Mahalla va oila


O‘QUV KURSINI O‘QISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALAR



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

O‘QUV KURSINI O‘QISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALAR 
Ushbu kurs mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy 
masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlarini oila psixologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha, 
xususan, mahallada aholining turli guruhlariga psixologik xizmat ko‘rsatish 
tizimining o‘ziga xos jihatlariga oid bilimlarini rivojlantirishga hamda mahallada 
maqsadli ravishda aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish samaradorligini 
oshirish bo‘yicha zarur bilimlar bilan qurollantirishga va ularning faoliyatini 
takomillashtirishga mo‘ljallangan.
Mana shu vazifalar va maqsadlardan kelib chiqqan holda mazkur
mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalari bo‘yicha 
o‘rinbosarlarini oila psixologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha malakasini va 
kompitensiyasini ta’minlovchi o‘quv - uslubiy majmua tayyorlandi.
Kursning
maqsadi
- mahalla rais o‘rinbosalarining oila psixologiyasi, 
xususan shaxs psixologiyasi, yoshlar psixologiyasi, psixologiyaning yosh 
xususiyatlari, shaxslararo munosabatlarga oid bilimlarini kengaytirish, oila 
muammolari va ularni hal etish yo‘llari bilan tanishtirish, shaxsning ilk 
psixologik-ma’naviy qadriyatlari shakllanadigan ijtimoiy institut bo‘lgan 
oilaning nufuzini ko‘tarish, jamiyatda oilaviy munosabatlar muqaddasligi 
tamoyilini joriy etishdan iboratdir.
Kursning
 vazifasi 
– mahalla rais o‘rinbosalarining psixologik bilimlarini 
oshirish, bunda ularga oila psixologiyasiga oid nazariy hamda amaliy 
bilimlarni berish va olingan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish kompetensiyasini 
oshirish. 
 
 
 
BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARGA QO‘YILGAN TALABLAR 


9
Mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar 
bo‘yicha o‘rinbosarlarining professional faoliyati bevosita oila, oilaning nufuzi 
va ijtimoiy maqomi, oiladagi psixologik muhit va oilaviy majorolar 
jarayonlariga bog‘liq. Shunga ko‘ra, o‘rinbosarlar oila psixologiyasi bo‘yicha 
bilimlarni egallagan va ularni amaliy hayotda qo‘llay olishlari talab etiladi. 
Biroq, tizimli ishlayotgan ko‘pchilik o‘rinbosarlar bunday bilimlarga ega emas. 
Demak, o‘z navbatida mazkur kurs asosida o‘z malakasini oshirgan 
o‘rinbosarlar aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish tizimining o‘ziga xos 
jihatlariga oid bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantiriladi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin