimoiy faolligini oshirish;

  • o'quvchi yoshlarga ta'lim berish, ularni tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni qiziqishlari bo'yicha kasbga yo'naltirish;

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab- quvvatlash;

  • voyaga yetmagan o'smirlar va yoshlar o'rtasida xuquqbuzarlik va nazoratsizlikning oldini olish bo'yicha profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish;

  • yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga keng jalb etish orqali sog'lom oilaga tayyorlash;

  • barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni mazmunan takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish mexanizmini yaratish;

  • sog'lom avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnalogiyalaridan samarali foydalanish.




    1. Yüklə 36,26 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin