Mahalliy byudjet shakllantirish


Qaysi yoshda o’zini o’zi band qilgan shaxs bo’lish mumkin va bir vaqtning o'zida boshqa tashkilotda ishlash mumkinmi?



Yüklə 18,96 Kb.
səhifə3/3
tarix22.12.2022
ölçüsü18,96 Kb.
#77373
1   2   3
52 variant Xosilov Jamshid

Qaysi yoshda o’zini o’zi band qilgan shaxs bo’lish mumkin va bir vaqtning o'zida boshqa tashkilotda ishlash mumkinmi?
16 yoshdan boshlab o’zini o’zi band qilgan shaxs bo’lish mumkin. O’zini o’zi band qilgan shaxslar o'z faoliyatida xodimlarning mehnatidan foydalanishga, shuningdek tadbirkorlik sub'ektining xodimi bo'lishga haqli emaslar. Biroq, oxirgi ifoda boshqa mehnat faoliyatini amalga oshirishni, ya'ni o’zini o’zi band qilish va mehnat faoliyatining boshqa shakllarini birlashtirishni aniq taqiqlashini anglatmaydi.
O’zini o’zi band qilgan shaxs nima uchun jarimaga tortilishi mumkin?
O‘zbekistonda quyidagi hollarda jarima qo‘llaniladi:

  • o’zini o’zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish;

  • ruxsat etilgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilmagan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish;

  • litsenziyalanadigan faoliyatni maxsus ruxsatnomasiz amalga oshirish.

Shunday qilib, hozirgi vaqtda o’zini o’zi band qilgan shaxslar faoliyatini amalga oshirish to'g'risidagi qonun hujjatlari juda moslashuvchan bo'lib, ruxsat etilgan faoliyatni ortiqcha talablarsiz amalga oshirish imkonini beradi. Bu o’zini o’zi band qilish orqali daromadlarni rasmiylashtirish uchun kuchli dalil. Katta ehtimol bilan, kelajakda o’zini o’zi band qilgan shaxslar faoliyatiga qo‘yiladigan talablar, jumladan, daromadlarni aniqlash va o’zini o’zi band qilgan shaxslarni soliqqa tortish tartiblari yanada qattiqlashadi.
Byudjetlarning transferlash shakllari
Davlat byudjeti - davlat pul mablag’larining (shu jumladan, davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tuzilmasi o’z ichiga Respublika byudjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi. Byudjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda byudjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar byudjet tasnifi bo’yicha amalga oshiriladi. Byudjet ijrosi jarayoni haqida axborotlar byudjet hisobini tashkil etish va yuritish orqali shakllantiriladi5 . Byudjet hisobida nazorat - bu keng tushuncha bo’lib, maxsus kuzatish tizimidan iborat boshqaruv funksiyalarining biridir. Uning asosiy maqsadi malumotni taqqoslash, o’zgarishlarni aniqlash va baholashdan iborat6 . Nazorat subyektlari – nazorat funksiyalarini bajaruvchi maxsus tashkilotlardir. Nazorat obyektlari – moliyaviy - xo’jalik - tijorat tashkilotlari, birlashmalaridir. Byudjet hisobida nazoratning uch turi mavjud: dastlabki nazorat, joriy nazorat va keyingi nazorat Dastlabki nazorat – byudjet tizimida reja, dastur va smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida byudjet intizomiga rioya qilinishi shuningdek, qonunchilik talablari buzilishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. Joriy nazorat – byudjet ijrosi jarayonida maxsus organlar tomonidan tezkor amalga oshirilib, sodir bo’lgan muomalalarini qonuniyligi, pul mablag’larini oqilona sarflanishi, mulkiy qiymatliklar bo’yicha hisob ma‘lumotlarini haqiqiy holatga mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi. Masalan buxgalteriya hisobining asosiy funksiyalaridan biri nazorat bo’lib, ko’p jihatdan buxgalteriya hisobi tuzilmasini to’g’ri tashkil qilinishiga bog’liq. Keyingi nazorat – bu o’tgan moliya davridagi zarur hisob va hisobot axborotlarining qonuniyligini, byudjet intizomiga rioya qilinganligini aniqlash va faoliyat natijalarini umumlashtirish uchun amalga oshiriladi. Bunda byudjet tashkiloti faoliyatini kompleks taftish qilinishi yoki moliyaviy audit o’tkazilishi mumkin Mualliflar ishlanmasi Joriy nazorat Keyingi nazorat Dastlabki nazorat Joriy nazorat Keyingi Moliyaning qiymat xarakteriga ega bo’lishi moliyaviy nazoratni taqazo etadi. Bu moliyaning nazorat funksiyasidan kelib chiqadi va doimiy davlat boshqaruvini talab qiladi. Moliyaviy nazorat davlat boshqaruvining maxsus tizimidir. Uning usullari, ko’rinishlari va o’tkazish tartibi doimo takomillashib boradi. Nazorat - funksiyasi orqali byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish mulklarni saqlanishi, tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi. Moliyaviy nazorat – bu davlat tomonidan tashkil etilgan kuzatish tizimi bo’lib unga davlat, mustaqil va jamoa tuzilmalari kiradi. Ular davlat hokimiyati organlari, korxona va tashkilotlar faoliyati samaradorligini, saloxiyati zahiralarini, davlat byudjeti xarajatlarini, qonun va me‘yoriy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilishadi. Moliyaviy nazorat tizimiga: davlat nazorati, idoraviy nazorat, ichki xo’jalik nazorati, jamoaviy nazorat va mustaqil auditorlik nazorati kiradi. Davlat nazorati - tuzilmasi bir muncha murakkab bo’lib, Davlat nazoratining subyektlari moliyaviy nazorat o’tkazish huquqiga ega Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Markaziy bank va boshqalar kiradi. Nazorat obyektlari bo’lib mulk shaklidan qat‘iy nazar barcha korxona va tashkilotlar hisoblanadi. Idoraviy nazorat – barcha vazirlik va qo’mitalar boshqaruv tuzilmasiga kiruvchi nazorat va taftish bo’limlari yoki ichki audit boshqarmalari hisoblanadi. Bu nazorat bo’g’inining obyektlariga barcha davlat korxona va tashkilotlari yoki 50 foizdan ortiq aksiyalari davlatga tegishshli aksiyadorlik jamiyatlari kiradi. Mustaqil audit – mustaqil auditorlik firmalari va nodavlat sektori korxonalari hisoblanadi (2- chizma). Zamonaviy axborot tizimi yangi turdagi nazorat usullarini yaratishni majbur etmoqda. Bular avtomatlashgan dasturiy taminotga ega nazorat usullari bo’lib hozirgi kunda shiddat bilan rivojlanmoqda. Umuman olganda moliyaviy xo’jalik faoliyatini tekshirish usullari aksariyat audit yoki taftishda bir xil ko’rinishni kasb etadi. Byudjet hisobi va nazoratining predmeti bu byudjet ijrosi jarayonida byudjet mablag’lari va ularni manbalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. Byudjet hisobi va nazorati davlat byudjeti, davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjeti ijrosi bo’yicha yuritiladi va byudjetlar ijrosi holati haqida ma‘lumotlarni shakllanishini ta‘minlaydi.
Yüklə 18,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin