Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari



Yüklə 89,36 Kb.
səhifə1/5
tarix27.12.2023
ölçüsü89,36 Kb.
#199715
  1   2   3   4   5
Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari


Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari



Reja:



I. Mahalliy hokimiyat organlari



1.1. Mahalliy vakillik organlari va ularning faoliyati

1.2. Mahalliy ijro organlari va ularning faoliyati



II. Fuqarolarning O’zini-O’zi Boshqarish Organlari

2.1. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarini tashkil etish.
2.2 Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy yo’nalishlari

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxat

Mahalliy Hokimiyat Organlari
Mahalliy vakillik organlari va ularning faoliyati
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy miqyosda boshqaruvni tashkil etishga o’ziga xos tarzda yondashilgan, MDH va boshqa sobiq ittifoqdosh respubliklar konstitutsiyalaridan farq qilib, O’zbekiston Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi alohida, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining tizimi alohida belgilandi. O’zbekistondan boshqa davlatlarning konstitutsiyalarida mahalliy davlat hokimiyati degan tushuncha ishlatilmagan. Jumladan, Belorussiya Konstitutsiyasida “Mahalliy boshqaruv va o’zini o’zi boshqaruv”, Qozog’iston Konstitutsiyasida “Davlatning hududiy tuzilishi va o’zini o’zi boshqaruv”, Qirg’iziston, Rossiya va Estoniya Konstitutsiyalarida “Mahalliy boshqaruv”, Turkmaniston Konstitutsiyasida “Mahalliy ijro hokimiyati” alohida bobda, “Mahalliy boshqaruv” alohida bobda berilgan.
Rossiya Konstitutsiyasida davlat hokimiyati federal miqyosda va federatsiya subyektlari miqyosida tashkil qilinib, boshqa barcha quyi bo’g’inlarda tuman, shahar, qishloqlarda mahalliy boshqaruv organlari tashkil qilinadi va faoliyat yuritadi. O’zbekiston Respublikasida mahalliy miqyosda boshqaruv viloyat, tuman, shaharlarda mahalliy davlat hokimiyati organlariga, qishloq, shaharcha, ovullarda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari zimmasiga yuklangan.1
Mahalliy davlat hokimiyati organlari - joylardagi davlat boshqaruv idoralari. Ular mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari hal etadilar, umumdavlat man-faatlarini shu hududda yashab turgan fuqarolarning manfaatlari bilan uy-gʻunlashtiradilar, yagona davlat hokimiyati organlarining tarkibiy boʻgʻini sifatida yuqori davlat organlari qarorlarining amalga oshirilishini taʼminlaydilar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, uzoq tarixiy tajribaga, milliy anʼanalarga tayangan holda ilgʻor mamlakatlar tajribasidagi ijobiy tomonlarni oʻrganib, oʻz davlat idoralarini tubdan qayta isloh qildi, Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimini yaratdi. Mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirish sohasida bir qator qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992-yil, 8 dekabr), "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil, 2-sentabr), "Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar toʻgʻrisida"gi qonun (1994-yil, 5-may) kabilar mu-him oʻrin egallaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-bobida Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining konstitutsiyaviy huquqiy asoslari oʻz aksini topgan (120—127-moddalar). Mazkur moddalarda Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi, mavqei, vazifalari, tuzilish tartibi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qoʻyilgan. Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining 2 boʻgʻinli tizimi (yaʼni, tuman, shahar xalq deputatlari kengashlari — quyi boʻgʻin; viloyatlar va Toshkent shahri xalq deputatlari kengashlari — yuqori boʻgʻin)ni mustahkamladi va bu mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi qonunda oʻz ifodasini topdi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yigʻimlar belgilash, byudjetdan tashqari jamgʻarmalarni hosil qilish; mahalliy kommunal xoʻjalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik holati aktlarini qayd etishni taʼminlash; normativ hujjatlarni qabul qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi, xalq deputatlari quyi kengashlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, respublika va mahalliy hokimiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadi.2
Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati.
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo’ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir.
Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor shaxsi bo’lib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Viloyat hokimi, Toshkent shahar hokimi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordirlar. Tuman, shahar hokimi yuqori turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi.
Mahalliy hokimiyat vakillik organlari va hokimlar O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo’ladilar.3
Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati boshlig’ini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish
Viloyat va Toshkent shahar hokimi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o’tkazilganidan so’ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko’pchilik ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.
Agar ovoz berish vaqtida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko’pchilik ovozini ololmasa, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qo’shimcha maslahatlashuvlar o’tkazganidan so’ng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.
Tegishli xalq deputatlari Kengashi taqdim etilgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, tegishli xalq deputatlari Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga saylov tarqatib yuborish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o’tkaziladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga muvofiq hokim nomzodi bo’yicha farmon qabul qiladi.
Tuman, shahar hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Viloyat, tuman, shahar hokimlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari orasidan tayinlanadi va tasdiqlanadi.
Tumanga bo’ysunuvchi shahar hokimi tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Viloyat hokimi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda shahar hokimini tuman (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar bundan mustasno) hokimiga bo’ysundirish va yagona boshqaruv organlarini tuzish vakolatiga ega bo’lib, bu xususdagi qaror keyinchalik xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Xalq deputatlari Kengashi va hokimlarning vakolat muddati — besh yil.4
Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qiladigan hujjatlar.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qarorlar qabul qiladi.
Viloyat, tuman, shahar hokimi qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar chiqaradi.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hamda chiqargan hujjatlar imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi, basharti ana shu hujjatlarda o’zga tartib belgilanmagan bo’lsa. Xalq deputatlari Kengashining va hokimning normativ-huquqiy tusdagi hujjatlari, agar hujjatlarning o’zida kechroq muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.5
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oliy Majlis palatalarining qarorlarini, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, yuqori turuvchi hokimlarning va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini bajarish;
2) hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
3) mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish;
4) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.6
Bulardan ko’rinib turibdiki, mahalliy davlat hokimiyati organlari vazifalariga ijtimoiy va davlat hayotiga taalluqli barcha masalalarni hal qilish, ularda ishtirok etish kiradi. Faqat mahalliy davlat hokimiyati organlari bu masalalarni o’z hududida amalga oshiradi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun, “Mahalliy davlat hokimiyati
to’g’risida”gi Qonunda ularning vakolatlari belgilab berilgan.
Vazifalar alohida-alohida ko’rsatilmasada, vakolatlar aniq belgilangan.7
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining atrof-muhitni muhofaza qilish vazifasi Konstitutsiyada belgilangan vazifalar qatorigakiradi. Bu vazifa ona tabiatni asrash, yashab turgan zamin, makonni saqlashga qaratilgan bo’lib, u insonni sog’lig’i, hayoti umuman yer yuzasidagi jonli hayotni davom etishini ta’minlashga qaratilgandir. Hamma mamlakatlarda ham atrof-muhitni saqlashga qaratilgan tadbirlarning salmoqli qismi joylardagi tadbirlar hissasiga to’g’ri keladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan boshlab atrof-muhitni muhofaza qilishga muhim masalalar qatorida qarala boshlandi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, atrof-muhitga ziyon yetkazilishiga va respublikadagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiy sohadagi asosiy vazifalardan biridir8.
Respublikamizda “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonun 9qabul qilingan bo’lib, unda mahalliy hokimiyat organlarining vazifasi, vakolatlari ko’rsatib qo’yilgan. Bundan tashqari, ularning vakolatlari “Yer to’g’risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to’g’risda”gi, qonunlarda ham ko’rsatilgan. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o’z hududida atrof-muhitni muhofaza qilish vazifasini shu sohani boshqarish va shu faoliyat bilan shug’ullanuvchi tuzilmalar, fuqarolar faoliyati ustidan nazorat olib borish orqali amalga oshiradi.

Yüklə 89,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin