Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari


Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy yo’nalishlari



Yüklə 89,36 Kb.
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü89,36 Kb.
#199715
1   2   3   4   5
Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari

2.2 Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy yo’nalishlari
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyati, vazifasi, 2013-yil 22-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi Qonun 20bilan tartibga solinadi. Qonunlarda va boshqa dasturiy hujjatlarda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga yuklatilgan vazifalarni bir necha guruhga bo’lib ko’rsatish mumkin. Bular:
1. Fuqarolarga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashish huquqini amalga oshirishda ko’maklashish;
2. O’z hududlarida ijtimoiy va xo’jalik vazifalarini, ijtimoiy muhofazani hal qilish, ommaviy madaniy tadbirlarni o’tkazish, axloqiy-tarbiyaviy faoliyat bilan shug’ullanish.
3. Davlat hokimyati organlariga O’zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident va hukumat hujjatlarini, xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning qarorlarini bajarishda yordamlashish.
Fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida ishtirok etishi ularning konstitutsiyaviy huquqidir. Ana shu huquqni amalga oshirishda fuqarolarga o’zini o’zi boshqarish organlari turli yo’llar orqali yordam beradi, jumladan: mahalliy hokimyatning vakillik organlariga nomzod ko’rsatish; aholini vakillik organlarining sayloviga ishtirok etishga jalb qilish; tashviqot-targ’ibot ishlarini olib borish; aholini saylov bo’ladigan joy, vaqt haqida xabardor qilish, fuqarolar yig’ini raislariga sayloviga fuqarolarni jalb qilish va saylovlarda ishtirok etish uchun tegishli sharoitlar yaratish.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xududlarida xo’jalik ishlari, kichik biznes, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, aholini ish bilan ta’minlash, aholini ijtimoiy himoya ishlari bilan shug’ullanadi. Turli madaniy tadbirlar va boshqalarni o’tkazish bilan aholini huquqiy bilimini o’stirish, huquqiy madaniyatini shakllantirishga ta’sir qiladi. Ularning eng muhim vazifalari insonlarni, ayniqsa, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,axloqiy fazilatlarini, eng yaxshi urf-odatlarimizni ular ongiga singdirish hisoblanadi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari muhim vazifalaridan yana biri yuqorida tilga olingan davlat organlariga qonun va boshqa qonun hujjatlarini boshqarilishini ta’minlashda ko’maklashuvidir. Mahalla fuqarolariga o’z burchlarini, majburiyatlarini, davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyatini oshirish, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ekanligini tushuntiradi va ta’sir qiladi. Fuqarolik jamiyatini shakllanishi, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishni taqozo etmoqda. Bu ishda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari ishtiroki zarur bo’lib qolmoqda, yoki boshqacha aytganda ijro hokimiyati organlari ustidan jamoatchilik nazoratini o’rnatish shakllaridan biri fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyati bo’lib, bu ham fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishning muhim vazifalariga aylanmoqda.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining yuqorida qayd qilingan vazifalarini amalga oshirish uchun, qonunlarda yetarli vakolatlar, huquqlar belgilangan. Faqat shuni alohida qayd qilish keraki, bu huquqlarning bir qismi fuqarolar yig’ini, bir qismi fuqarolar yig’ini Kengashi, bir qismi fuqarolar yig’ini raisi tomonidan amalga oshiriladi. Bu masala Qonunning 11, 12, 13, 14-moddalarida mustahkamlangan.
Qonunda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig’ini va shahardagi mahalla fuqarolar yig’inining vakolatlari bilan shaharcha, qishloqcha va ovuldagi mahalla fuqarolar yig’inining vakolatlari alohida-alohida ko’rsatilgan. Chunki, ularning vakolatlarida ma’lum farqlar bor. “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari
to’g’risida”gi Qonunning 11-moddasiga asosan, shaharcha, qishloq, ovul va shahardagi mahalla fuqarolar yig’ini: fuqarolar yig’inining faoliyat dasturini va xarajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni ta’minlashga, tegishli hudud doirasida obodonlashtirishga, ko’kalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi; aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ushbu maqsadda markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan davlat mablag’laridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydi;
Har chorakda fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari, fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha komissiyalari hamda taftish komissiyasi raislari, jamoatchilik tuzilmasi rahbari, fuqarolar yig’inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchisining hisobotlarini eshitadi; tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat ko’rsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar ko’rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, yerlardan foydalanish451 va ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, tegishli hududni obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish va sanitariya jihatdan tozalash, kam ta’minlangan oilalarga ularning uylari va kvartiralarini ta’mirlashda, shuningdek kommunal xizmatlari haqini to’lashda yordam ko’rsatish uchun ixtiyoriylik asosida jismoniy shaxslardan
mablag’ yig’ish, yuridik shaxslarning mablag’laridan shartnoma asosida foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi; atrof muhitni muhofaza qilishga ko’maklashadi;
guzarlar barpo etish masalalarini ko’rib chiqadi; ma’muriy-hududiy birliklar, mahallalarning chegaralarini o’zgartirish, mahallalar, ko’chalar, maydonlar va boshqa obyektlarga nom berish va ularning nomini o’zgartirish haqida tegishli tumanlar, shaharlar davlat organlariga iltimosnomalar kiritadi; yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko’rib chiqish tuman, shahar komissiyasiga o’z vakilini yuboradi; har bir dehqon xo’jaligini xo’jalik kitobiga kiritib, unda dehqon xo’jaligining tarkibi to’g’risidagi, xo’jalik boshlig’i yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs haqidagi, shuningdek dehqon xo’jaligining tashkiliy-huquqiy shakli (yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda) to’g’risidagi ma’lumotlarni qayd etib qo’yadi; kommunal to’lovlar undirilishini ta’minlash, issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish tadbirlar o’tkazishda, tegishli hududni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, uylar va hovlilarni namunali saqlashga doir ishlarni ixtiyoriylik asosida tashkil etishda shartnoma asosida ko’maklashadi;m davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, banklar, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalardan bo’lgan yoshlarga, shu jumladan ulargam nikoh tuzishda va to’y tadbirlarini o’tkazishda qo’shimcha moddiy yordam ko’rsatadi; tegishli hudud doirasida joylashgan (yashayotgan) tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar olinishida belgilangan tartibda kafil bo’ladi.
Shuningdek, fuqarolar yig’inlarida fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha tuziladigan komissiyalar qonun yo’li bilan aniq qilib belgilandi. Ular:

  • yarashtirish komissiyasi;

  • ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo’yicha komissiya;

  • ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha komissiya;

  • xotin-qizlar bilan ishlash bo’yicha komissiya;

  • voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo’yicha komissiya;

  • tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo’yicha komissiya;

  • ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish bo’yicha komissiya;

  • jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya

  • qilish bo’yicha komissiyadir.21



Xulosa
Xulosa shuki, Hozirda davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va liberallashtirishga oid islohotlar natijasida har tomonlama rivojlanayotgan davlatning ijtimoiy himoya siyosati uchun imkoniyatlar va zaruratlar oshib borayotgan mamlakatimiz jamiyati uchun, yangi Konstitutsiya – tabiiy zarurat hisoblanadi.
2021-yilning oxirlariga kelib, davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda konstitutsiyaviy islohotlar tashabbusi ilgari surildi. Shu oʻtgan davr mobaynida, 1992-yilda qabul qilingan Asosiy Qonunimiz maʼnan ancha eskirganligi koʻp marta aytildi. Haqiqatda, Oʻzbekistonning hozirgi Konstitutsiyasi konseptual oʻzgarishlarga muhtoj ekanligi koʻp yillardan beri ziyolilar va siyosatshunoslar tomonidan taʼkidlanib kelinadi.
Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlar davlatning va jamiyatning ehtiyojlari oʻrtasidagi kompromis boʻlishi ehtimoli yuqori sanaladi. Jamiyat uchun huquqiy-demokratik davlatchilikka yanada tez oʻtish gʻoyasi, albatta, jozibador hamda Yangi Oʻzbekiston uchun oʻrinlidir.
Joriy Konstitutsiyamiz 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan boʻlib, oʻsha davrdagi ancha sodda siyosiy va huquqiy qarashlarni oʻzida mujassamlashtirgan edi. Bugungi kunga kelib amaldagi Bosh Qomusimiz allaqachon jiddiy islohotlarga muhtoj edi. Unda qadriyatlar boʻlimi mexanizmlar joriy qilish darajasiga bormagan. Bundan tashqari, davlat institutlari hamda ular oʻrtasidagi vakolatlar muvozanati borasida ham jiddiy nomutanosibliklar yaqqol koʻzga tashlanishi haqiqat.
Maʼlumki, Konstitutsiyamiz konseptual islohotlarga muhtoj. Konseptual deganda, avvalo, Asosiy Qonunning ruhiyati, ohangi jiddiy oʻzgarishi, qadriyatlar chuqur va keng taʼkidlanishi kerak, yaʼni, konstitutsion qadriyatlar ijtimoiy fikrda chuqur muhrlanish darajasiga yetib borishi kerak. Siyosiy institutlar va ular oʻrtasidagi vakolatlar esa, jiddiy bir shaklda qayta koʻrib chiqilishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Aholimiz ongida bir qarash borki, unga koʻra “Konstitutsiya imkon qadar zamonlar va makonlar osha universal boʻlishi kerak” deyiladi. Aslida, mamlakatlarning Konstitutsiyalari oʻzgarib, takomillashtirilib turishi – davlatlar tajribasida normal holat sanaladi. Dunyo tajribasiga nazar soladigan boʻlsak, baʼzi demokratik davlatlarda haliga qadar Konstitutsiyalar mavjud emas. Boshqalarida esa, koʻplab muhim huquqiy-siyosiy jarayonlar Konstitutsiya boʻlimlari va moddalari bilan emas, qonunlar va boshqa huquqiy aktlar bilan tartibga solinadi. Shuning uchun ham, bu yerda asosiy masala, bu Konstitutsiyalarning qanchalik tez oʻzgarishi emas, oʻzgarishlarning mazmun-mohiyati, deb bilamiz.
Borgan sari aholisi katta tezlikda oʻsayotgan, oʻrta sinf qatlami kengayib borayotgan Oʻzbekiston jamiyati uchun, yangi Konstitutsiya – tabiiy zarurat deb bilamiz.
Soʻnggi 6 yilda mamlakatimizning davlat boshqaruv falsafasi oʻzgardi. Avtoritarizm, ijtimoiy tafakkurni qoʻrquv bilan boyitish siyosati tarixda qoldi. Hozirgi Oʻzbekistonda ratsional boshqaruv shakllanib ulgurdi, deb ayta olamiz. Davlat hokimiyati, ichki va tashqi siyosatda vazminlik va ratsionallik orqali muammolarni tushunish, rasmiylashtirish va yechim izlash tizimini shakllantirib ulgurdi.
Buning natijasida, mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatidagi dunyoqarashi, tafakkuri va harakatlar strategiyasi mutlaq boshqa oʻzanga koʻchdi. Bu omillar hisobiga, Oʻzbekistonda yangi Konstitutsiya qabul qilish – davlat tafakkuri va global reputatsiyasini oʻzgartirish yangi dunyoqarashni rasmiylashtirishning tarixiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Biz yangi Konstitutsiya qabul qilar ekanmiz, endigi yondashuv, ushbu qabul qilingan yangi Asosiy Qonun ijrosiga jiddiy ahamiyat qaratishimiz lozim boʻladi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati beixtiyor shakllanib, mustahkamlanib borishi, shubhasiz. Buning ichki va tashqi sabablari ham juda kuchli hisoblanadi.
Yangilangan Konstitutsiyada Oʻzbekistonning ijtimoiy davlat sifatidagi roli mustahkamlanib, davlat oʻziga koʻplab ijtimoiy majburiyatlarni olmoqda. Bu esa yaqin yillarda yurtimizda aholi oʻrtasida kambagʻallik darajasining keskin pasayishiga hamda oʻrta sinfning ortishiga olib borishini prognoz qilish mumkin.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, xalqimizning, ekspert va mutaxassislarning takliflari, xalqaro va xorijiy davlatlarning tajribasi inobatga olingan holda tayyorlangan Konstitutsiyaviy qonun xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.

Yüklə 89,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin