Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


Q o ‘ylarning asosiy zotlari



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Q o ‘ylarning asosiy zotlari
Qo‘ychilik - chorvachilikning muhim tarmoqlaridan 
biri hisoblanadi. Xalq xo‘jaligi uchun sifatli xom ashyo -
jun, teri, po ‘stin, qorako‘l teri, go‘sht va sut yetishti- 
rib berishda salmoqli o‘rin egallaydi. Qo‘y suti brinza 
tayyorlashda muhim xom ashyo hisoblanadi.
Qo‘ylar asosan yaylov hayvoni bo‘lib, nihoyatda siy- 
rak o ‘simliklami to‘la o ‘zlashtira olish xususiyatiga ega.
Q o‘y go‘shtini yetishtirishda shimoliy Kavkaz, 
Qozog‘iston, markaziy osiyo respublikalari, Ukraina, 
povolje, g ‘arbiy va sharqiy sibir tuman-viloyatlarining 
tutgan o ‘mi salmoqlidir.
25
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hozirgacha qo‘ylami gumhlarga bo‘lishning ikki xil 
usulidan foydalaniladi. Ulaming birinchisi - zoologik 
va ikkinchisi - xo‘jalik yoki mahsulot yetishtirish 
xususiyati hisoblanadi.
Zoologik usuli asosan qo‘ylaming dumi shakl- 
formasi, katta-kichikligi, moydor yoki moysizligiga 
ko‘ra ifodalanadi. Jumladan: kalta moysiz dumli 
qo‘ylar; uzun moysiz dumli qo‘ylar; kalta sermoy dumli 
qo‘ylar; uzun sermoy dumli qo‘ylar va dumbali qo‘ylar 
hisoblanib, asosan 5 gumhni tashkil etadi.
X o‘jalik yoki mahsulot yetishtirish xususiyatiga 
ko‘ra ular 7 gumhni tashkil etadi. Jumladan, jun yo‘- 
nalishiga mansub mayin junli qo‘ylar; jun va go‘sht 
yo‘nalishidagi mayin junli qo‘ylar; yarim mayin jun- 
li, go‘sht yo‘nalishidagi qo‘ylar; go‘sht va moy yo‘- 
nalishidagi qo‘ylar; po‘stinbop - mo‘ynador qo‘ylar; 
qorako‘l teri bemvchi va sersut qo‘ylar gumhidan 
iborat.
M ayin ju n li qo‘y zotlari. Ular asosan oq rangdagi
nihoyatda qimmat va noyob hisoblangan, bir xil tipdagi 
jun yetishtirib beradi. Bunday junlar to‘qimachilik 
sanoati uchun juda qimmatli xom ashyo hisoblanadi. 
Bunday qo‘ylaming terisi, suyak qismi yaxshi rivoj- 
langan. Juni qalin, uzun va mustahkam bo‘ladi. Mayin 
junli qo'ylar yana uchta kichik gumh (serjun, serjun- 
go‘shtdor va go‘shtdor-serjun)ga bo‘linadi. Serjun 
gumhiga: stavropol, sovet merinosi, ozarbayjon tog‘ 
merinosi va groznen zotlari kiradi. Serjun-go‘shtdor 
gumhiga: askaniya zoti, Kavkaz va oltoy zotlari kiradi. 
G o‘shtdor-serjun gumhiga: prekos, vyatskaya mayin 
junli zotlar kiradi.
G o‘shtdor-serm oy qo‘y zotlari. Bu zotlar asosan 
dumbali bo‘lib, ular hisor, jaydari va edilboy qo‘y 
zotlaridan tashkil topgan. Dumbali deyishga asosiy 
sabab, ular tanasining so'nggi qismida dumg‘aza va 
kichik dumi atrofida turli kattalikda yumaloq moy
26
www.ziyouz.com kutubxonasi


to ‘qimasi bo‘ladi. Q o‘ylaming yoshi, katta-kichikligi va 
oriq-semizligiga ko‘ra dumbasining vazni 20 kg gacha, 
ayrim hollarda undan ham katta bo‘lishi aniqlangan. 
Lekin dumbasining shakl-formasi turli zotlarda turlicha 
bo‘lishi mumkin.
Dumbali qo‘ylaming dumi kichik va moy oralig'iga 
joylashganligi uchun u ko‘zga tashlanib turmaydi. Le- 
kin dumba kesilganda uni aniqlash mumkin. G o‘shtdor- 
sermoy qo‘y zotlarining yog‘ to‘qimasi faqatgina 
dumbasida to'planmasdan, ichki organlarida va teri 
ostida ham turli miqdorda uchraydi.
Go‘shtdor-sermoy zotli qo'ylaming rangi targ‘il, 
och jigarrang, qulog‘i uzun, osilib turuvchi va keng 
bo‘ladi. Ular ba’zan kichik shoxli yoki shoxsiz 
bo‘ladi. Dumbali qo‘ylar tanasining mustahkamligi, 
vaznining yirikligi va tez yetiluvchanligi bilan boshqa 
yo‘nalishdagi qo‘y zotlaridan ajralib turadi. Ulaming 
jun qatlami dag‘al va oz miqdorda (1,5-2 kg atrofida) 
bo‘ladi. Yirik nasldor qo‘chqorlarining vazni 100-140 
kg, sovliqlari 70-90 kg tosh bosadi. Dumbali qo‘y 
zotlari chidamli, turli iqlim sharoitlariga moslasha 
oladigan va yil davomida yaylovda yayratib boqishga 
moslashgan hayvon hisoblanadi. Bunday qo‘ylar asosan 
markaziy osiyo respublikalarida va janubiy Qozog‘iston 
viloyatlarida keng tarqalgan.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin