Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Sut yog‘i tarkibidagi 
yog‘ kislotalar sariyog‘ning 
mazasi, hidi va ta’mini yaxshilash xususiyatiga ega. 
Ayrim suvda yaxshi eriydigan past molekulali yog‘ 
kislotalar, jumladan: moy kislota, kapron va ma’lum 
darajada kapril kislotalar sut yog'ida 5-8 foiz atrofida 
bo‘lishi mumkin, binobarin, xona haroratida bu 
kislotalar suyuladi, shuning uchun ham sariyog‘ odatda 
yumshoq bo‘ladi. Sutdagi yog‘ kislotalarining tarkibi, 
miqdori, fizikaviy va kimyoviy xossalari sigirlaming 
yoshi, zoti, mahsulot yo‘nalishi, fiziologik holati, 
individual xususiyati va h.k.larga bog‘liq ekanligi 
aniqlangan.
Sut yog‘i o ‘zining texnologik xususiyatiga ko‘ra 
+21°
+35°s da eriydi va 1.7°-21°C da esa qotadi. 
Sigirlaming sut mahsuldorligini va sutning serqay- 
moqligi m a’lum darajada ulaming zoti bilan bog‘liq 
holda bo‘ladi. Bu xususiyat ko‘pincha nasldan naslga 
o ‘tadi va har bir zotning muhim ko‘rsatkichi hisob- 
lanadi.
Sigir sutining seryog‘-serqaymoq bo‘lishi qondagi 
moy kislotalarining miqdoriga va ayniqsa uglevodlarga 
hamda oshqozon qismlarida oziq moddalaming me'yor 
darajada parchalanishi, ju z ’iy bijg‘ish natijasida sirka 
kislotasining vujudga kelishiga bog‘liqdir. Olib borilgan 
kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, agar qalqonsimon bez- 
ning faoliyati qanchalik yuqori darajada bo‘lsa, sut- 
ning serqaymoqligi shuncha ko‘p bo‘ladi, shuningdek, 
oshqozon siqmasidagi sirka kislotasining xizmati jadal 
bo‘ladi.
113
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sutning tarkibidagi vitaminlar va mineral tuz eritma- 
lari qondan shundayligicha, o ‘zgarmagan holda sutga 
o ‘tadi. Kazein esa aminokislotalaming sintezlanishi 
natijasida, sut qandi - laktoza glyukozadan hosil bo'ladi.
Sog‘in sigirlar yelinida sutning hosil bo'lishi doimiy 
tanaffussiz davom etadi. Bunda alveollarda tayyor 
bo‘lgan sut nozik naychalarga, undan yana yirikroq sut 
kanallariga va nihoyat sut sistemasiga borib quyiladi. 
Lekin sutning yelinidagi harakati m a’lum ritm asosida 
davom etadi. Yelinda sut miqdori ortib borgach, muskul 
tolalari va hujayralarining tonusi (tarangligi) susayadi 
va yelin yanada kengayib, ko‘proq sut to‘plana boradi. 
Lekin bunday jarayon cheksiz davom etmaydi. Agar ye- 
lin sut bilan to‘lsa, undagi bosim ortadi, sut bezlarining 
sut tayyorlash faoliyati susayadi va sutning ajralib 
chiqishi deyarli to‘xtaydi. Sigirlar sog‘ib bo‘lingach, 
yelin hajmi kichrayadi va bosimi esa pasayadi. Shu- 
ningdek, qonning harakati susayadi, alveolalar va sut 
naychalari qisqaradi, bez hujayralarida osoyishtalik, 
tanaffus vujudga keladi, lekin bu xususiyat uzoqqa 
cho‘zilmaydi. Qisqa vaqt o'tishi bilan sutning hosil 
bo‘lishi jadallashadi. Binobarin, bu holat sigirlami 
sog‘ish vaqti va miqdoriga, shuningdek, yelinni 
uqalash - massaj qilish (iydirish)ga bog‘langan holda 
amalga oshadi. Sog‘in sigirlar bunday tadbirlarga tez 
moslashadi va o ‘z sutini bemalol beradi.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin