0„lchash usullari
Paxta tolasining pishib yetilganligi - devor to„qimalari qalinligi- ning
o„zgarishida ro„yobga chiqadigan selluloza to„planishi va g„o„zaning o„sish
davrida tola ichki strukturasining o„zgarishi bilan tavsiflanadi.
Pishib yetilganlikni qutblangan yorug„likda aniqlash usuli, qutblangan
yorugiikda kesishgan qutblantirgichlarda interferension tuslanishi
tolaning
ichki tuzilishi va qalinligiga bogiiqligiga asoslanadi.
Pishib yetilganlikni havo o„tkazuvchanlik bo„yicha aniqlash usuli tola
qalinligining uni havo oikazuvchanligiga bogiiqligiga asosi angan.
LPS-4 qurilmasida sinashdan awal namunalar 0„z DSt 618- bo„yicha
iqlim sharoitda kamida 2 soat saqlanadi.
Agar paxta tolasining namligi 6 dan 10 foizgacha boisa, shuningdek,
namlik 6 foizdan kam 10 foizdan ko„p boigan hollarda LPS-4 qurilmasida
oichash uchun tasdiqlangan qoilanmagan
muvofiq tuzatma kiritilsa, iqlim
sharoitda saqlamasdan tajriba oikazishga ruxsat etiladi.
Tolaning pishib yetilganlik koeffitsiyentini
qutblangan yorugiikda
aniqlash laboratoriyada, iqlim sharoitga bogiiq boimagan holda oikaziladi.
Paxta
tolasidan namuna tanlab olish, namuna piltasini sinashga
tayyorlash 0„z DSt 604 va 0„z DSt 618 -ga muvofiq bajariladi.
Tolaning pishib yetilganligini qutblangan yorug ‘lik orqali aniqlash
Paxta tolasining pishib yetilish davrida
uning kanalining ichki
devorlariga selluloza qatlamlari yigilishi natijasida o„sish halqalari paydo
boiib, kanali toraya boshlaydi. Pishmagan tolaning yigirilish xususiyatlari
past boiib, bo„yoqni ham yaxshi qabul qilmaydi. Pishib yetilgan tolaning
xususiyatlari, undan ishlangan ip va to„qimalaming sifati yaxshi boiadi.
Tola piltasi kengligining uning kanali kengligiga nisbati tolaning
pishganligini ifodalaydi. Shartli ravishda
paxta tolasining pishganlik
darajasini belgilash uchun uni 2-guruhga (24-rasm) bo„lish qabul qilingan.
Oiapishgan tolada selluloza ko„p yigilishi natijasida shakli
ham silindrga o„xshab qolgan, buralishi yo„qolganligi
uchun uning
pishganlik koeffitsiyenti 5,0 deb qabul qilingan va butunlay pishmay
qolgan tolada selluloza deyarli boimaganligi
uchun devorlari juda yupqa
bo„lganligidan uning pishganlik koeffitsiyenti 0,0 deb qabul qilingan.
Dostları ilə paylaş: