Alohida hisoblash - bu boshqaruv va moliyaviy hisobda schyotlarni alohida ochishni ko’zlovchi hisob tizimi bo’lib, bu holda xarajatlar schyotlariga moliyaviy muomalalar haqida yozuvlar qilinmaydi
Alohida hisoblash - bu boshqaruv va moliyaviy hisobda schyotlarni alohida ochishni ko’zlovchi hisob tizimi bo’lib, bu holda xarajatlar schyotlariga moliyaviy muomalalar haqida yozuvlar qilinmaydi.
SHartnoma bo’yicha tannarx kalkulatsiyasi - ishlab chiqarilishi uzoq siklli bo’lgan yirik buyumlarni hisobga olish va kalkulatsiya qilish tizimi hisoblanadi.
Jarayonli, buyurtmali tannarx hisoblash usullari (davomi)
Hisobot sanasiga bo’lgan foyda quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Foyda
=
Ko’zda tutilgan foydaning 2/3 qismi
x
Buyurtmachidan olingan summalar Topshirilgan ishlarning qiymati
Ko’zda tutilgan foyda
=
Topshirilgan ishlarning qiymati
-
Topshirilgan ishlarning tannarxi
-
Ko’zda tutilmagan xarajatlarning zaxirasi
«Standart kost» va «Direkt kosting» usullari
Me’yor-standartlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishning boshlanishigacha standart kalkulatsiyalarni tuzish va to’plam sifatida tizimlashgan standartlardan chetga chiqishlarni ajratish bilan haqiqiy xarajatlarning hisobi "standart-kost" tizimi nomini oldi.
"Standart"- mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan moddiy va mehnat xarajatlarining miqdori yoki mahsulot, xizmat, ish birligini ishlab chiqarish uchun oldindan hisoblab chiqilgan moddiy va mehnat xarajatlarini; "kost"- mahsulot birligini tayyorlash uchun ishlab chiqarish xarajatlarining pul ko’rinishini aks ettiradi.
Standart-kost tizimining ustunliklari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish va buyumlarning realizatsiyasi bo’yicha kutiladigan xarajatlar haqidagi ma’lumot bilan ta’minlash;
mahsulot birligining oldindan hisoblab chiqilgan tannarxi asosida narxni o’rnatish;
me’yorlardan chetga chiqishlar va ularning vujudga kelish sabablarini ko’rsatib daromad va sarflar haqidagi hisobotni tuzish.