Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)



IK R O M O V T.X., Q O ‘C H Q O R O V 0 ‘.R.
CHORVA, PARRANDA
VA BALIQ
MAHSULOTLARINI
YETISHTIRISH,
QAYTA ISHLASH
TEXNOLOGIYASI
«DAVR NASHRIYOTI» 
TOSHKENT — 2013
www.ziyouz.com kutubxonasi


UO‘K: 641/642 
KBK: 36.92 
1 -5 3
1 - 5 3
Ikromov T.X., Qo‘chqorov 0 ‘.R.
Chorva, panranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish, 
qayta ishlash texnologiyasi: Kasb-hunar kollejlari 
uchun darslik. - T.: «DAVR NASHRIYOTI» MChJ, 
2 0 1 3 ,- 2 2 4 b.
I. Muallifdosh.
0 ‘zbekiston 'Respublikasi Oliy va o'rta maxsus 
ta'limi vazirligi, 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim markazi, 
0 ‘rta maxsus, kasb-hunar taMimini rivojlantirish institu- 
ti tomonidan kasb-hunar kollejlarini «Chorvador fermer 
xo'jaliklarini tashkil etish va yuritish» yo'nalishi bo'yicha 
o'quvchilar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
ISBN 978-9943-4227-1-1
UO‘K: 641/642
KBK: 36.92
ISBN 978-9943-4227-1-1
O «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik 
kompaniyasi Bosh tahririyati, 2001 
O «DAVR NASHRIYOTI» MChJ. 2013
www.ziyouz.com kutubxonasi


K I R I S H
Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, ulardan 
turli xil oziq-ovqat ishlab chiqarish kishilar uchun 
muhim hayotiy ahamiyat kasb etadi. Chorva mahsu- 
lotlaridan ayni mahalda tibbiyotda ba’zi davolash 
ishlarida nihoyatda zarur bo‘lgan dori-darmonlar, sanoat 
uchun turli texnik mahsulotlar hamda chiqitlaridan har 
xil bezak va galanteriya mahsulotlari ham tayyorlanadi.
Odamlaming kundalik hayotini chorva mahsulot- 
larisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu borada go‘sht va 
go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlarining tutgan 
o ‘mi beqiyosdir. Rossiya tibbiyot fanlar akademiyasi 
olimlarining tavsiyalariga qaraganda, har bir inson 
uchun yiliga go‘sht o ‘rtacha m e’yori, go‘sht mahsu- 
lotlari va moyni ham qo‘shib hisoblaganda, 80 kgni 
tashkil etishi kerak ekan.
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari inson hayoti uchun 
nihoyatda qimmatli oqsil manbai bo‘lib, organizmni 
plastik va energetik moddalar bilan ta’minlashda 
hayotiy ahamiyat kasb etadi. G o‘sht oqsillari o ‘simlik 
oqsillaridan birmuncha yuqori turadi. Binobarin, hay- 
vonlaming oqsili va yog‘lari odamlaming kundalik 
ratsionida ancha salmoqli o‘rin egallaydi. Shuning 
uchun ham odamlaming hayvon oqsili va yog‘iga 
bo‘Igan talabi kun sayin ortib bormoqda. Shunga ko‘ra, 
o‘zbekistonda go‘sht va sut sanoatining rivojlanishiga 
katta ahamiyat berilmoqda.
Hukumatimiz qarorlarida sut va go‘sht mahsulotlari 
yetishtirishni oshirish bilan birga ulaming sifatini 
yaxshilash, turlarini ko‘paytirish, tannarxini arzonlash- 
tirish masalalari o ‘z aksini topgan. Shimingdek, yen-
3
www.ziyouz.com kutubxonasi


gil sanoatimiz uchun muhim xom ashyo hisoblangan 
hayvon terilari, mo‘ynasi, juni va hokazolaming sifati 
ham yaxshilanishi lozim.
Go‘sht tarkibida barcha muhim elementlar tayyor 
holda mavjud bo‘Iadi, ular inson organizmida moddalar 
almashinuvi jarayonida faol ishtirok etadi. Go‘sht mi- 
yaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: miya yaxshi rivojlanishi 
uchun oziqni asosan go‘shtdan oladi.
MaMumki, har bir organizm o‘z faoliyati davomida 
ma’lum miqdorda oqsil, yog‘, uglevod, tuz va vita- 
minlar sarflaydi. Shu bilan birga, ana shu sarflangan 
moddalaming o‘mi mintazam to‘ldirilib turilishi lozim. 
Inson ratsionida uning organizmiga zarur hisoblangan 
moddalar yetarli bo‘lishi kerak. Bu moddalar (oqsil, 
uglevod, yog‘ va h.k.) Asosan organik va anorganik 
birikmalardan tashkil topgani holda murakkab suv 
aralashmasi sifatida organizmga tarqaladi.
Oqsil - mahsulotning asosiy tarkibiy qismi sifatida 
turli aminokislotalardan tashkil topgan. Tibbiyot 
olimlarining kuzatishlaricha, vazni 75-105 kg kela- 
digan, katta yoshli odamlar kuniga o ‘rtacha 105-150 g 
oqsil iste’mol qilishi lozim ekan. Bunday miqdordagi 
oqsil asosan go‘sht, sut, baliq va tuxumdan olinadi.
Organizm uchun tez hazm bo‘ladigan va o‘zlash- 
tiriladigan oqsillar hayvon tana muskullarida, aniqrog‘i, 
ko‘ndalang targ‘il muskullarida ko‘proq uchraydi. Silliq 
yassi muskullarda va biriktiruvchi to‘qimalar tarkibida 
inson organizmi uchun nihoyatda zarur hisoblangan 
(triptofan, lizin, tirozin va h.k.) Aminokislotalar ancha 
kam miqdorda uchrashi aniqlangan. G o‘sht tarkibida 
o‘rtacha 20 foiz oqsil uchrashi yetarlicha dalillar 
asosida isbotlab berilgan. Inson organizmi uchun sut 
mahsulotlarining tutgan o ‘mi go‘shtga qiyosan ol- 
ganda deyarli farq qilmaydi. Binobarin, sut va go‘sht 
mahsulotlarini yetarli darajada iste'mol qilish har bir 
organizm uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
4
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin