Muassasasini (ta’lim muassasalari tizimini) tashkiliy boshqarishni



Yüklə 451,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix01.12.2023
ölçüsü451,03 Kb.
#170714
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-mavzu. O’quv-tarbiya jarayonini axborot-metodik ta’minotini va ta’lim muassasasini (ta’lim muassasalari tizimini) tashkiliy boshqarishni avtomatlashtirish



2.3. O’quv-tarbiya jarayonini axborot-metodik ta’minotini va ta’lim 
muassasasini (ta’lim muassasalari tizimini) tashkiliy boshqarishni 
avtomatlashtirish 
 
Ta’lim muassasalariga kelayotgan me’yoriy, o’quv – uslubiy, texnik va 
boshqa axborot oqimini ko’payishi, kun tartibiga uni qayta ishlashni 
avtomatlashtirish masalasini qo’moqda. Axborot oqimini o’z vaqtida sifatli va 
tezkor qayta ishlash hujjat yuritishni soddalashtiradi, qabul qilingan boshqaruv 
qarorlarini harakatchanligini belgilaydi.
Ta’lim jarayoni va har bir ta’lim muassasasini boshqarishni 
avtomatlashtirish muammosini hal etish, O’zbekiston respublikasining yagona 
axborot-ta’lim fazosini shakllantirishni ta’minlaydi. Ta’lim pedagog va xodimlari, 
o’quvchi-talabalari, shuningdek, ota-onalarning axborotli faoliyatlari jarayonida 
ishlab turgan turli-tuman axborot oqimlari ta’lim jarayoni va o’quv muasssasini 
tashkiliy boshqarishni sinflarga ajratish, tartiblash va tizimlashtirishda o’ziga xos 
qiyinchiliklarga ega. 
Bu murakkablik axborot oqimining mazmunini qat’iy sinflashtirishga 
bo’ysinmaydi va qat’iy belgilangan shakl va manziliga ega emas. Axborot 
oqimining tuzulishi o’zgarib turadi, hatto ba’zan takrorlanib turadigan axborotlar 
o’zaro ta’siri sharoitida buzilishi ham mumkin. 
Ta’lim muassasalari faoliyatini boshqarishda ko’pgina 
muammolar
mavjud. 
Masalan, hujjat almashinuvda qog’ozdagi alohida materiallarni nushalanishi, 
ma’lumotlarni yo’qolishi, hisobotlarning qandaydir qismlaridan tezkor 
ma’lumotlarni olish qiyinligi, ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash qiyinligi 
(foyzlarni qo’shish, o’rta qiymatlari hisoblash), har bir talaba yoki o’quvchi haqidagi 
ma’lumotlarni bir necha yil saqlashni murakkabligi, o’quv predmetlarni tanlashning 
qonuniyatlarini aniqlashda, sinf, maktab, rayon, shahar, hudud, qolaversa, dunyo 
bo’yicha umumlashgan hulosalarni diagrammalar ko’rinishida olishni qiyinchiligi 
(masalan guruhning o’zlashtirishini taqqoslanishi). 


Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Ta’lim jarayonini ta’minlash, 
axborot-usulubiy ta’minot tizimini va hujjat yuritishning holatini o’zgartirish 
(tartibga solish va tizimlashtirish) kabi masalalarni hal qilish davri kelganligidan 
dalolat beradi.
O’qituvchilar tayyorlashda ta’lim jarayonini boshqarishni avtomatlashtirish 
masalasiga toboro e’tiborning ortishi:

axborotni (matnlik, grafik, vizuallik, nutqli) qayta ishlash, nashr qilish, 
tahlil qilish, tizimlashtirish va saqlashning zamonaviy tizimlarini foydalanish; 

asosiy va yordamchi axborot jarayonlarini, masalan o’qituvchilarning 
hujjat ustidagi birgalikdagi ishlarini, o’qituvchi va talabalar orasidagi «qog’ozsiz» 
muloqotini telekommunikatsiyalar yordamida tashkil etish; 

ma’lumotlar omborini shakllantirish, ma’lumotlar omborlari orasida 
ma’lumotlar almashinish; 

talaba, o’qituvchi, ota-onalar va ta’limni boshqaruv organlariga o’quv 
muassasasiga o’zoqlashtirlgan kirish va o’zaro masofadan turib muloqot qilish, 
zarur ma’lumotlarni izlash; 

foydalanuvchilarning tizim vazifalari va ashyolariga kirish huquqlarini 
boshqarishni olib borish; 

o’quv-tarbiya jarayonining axborot va uslubiy ta’minot tarkibi va 
maqbullashtirish; 

ta’lim muassasasidagi raqamli taqdim etilgan mavjud materiallarni, o’quv 
va ta’limga oid elektron vositalarni, Internetda saytlar va portallarga murojaatlarni 
saqlashni osonlashtirish va bu hujjatlarni izlash va uzatish;

ma’lumotlar omborida saqlanayotgan axborotni qayta ishlash; 

talaba va o’qituvchilarga kommunikatsiya vositalariga, ichki va jahon 
axborot ashyolariga kirishni ta’minlash; 

ta’lim muassasasi va boshqarish organlari orasidagi axborot oqimlari 
harakatini maqbullashtirish va boshqa shu kabi ko’pgina ishlarni bajarish bilan 
bog’liq. 


Yuqorida sanalgan jarayonlar amalga oshirilsa, o’quv muassasasini 
boshqarishning majmuaviy tizimini yaratishga va bu bilan yaqin kelajak ta’lim 
ishlarini rivojlanishiga olib kelishi aniq. 
Bu tizimning asosiy vazifasi
— axborot-
uslubiy ta’minot jarayonlarini, o’quv jarayonining barcha ishtirokchilarini ta’limni 
boshqaruv organlar hodimlari bilan axborotli o’zarota’sir (lokal va global tarmoqlar 
negizida) qilishni avtomatlashtirishdan iborat.
1. 
O’quv-tarbiya jarayonini axborot-uslubiy ta’minoti va ta’lim 
muassasasi (ta’lim muassasalari tizimini) tashkiliy boshqarishni avtomatlashtirish

Yüklə 451,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin