yaxshilash, mahsulotni qayta ishlab chiqarishni uzluksiz
tizimga o‘tkazish, go‘sht va sut kombinatlarini gaz, suv,
sovuqlik va elektroenergiya bilan doimiy ta'minlash
ishlariga rahbarlar tomonidan katta mas’uliyat bilan
yondoshilmoqda.
Go‘sht mahsulotlarini
qayta ishlash va sifatli, ar-
zon, tayyor yarim fabrikatlar, kolbasa, sosiska, sardel-
ka, go‘sht konservasi kabi oziq turlarini yetishtirib
berishning yuksalish yo‘liga o‘tishida har bir o ‘lka -
viloyatning iqtisodiy xususiyatlari,
xom ashyo zaxirasi
va barcha imkoniyatlarini inobatga olgan holda
quyidagilar barcha mutaxassislaming diqqat markazida
bo‘lishi foydadan xoli bo'lmaydi. Chunonchi:
1. Viloyatlarda sharoitiga ko‘ra kushxona va mol
so‘yish punktlarining bo‘lishi. Bunda hayvonlami
so‘yish, tanasiga ishlov berish
va mahsulotni birlamchi
ishlovdan o‘tkazish kabi tadbirlaming bajarilishi
nazarda tutiladi.
2. Go‘sht kombinatlari hajmi jihatdan katta korxona
hisoblanadi, ularda mollarga kompleks birlamchi ish-
lov berish va go‘sht bilan birga qadoqlangan tayyor
mahsulot ishlab chiqarish ishlari olib boriladi.
3. Go‘shtga qayta ishlov bemvchi korxonalarda
imkoniyatlariga
qarab turli xil kolbasalar, endokrin
preparatlar va h.k.lar ishlab chiqariladi.
4.
Muayyan muzxonalaming bo‘lishi va barcha
go‘sht mahsulotlarini saqlash tadbirlarini amalga oshi-
rish ishlari bajariladi. Bu borada yangi go‘sht mahsu-
lotlari korxonalarini
barpo etish va mavjudlarini
takomillashtirish talab etiladi.
Keyingi yillarda turli ishlab chiqarish quvvatiga
ega bo‘lgan bir va ko‘p qavatli go‘sht kombinatlarining
loyihalari ishlab chiqilgan va amaliyotga tavsiya etilgan.
G o‘sht kombinatlarini qurish ishlari asosan chorvaga
boy bo‘lgan viloyatlarda amalga oshirilishi maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
8
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bugungi kunda faollik ko‘rsatayotgan go‘sht
kombinatlari o ‘zIarining ishlab chiqarish quvvatiga
ko‘ra 3 toifaga bo‘linadi. Birinchisi - yirik go‘sht
kombinatlari bo‘lib, unda bir smenada 100
tonnadan
ortiq go‘sht ishlab chiqariladi. Ikkinchisi - bir smenada
50 tonnagacha, uchinchisi - 50 tonnadan kam go‘sht
ishlab chiqarishga qodirdir.
Barcha go‘sht kombinatlarida veterinariya-sanitari-
ya nazorati, veterinariya
ishlab chiqarish nazorati
(VICHN), shuningdek, yarim tayyor mahsulotlar, ham-
da tayyor mahsulotlami kimyoviy va bakteriologik
jihatidan nazorat qilish laboratoriyalari faollik ko‘rsa-
tishi talab qilinadi.
G o‘sht sanoati korxonalari o ‘zlarining ishlab chi-
qaradigan mahsulotiga ko‘ra
oziq-ovqat, texnik, davo-
lash va keng miqyosda foydalaniladigan mahsulot
yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: