Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Qizil cho‘l zoti. 
Bu zot Ukrainaning Zaporoje 
viloyatida yaratilgan. Rangi qizil, to‘q qizil va sariq- 
qizil aralash holda bo‘ladi. Sigirlarining vazni 400- 
450 kg, buqalari 800-1200 kg tosh bosadi. Bu zot 
0 ‘zbekistonning xorazm, qashqadaryo, surxondaryo, 
samarqand, jizzax, buxoro va navoiy viloyatlari hamda 
qoraqalpog‘iston xo‘jaliklarida keng tarqalgan.
Bushuev zoti. 
Bu zot 0 ‘zbekistonda yaratilgan 
yagona zot hisoblanadi. U o ‘lka sharoitiga yaxshi 
moslashgan. Rangi oq, qulog‘i qora yoki jigarrang. 
Ba’zan ko‘z atrofi qora (ko‘zoynaksimon) tuklar bilan 
o‘ralgan. Ko‘pincha tanasining ayrim yerlarida parcha- 
parcha mallarang, qora, qizil dog‘lar ham uchrab turadi. 
Sigirlarining vazni 380-400 kg, buqalari 700-750 kg. 
Sutdorligi o ‘rtacha 2400 kg. Sersut sigirlari yiliga 
3500-4700 kg atrofida sut berishi aniqlangan. Sutidagi 
yog‘ miqdori 3,9-4,3 foiz, ba’zan bu ko‘rsatgich 
5,5-5,6 foiz bo‘lishi sinab ko‘rilgan. Bu zot asosan 
0 ‘zbekistonning sirdaryo viloyati xo‘jaliklarida boqi- 
ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan zot qoramollardan tashqari 
boshqa respublikalarda ulaming xolmogor, yaroslav, 
jersey kabi zotlari ham boqiladi.
23
www.ziyouz.com kutubxonasi


Q o ‘sh m ahsuldor qoram ol zotlari
(sersut-go‘shtdor va g o ‘shtdor-sersut)
Shvits zoti. Bu zotning vatani shveytsariya bo‘lib, 
dunyo mamlakatlarida keng tarqalgan. Rangi qo‘ng‘ir, 
to‘q qo‘ng‘ir. Boshqa rangda uchramaydi. Sigirlarining 
vazni 450-500 kg, buqalariniki 770-800 kg. Sigirlari 
yiliga 3000-3800 kg, ba’zan 4000 kg atrofida sut 
beradi. Sutining yog‘dorlik darajasi 3,1—4,5 foiz. Go‘sht 
chiqimi semizligiga ko‘ra 50-60 foizni tashkil etadi. 
Bu zot 0 ‘zbekistonning farg‘ona vodiysi viloyatlarida, 
jizzax, samarqand viloyatlari xo‘jaliklarida ko‘proq 
boqiladi.
Olatov zoti. Bu zot qirg‘izistonda yaratilgan. Zot 
yaratishda shvits va kostroma zoti buqalaridan samarali 
foydalanilgan. Rangi qo‘ng‘ir. Sigirlarining vazni 
500-550 kg, buqalariniki 800-900 kg, ayrim hollarda 
1100-1200 kg tosh bosishi aniqlangan. Sigirlarining 
sutdorlik darajasi 3200-3800 kg, yog‘dorligi esa 3,8 
foiz atrofidadir.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin