27
Amaliyotchi psixologning etik kodeksidan namunalar.
Etik kodeks
-
deb, odamlarning ular muloqotga kirishadigan u yoki
bu jihatlardagi o‘zaro munosabatlari va faoliyatida amalga oshadigan
xulqining axloqiy qoidalari majmuiga aytiladi. Etik kodeks asosida
o‘zida adolat, mehribonlik mezonlarini namoyon etadigan, axloqiy
me’yorlar yotadi.
Aholiga psixologik xizmat ko‘rsatuvchi xodim o‘z
faoliyatida quyidagi axloqiy - etik me’yorlarga amal qilishi shart:
1. Odamni uning ixtiyoriy roziligisiz psixologik tadqiqotga jalb
qilmaslik kerak (qonunda belgilangan alohida sud, sud-psixologik
ekspertiza yoki meditsina amaliyoti holatlari bundan mustasno).
2. Psixodiagnostik testlashtirish o‘tkazishdan
oldin sinaluvchini,
u tadqiqot jarayonida o‘zi anglamagan (sezmagan, bilmagan) holda
o‘zi haqida, o‘z fikr o‘ylari, hissiyoti haqida ayrim ma’lumotlarni berib
yuborishi mumkinligi haqida ogohlantirib qo‘yish lozim.
3. Agar bu qonunda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, har qanday odam
(sinaluvchi) testlashtirish natijalarini va undan olingan ma’lumotlarni
va
ulardan kim, qayerda va nima maqsadda
foydalanishi mumkinligini
bilishga haqli.
4. Psixologik testlashtirish natijalari testni o‘tkazgan odam
tomonidan sinaluvchiga to‘g‘ri tushuniladigan shaklda berilishi kerak.
5. Voyaga yetmagan sinaluvchilarni testlashtirishda
ularning
ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, bolaning
testlashtirish natijalarini bilishga haqli.
6. Agar testlashtirish odamning psixik rivojlanganlik darajasini
aniqlash, konkurs asosida tanlab olish yoki ishga
qabul qilish
maqsadida o‘tkazilayotgan bo‘lsa, bunda ham sinaluvchi nafaqat
testlashtirish maqsadi, balki u haqda test natijalariga ko‘ra
qanday
asosda xulosa qilinishini bilishga haqli.
7. Psixodiagnostik testlardan amalda
foydalanish uchun asosiy
javobgarlik ularni qo‘llayotgan shaxslarga va tashkilotlarga yuklatiladi.
28
Quyida psixologik amaliyotning turli vaziyatlarida
amaliyotchi psixolog
xatti-harakati axloqiy jihatlarini muvofiqlashtiruvchi
Dostları ilə paylaş: