Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

 
Tuzuvchilar:
H. Norqulov– pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
G. Tuychiyeva – filologiya fanlari doktori. 
Mas’ul muharrir: 
N.M. Egamberdiyeva– pedagogika fanlari doktori, professor 
Taqrizchilar: 
O. Musurmonova – pedagogika fanlari doktori, professor 
O. Jamoldinova – pedagogika fanlari doktori, professor 
O‘QUV-USLUBIY MAJMUA 
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani 
qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti 
Ilmiy kengashining 2021-yil 7-apreldagi 4-son majlisida muhokama qilingan 
va nashrga tavsiya etilgan. 
© “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti
 
© H. Norqulov,
 
G. Tuychiyeva.


4
MUNDARIJA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
KIRISH
 
I. Kirish…………….…………………………………………………………4 
 
II. O‘quv kursi dasturi……………………………………………………13 
 
III. Nazariy mashg‘ulot materiallari……………………………………25 
 
IV. Amaliy mashg‘ulot materiallari…..………………………......…….224 
 
V. Glossariy……………………………………………………..…………237 
 
VI. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati…………………………………247 
 


5
O‘zbekistonda so‘nggi davrlarda oilani qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarga 
ijtimoiy ko‘maklar xizmatlarini tashkil qilish, xususan ular bandligini ta’minlash, 
ular imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda oilaviy turmush, uning pastu-
balandi, oila iqtisodiyoti, oila psixologiyasi bo‘yicha zamonaviy bilim, ko‘nikma 
va malakalar bilan ularni qurollantirish dolzarb va davlat siyosati darajasidagi 
vazifaga aylandi. 
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash borasida davlat hujjatlari ishlab 
chiqilib, tasdiqlangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini 
mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” PF-5325-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini 
mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3808-son qarori, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Ijtimoiy 
reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik 
ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
PQ-3827-son qarori, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi 
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi 561-son 
qonuni, 2019-yil 2-sentabrda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq 
hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi 562-son qonunlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-
ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-
quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib 
chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-son Farmoni, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi 
mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish 
to‘g‘risida”gi PQ-4602-son Qarori.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash 
vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil 


6
etish to‘g‘risida”gi 367-son qarori asosida aholiga psixologik xizmat 
ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga erishishni nazarda tutadi.
Mazkur o‘quv kursi tinglovichlarni mamlakatimizning oila, xotin-qizlarni 
qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorlik 
darajasini va oila psixologiyasi, shaxs yosh davrlari, shaxslararo 
munosabatlar psixologiyasiga oid bilimlarini oshirish hamda xotin-qizlarni 
mazkur bilimlarini amaliyotga tatbiq etish kompetentligini shakllantirishga 
xizmat qiladi.
O‘quv kursi tinglovchilarda shaxsning turli hayot bosqichlaridagi ruhiy-
psixologik holatlarini diagnostika qilishga, atrof-muhitdagi odamlar bilan 
sog‘lom ruhiy munosabat o‘rnatishga, inqiroz holatlar oldini olishga, oilada 
uchrashi mumkin bo‘lgan turli psixologik muammolarni anglash va ularning 
yechimlarini topish malakasiga hayot uslubi va shaxs tiplari haqidagi bilimlarni 
shakllanishiga xizmat qiladi.
Shu bilan birga oiladagi nizolar va ularning turlari, er-xotin, qaynona-
kelin, ota-ona va farzand orasidagi oilaviy nizolarni bartaraf etishning 
psixologik usullari, muloqot kompetentligini, oilada shaxs ijtimoiylashuvini 
ta’minlashga qaratilgan trening mashg‘ulotlarini tashkil etish bugungi kunda 
eng dolzarb vazifalardan biridir. Mazkur amaliy ko‘nikmalar soha 
mutaxassislarining oiladagi shaxslararo munosabatlardagi nizolarni oldini 
olish samaradorligini ta’minlaydi. 
Kurs 40 akademik soatga mo‘ljallangan bo‘lib, bunda bir akademik 
soat 40 daqiqa qilib belgilangan. Har bir mavzu uchun 2 akademik soat
(80 minut) ajratilgan. Kurs mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-
ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlarini oila psixologiyasi yo‘nalishi 
bo‘yicha zarur bo‘lgan materiallar, bilimlar, ta’lim ta’minoti va axborotlar bilan 
ta’minlashdan iborat. Materiallar o‘quv jarayonida davlat siyosati 
maqsadlariga mos, tarixiy ketma-ketlik, oddiydan murakkabga qarab taqdim 
etilgan. 


7

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin