Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Qorako‘l qo‘y zoti. 
Yuqori sifatli qorako‘l teri 
(mo‘yna) yetishtirish borasida bu zot qo‘ylaming tutgan 
o‘mi nihoyatda salmoqlidir. Ular o ‘z mo‘ynasining 
sifatiga ko‘ra butun dunyoga mashhur hisoblanadi.
28
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qorako‘1 qo‘ylari seryog4 dumli qo‘ylar guruhiga man- 
sub bo‘lib, nihoyatda og‘ir cho‘l sharoitiga chidamlidir. 
Ular cho‘l zonasidagi quduqlami sho‘r va taxir suvlarini 
ichishga moslashgan. Qorako‘l qo‘ylarining boshi 
biroz cho‘ziq, quloqlari osilgan, qo‘chqorlari burama 
shoxli, sovliqlari shoxsiz bo‘ladi. Junining o‘siqligi 8-9 
sm, miqdori har (bahorgi va kuzgi) qirqimda 2,3-4,0 
kg ni tashkil etadi. Qo‘chqorlari 65-80 kg, sovliqlari 
45-50 kg tosh bosadi. Har 100 bosh sovliqdan 105- 
120 tacha qo‘zi olinadi. Qo‘zisi so‘yish uchun ajratib 
olingan har bir sovliqdan 30-50 kg sut sog‘ib olinadi. 
Q o‘zilari 1-3 kunligida so‘yiladi. Qorako‘l teri ulaming 
asosiy mahsuloti hisoblanadi. Q orakoi terilar asosan 
dunyo bozorlarida, kimoshdi savdosiga ko‘ra oltin 
bahosida sotiladi. Qorako‘l qo‘ylaridan 90 foiz qora, 
8-9 foiz kulrang va 1-2 foiz sur (yaltiroq) teri olinadi. 
Qorako‘l qo‘y zoti asosan 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston, 
turkmaniston va Tojikiston cho‘1 yaylovlarida boqiladi 
va ko‘paytiriladi.
Echki zotlari. 
Echkilar barcha zonalarda boqiladi. 
Ular tashqi muhit sharoitiga tez va yaxshi moslashadi. 
Ulaming hayoti 8-10 yil. Echkilar turli xildagi mahsulot 
(sut, go‘sht, tivit, jun, teri va po‘stin) beradi. Go‘sht 
uchun asosan axtalangan 7-9 oylik takalari yaxshi se- 
mizlik darajasida so‘yiladi. Ulaming go‘shti mazali va 
sifatli boTadi.
Takalaming shoxi uzun, juni o‘siq, tanasi mustah- 
kam boTadi. Ulaming vazni 50-80 kg, urg‘ochilari 2 0 - 
50 kg atrofida.
Echkilar mahsulot yo‘nalishiga ko‘ra uchta gumhga 
boTinadi: 1. Sersut echkilar. 2. Serjun echkilar. 
3. Tivitdor echkilar. Bulardan tashqari qo‘sh mahsuldor 
echkilar ham uchraydi.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin