Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


B i r i n c h i b o ‘ l i m



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

B i r i n c h i b o ‘ l i m
I B O B . GO‘SHT VA GO‘SHT MAHSULOTLARI
Go‘sht sanoatining asosiy xom ashyosi - barcha 
turdagi qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalari 
hisoblanadi. Barcha go‘sht sanoat korxonalarida qayta 
ishlanadigan asosiy xom ashyolarga qoramol, qo‘y, 
echki, cho'chqa, quyon, parranda va go‘sht uchun ot, 
tuya va boshqa hayvonlar qayta ishlanadi.
So‘yiladigan 
hayvonlar xo‘jaliklaming o ‘zida, 
hayvonlami so‘yish maydonchalarida, kushxonalarda, 
sanoatlashgan go‘sht ishlab chiqarish korxonalarida 
dastlabki qayta ishlanishi mumkin.
So'yish uchun ajratilgan hayvonlar konditsiyasi 
(semizlik darajasijga, go‘sht sanoati tomonidan xom 
ashyoga katta talablar qo‘yiladi. Xom ashyo qancha 
sifatli bo‘lsa, undan shuncha ko‘p assortimentda oziq 
va texnika mahsulotlari yetishtirish mumkin.
Xom ashyoning sifati hayvonlaming turi, zoti, 
fiziologik holati, oriq-semizligi, yoshi va jinsiga bog‘liq 
bo‘ladi. Hayvonlar taniqli m s olimi P.N.Kuleshov 
iborasiga ko‘ra to‘rt xil konstitutsiyaga bo‘linadi. 
Ular xom (yoki bo‘sh), nozik, pishiq va qo‘pol 
konstitutsiyalardan iboratdir.
G o‘sht uchun boqiladigan hayvonlar zotli bo‘lgani 
holda xom, ya’ni bo‘sh tipdagi konstitutsiyaga taalluqli 
bo‘lsa, ulardan go‘shtni qayta ishlovchi korxonalar ko‘p 
va sifatli xom ashyo oladilar. Xom tip konstitutsiyali 
hayvonlar katta, semiz, go‘sht va yog‘ chiqimi yuqori 
bo‘ladi.
Bunday zotli hayvonlar tez yetiladi, muskul to‘- 
qimalari ko‘p bo‘ladi, muskullari oralig‘idagi yog‘
16
www.ziyouz.com kutubxonasi


qatlamlari bir 
m e ’y o rd a
qavatma-qavat «marmarsimon» 
ko‘rinishga ega bo‘ladi, binobarin, bunday go‘shtlar 
«marmarsimon» 
go‘sht deyiladi.
Bo‘rdoqiga boqiladigan sigirlaming yelini kichik, 
sust taraqqiy etgan bo‘ladi. Uzoqdan ko‘z bilan 
chamalab qaralganda ulami yelka-ko‘krak qismi, yelka- 
yelin qismiga deyarli teng bo‘ladi. Boshqacha aytganda, 
ulaming yelka uzunligi qorin uzunligiga parallel holda 
uchraydi. Bu holat ulaming tashqi ko‘rinishi (eksterye- 
ri) jihatidan baholash usuli sifatida foydalaniladi.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin