G o‘sht kombinatlarining
ishlab chiqarish sexlari
asosan quyidagilardan iborat:
1. Hayvonlami so‘yishdan oldin saqlash sexi.
2. So‘yish va tanasini ishlash sexi. Unga hayvon
go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash bo‘limi ham kiradi.
3. Kolbasa va go‘sht konservasi tayyorlash sexi va
muzlatgich.
4. Texnik chiqindilar va mahsulotlami qayta ish-
lash va hayvonlarga oziq tayyorlash sexi shular jum-
lasidandir. Bulardan tashqari, yana bir necha yor-
damchi sexlar faoliyat ko‘rsatadi. Masalan, muzlatgich
qurilmalaridan iborat sex, mexanik-ta’mirlash sexi,
elektrlashtirish sexi, isitish va issiqlik yetkazib bemv-
chi sex kabilar bo‘lib, ular korxonaning bir me'yorda
ishlashida
muhim
ahamiyat kasb
etadi.
Lekin,
respublikamizdagi go‘sht kombinatlarining yuqori
darajada, yuksak unum bilan
ishlashi uchun yana bir
qancha muammolami hal qilish talab etiladi. Masalan,
hayvonlami so‘yish va so‘yilgan tana qismlariga
qayta ishlov berish ishlarini konveyer asosida baja-
rish, konveyemi harakatga keltirishni gidro-puls
asosida amalga oshirish, hayvonlami elektr toki bilan
karaxtlash ishlarini rotatsion bokslarda mexanizatsiya
va avtomatlar yordamida bajarish, so‘yilayotgan
hayvon qonini iste’mol qilish maqsadida yopiq sistema
yordamida to‘laligicha tanadan ajratib olish, tanani
nimtalash
ishlarini maxsus, qulay va oddiy asboblar
yordamida bajarish; terini tanadan shilib olish uchun
mexanik usulda teri ostiga siqiq havo yuborish, teri-
ni maxsus mexanik moslamalar yordamida va unda
go‘sht hamda moy parcha, bo‘laklari bo‘lmagan holda
shilib olish; hayvon kalla-pochalarini tanadan ajratib
olishni mexanizatsiya yordamida amalga oshirish,
nimtalanmagan
tanani quruq usulda tozalash, o‘ziyozar
avtomatik elektron tarozlarida tortish kabilar o ‘z yechi-
mini topishi talab etiladi.
13
www.ziyouz.com kutubxonasi
Inson hayoti uchun nihoyatda zarur bo‘lgan go‘sht
mahsulotlarini yetishtirish ko‘p jihatdan texnologik
jarayonlaming to‘g‘ri bajarilishi va sanitariya-gigi-
yena talablariga to‘la rioya qilinishiga bog‘liq. Bu
borada tasdiqlangan tavsiyalar, talablar to ‘plami va
qo‘llanmalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Go‘sht sanoati korxonalarida mahsulotning sifatli
va iste'molga yaroqli bo‘lishida davlat nazorat organ-
larining tutgan o‘mi nihoyatda muhim va mas’uli-
yatlidir. Bunda mahsulotning sifat darajasida belgilari
aniqlanadi, uning turlarini iste'mol qilishga yaroqliligi
va shunga ko‘ra ulaming natxi ham belgilanadi.
Sifatli mahsulot yetishtirishda eng muhim omil-
lardan biri, har bir ishchining sog‘lom bo‘lishi, shaxsiy
gigiyenasiga mas’uliyat bilan qarashi, santiraiya ta-
lablarini bilishi va unga to‘la
rioya qilishi, o‘z o‘mi va
asbob-uskuna, idish-tovoq va h.k.laming hamma vaqt
toza boiishiga alohida ahamiyat berishi hisoblanadi.
Hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilgan tadbirlar aso-
sida boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan birga
sut va go‘sht ishlab chiqarish ham yil sayin o‘sib
bormoqda.
0 ‘zbekistonda qudratli sut sanoati mavjud, ko'plab
sut zavodlari barpo etilgan. Yog‘ ishlab chiqamvchi
zavodlar yangidan yoki qaytadan qurilgan. Sut konser-
valari ishlab chiqaradigan zavodlar ham mavjud. Le-
kin xom ashyoning kamchilligi sababli bu zavod va
kombinatlar to‘la q u w at bilan ishlamayapti. Ishlab
chiqarilayotgan mahsulot aholi talabini hozircha to‘la
qondira olmayapti.
Barcha mehnat jarayonlari avtomatik boshqarila-
digan sut korxonalari, garchand yuqori
ishlab chiqarish
quw atiga ega bo‘lsa-da, ulaming ish unumdorligi talab
darajasida emas.
Hozirgi vaqtda ko‘plab viloyat tumanlarida sut-
ni qayta ishlash texnologiyasini va xom ashyo sifatini
14
www.ziyouz.com kutubxonasi
yaxshilash yo‘li bilan, hamda sog'ib olingan sutni sut
zavodlariga yoki to‘g ‘ridan-to‘g‘ri iste'molchilarga,
ya'ni shahar va tuman aholisiga, kasalxona, maktab,
bog‘cha va hokazolarga j o ‘natish oldidan sovutiladigan
va unga dastlabki ishlov beriladigan sutxonalari bo‘lgan
chorvachilik fermer xo‘jaliklarini yanada kengaytirish
va takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.
Umid qilish mumkinki, yaqin yillarda barcha
muammolar barham topadi. Chorvachilik mahsulotlarini
ishlab chiqarish bir necha marta ortadi,
uning sifati
yaxshilanadi, tannarxi esa arzonlashadi.
Chorva mahsulotlarini qayta ishlash natijasida tayyor
mahsulotlar assortimenti ortadi, sifati yaxshilanadi.
Xalqimizning
hayoti
yanada
farovonlashadi.
Bu
muammolaming ijobati uchun barcha imkoniyat va
sharoitlar yetarlidir.
15
www.ziyouz.com kutubxonasi