Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


Q o ‘y va echkilarni so ‘yish texnologiyasi



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Q o ‘y va echkilarni so ‘yish texnologiyasi
Qo‘y va echkilami so‘yishda ulami karaxt qilish tad- 
birlari olib borilmaydi. Q o‘y va echkilar to‘g‘ri eleva-
42
www.ziyouz.com kutubxonasi


torga uzatiladi va so‘yiladi. So‘yiladigan hayvonlar 
25-50 boshdan qilib mol saqlash xonasiga kiritiladi 
va unda elevatorga uzatilib, ulami orqa oyog‘idan 
zanjir moslamalarga biriktiriladi. Konveyer usulida 
harakatga keltiriladigan elevatorga osilgan hayvonlar 
o‘z navbati bilan birin-ketin so‘yila boshlanadi. Bunda 
hayvonlaming bo‘yin (jag‘ osti) qismidagi vena qon 
tomiri ingichka o‘tkir qirrali pichoq bilan kesib 
yuboriladi.
Hayvonlami 
tezroq 
qonsizlantirish 
maqsadida 
ulaming arteriya qon tomiridan va yuragining o ‘ng 
qorinchasidan pichoq yordamida qoni chiqarib yubo- 
riladi. Qizilo‘ngachni jarohatlamay (kesib yubormas- 
dan) barcha qon maxsus idishga olinadi.
Dastlabki ikki minut davomida olingan qon toza 
hisoblanib, undan albumin tayyorlanadi. Ifloslangan 
qondan esa hayvonlar uchun qon uni tayyorlashda 
foydalaniladi. Qonsizlantirish uchun bo‘yinni kesib 
tashlashga mxsat berilmaydi. Qonsizlantirish tugagach 
bosh qismi tanasidan kesib olinadi. Boshidan tili kesib, 
sug‘irib olingach bosh qismi qayta ishlash (tozalash) 
uchun maxsus sexga jo ‘natiladi.
Q o ‘y va echki g o ‘shti sifatini baholash ham da
to ‘shini m uhrlash
Qo‘y va echki go‘shti davlat standarti talablari 
(GOST 1935-55) asosida baholanadi. Shunga bino- 
an, ular semizligi va go‘shtdorligiga ko‘ra ikkita kate- 
goriyaga bo‘linadi.
I kategoriya talabi: muskulaturasi qoniqarli dara- 
jada rivojlangan. Umurtqa pog‘onasi o‘simtalari qisman 
boTsa-da sezilib turadi, yelka va tanasining yuza qismi 
teri osti moy qavati bilan qoplangan boTadi.
II kategoriya talabi: muskulatura tuban rivojlangan 
boTsa, umurtqa pog‘onasi, qovurg‘alari bo‘rtib turadi.
43
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tanada moy bo'lmaydi yoki nihoyatda oz miqdorda 
bo'lishi mumkin.
Yuqoridagi ikki kategoriya talabiga to‘g‘ri kelma- 
gan qo‘y va echki go‘shti standart talabiga binoan oriq 
go'sht hisoblanadi. Sanoat korxonalarida qayta ish- 
lash maqsadida yuboriladigan to‘shlar ichidan buyrak 
va yog‘i olinadi. Agar iste'mol uchun bo‘lsa u qol- 
diriladi. I kategoriyali qo‘y va echki go‘shtiga 1 ra- 
qami, II kategoriyali bo‘lsa 2 raqami va oriq bo‘lsa 3 
raqami bosiladi. I kategoriyali to‘shga yumaloq muhr 
bosiladi. II kategaoriya bo‘lsa to‘rtburchak va oriq 
go‘shtga uchburchak muhr bosiladi. I kategoriyali qo‘y 
to‘shining 5 ta yeri (bittadan kurak qismiga, bittadan 
son qismiga va bir marta ko'krak qismi) ga muhr 
bosiladi, II kategoriya bo‘lsa 4 ta muhr bosiladi. Oriq 
to'shga 1 marta muhr bosiladi.
Echki to‘shiga ham qo‘yniki kabi muhr bosib 
kolbasa va konserva tayyorlash uchun jo ‘natiladi. Ayrim 
hollarda qadoqlab sotuv korxonalariga jo ‘natiladi.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin