Kompyuter injinering



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix19.10.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#157732
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Pedagogika va psixologiya mustaqil ish (1) PDF



AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI 
 
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
 
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI 
 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
 
FARG‘ONA FILIALI 
 
 
 

KOMPYUTER INJINERING

fakulteti 
KOMPYUTER INJINERING yo‘nalishi 
710-20 – guruh talabasi 
YUSUBJANOV AZIZBEKNING ning 
“PEDAGOGIKA va PSIXOLOGIYA” 
 
fanidan tayyorlagan 
MUSTAQIL ISHI 
 
Topshirdi: YUSUBJANOV AZIZBEK 
Qabul qildi: QODIROV X.O 
 
 
Farg‘ona 2023 
 


Mavzu;Shaxsning ma`naviy rivojlanishi a`soslari. 
Reja: 
1.Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda ota-ona mas’uliyati. 
2.Adabiyot va san’at – shaxs ma’naviyatini shakllantirish va
rivojlantirishning muhim vositasi. 


Asosiy qism 
Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishning omillari va vositalari kо‘p. О‘zbek 
xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar davom etib 
kelayotgan, о‘z ahamiyatini hech qachon yо‘qotmaydigan ajoyib 
qadriyatlaridan biri – ota-onani yuksak darajada e’zozlash, hurmatini joyiga 
quyishdan iboratdir. Farzand uchun dunyoda ota-onadan kо‘ra mehribon, 
aziz va mo`tabar zot yо‘q. Ota-ona farzandlarning suyanchig`i, bitmas-
tuganmas boyligidir. 
Ota-ona о‘z farzandidan hech narsani ayamaydi. Ularning tabiat ato etgan 
buyukliklari ham ana shunda. О‘zbek xalqi odob-axloqi bо‘yicha, 
keksalarning, ota-onaning oldidan salom bermasdan о‘tish gunoh 
hisoblanadi. Ota-onani qadrlash, ularning beо‘lchov, beminnat xizmatiga bir 
umr sodiq bо‘lish, duolarini olish – bolalarning farzandlik burchidir. Bu milliy 
qadriyatlarimizning eng muhim talablaridan biridir. 
Buyuk bobomiz hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek ota-onani hurmat qilish 
«…farzandlar uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating 
qancha ortiq bо‘lsa ham kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, 
onang uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyong obod 
bо‘lishni istasang, shu ikki odamning roziligini ol! Tunu kuningga nur berib 
turgan – birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh. Ularning sо‘zlaridan tashqari 
bir narsa yozma, ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam ham bosma. 
Hamma xizmatni sen odob bilan bajar, «adab» sо‘zidagi «dol» kabi 
qomatingni ham qil». 
Tan olishimiz kerakki, shо‘rolar davrida keksalarni, ota-onalarni hurmat 
qilish haqidagi milliy qadriyatlarimiz biroz xira torta boshladi. Ba’zi 
yoshlarimizda о‘zlaridan kattalarni, nuroniy qariyalarni hurmat qilish, 
ularning nasihatlariga quloq solish singari yuksak ma’naviy fazilatlar 
yо‘qolib ketayotgani sezilmoqda. Ehtimol, boshqa millat kishilari bunga 
unchalik e’tibor berishmas, lekin biz, о‘zbeklar buni his qilmay ilojimiz yо‘q. 
Keksalar uchun ajratilgan uylarda farzandlari tirik о‘ziga tо‘q bо‘lgan ota-
onalar yashayotganligiga toqat qilib bо‘lmaydi. Gohi-gohada bо‘lsa ham, 
ota-onaga qо‘l kо‘tarish, undan ham og‘irroq jinoyat qilish hollari sodir 
bо‘lib turganligini eshitib turibmiz! Bu — oddiy nuqson emas, balki uchiga 
chiqkan tubanlik bag‘ritoshlik milliy qadriyatlarimizni oyoq-osti qilish, о‘z 
insoniyligini yо‘qotishdir. Milliy qadriyatlarimizga, о‘zbek xalqining sha’niga


dog‘ tushuradigan bunday yaramas hodisalar zamini, ildizi, sababi nimada, 
degan savol paydo bо‘lishi tabiiy. 
SHо‘rolar davrida, avlod-ajdodlarimizning о‘gitlari, pand-nasihatlari, ajoyib 
an’analarimiz targ‘ib qilinish о‘rniga nuqul qoralandi, yomon otli qilindi, 
bid’at, xurofot, deb baholandi. Milliy tarbiya borasidagi merosimiz 
о‘rganilmadi, targ‘ib etilmadi. Ularning о‘rniga ta’lim-tarbiya borasida 
Yevropa, Rusiya modelini kо‘klarga kо‘tarib maqtab, targ‘ib qilib, 
yoshlarimizni о‘z milliy qadriyatlarimizdan bebahra qilib qо‘ydik. Ana shu 
tufayli diniy-axloqiy, oila, qо‘ni-qо‘shni, mahalla-ko`ylar ta’siri kabi ta’lim-
tarbiyaning hayot sinovidan о‘tgan bebaho boyliklaridan judo bо‘la 
boshladik. Mustaqilligimiz tufayli bularga chek qо‘yildi, bunday salbiy 
illatlarni tugatish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Kattalarga izzat-ikrom, kichiklarga mehr-shafqat, ota-onalarga e’zoz, 
farzandlarga mehr-sadoqat kabi insonni inson sifatida ulug‘laydigan, 
axloqiy, ma’naviy jihatdan gо‘zal va barkamol qiladigan qadriyatlarimiz 
odamlar, ayniqsa yoshlar qalbidan о‘rin ola boshlagani quvonchli bir holdir. 
Mustaqil О‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuni – Konstitutsiyada 
farzandlarning jamiyat, oila, ota-onalari oldidagi insoniy burchlari va 
mas’uliyatlari nimalardan iboratligi milliy qadriyatlarimizdagi asosiy g‘oya va 
qoidalarga asoslanib belgilab berilgan. Uning 66-moddasida qayd 
qilinishicha, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar о‘z ota-onalari 
haqida g‘amhо‘rlik qilishga majburdirlar. 
Xullas, har bir farzandning о‘z ota-onasini e’zozlashi farzandlik burchi va 
jamiyat oldidagi mas’uliyati sanaladi. Ota-onani e’zozlashning quyidagi 
sharqona talablariga hammamiz amal qilishimiz ham farz, ham qarz, 
farzandlik burchimizdir. Ota-onaga taom berish, ozoda qilib kiyintirib 
qо‘yish, kasal bо‘lganda shifokorga kо‘rsatish, kerakli dori-darmonni keltirib 
berish, doimo hol-ahvol, sihat-salomatliklarini sо‘rab turish, ota-ona oldida 
«uh» tortmaslik gerdaymaslik lozim bо‘ladi. Ota-ona norizo bо‘lgan ishni 
qilmaslik, aroq ichma, yomonlarga qо‘shilma, desa uni qilmaslik va 
qо‘shilmaslik kerak bо‘ladi. Kо‘chada yurganda otadan oldin yurmaslik, 
otadan avval ovqatga, dasturxonga qо‘l uzatmaslik, otadan avval 
о‘tirmaslik, otadan kо‘ra poygakda o`tirish lozim. Otaning oldida oyoqni 
uzatib, yonboshlab olish bizning axloq-odobimizga kirmaydi. Ota-ona 
chaqirganda labbay deb javob qaytarish, nima ish qilayotgan bо‘lsa, hech


ikkilanmasdan darrov ularga javob berish farzandlik burchi hisoblanadi. 
Shunda ota-ona о‘z farzandidan rozi bо‘ladi. Ota-onaning roziligini olgan 
farzand baraka topadi, ishi о‘ngidan kelaveradi, oldiga qо‘ygan maqsadiga 
erishadi. 
Ota-onasi norizo bо‘lgan farzand kechgacha yugursa ham, ishining barakasi 
bо‘lmaydi, biri ikkiga aylanmaydi. Turmushga chiqish, uylanishda ota-
onaning roziligini, oq fotihasini olishda hikmat kо‘p. Yuqoridagilarning 
hammasi biz uchun bir hovuch oltin, xazina. Kelgusi hayotimiz uchun 
poydevor qо‘yish demakdir. Bu dunyo qaytar dunyo, nima eksang shuni 
o`rasan, siz ota-onangizga nima qilgan bо‘lsangiz, u sizga 
farzandlaringizdan qaytadi. Bu ham tabiat qonuni bо‘lsa neajab! 
Endi ota-onani hurmat qilishning ulug‘vorligi haqidagi ba’zi ibratli fikrlarni 
hadislardan keltirib о‘tamiz. «qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan 
ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Olloh taolo unga jannatdan ikkita eshik 
ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini 
ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha, 
Olloh taolo undan rozi bо‘lmaydi»; «Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo 
(jannatdagi daraxt) nasib bо‘lib, Olloh taolo uning umrini ham ziyoda 
qiladi»; «Uch toifa kishilarning duosi, hech shubhasiz, Olloh taologa 
maqbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota-onaning 
duosi»; «Ota-onalarning keksaygan vaqtda har ikkisini yoki biri 
bо‘lmaganda boshqasini rozi qilib, jannatiy bо‘lib olmagan farzand xor 
bо‘lsin, xor bо‘lsin, va yana xor bо‘lsin»; «Ota-onaga itoat qilish – tangriga 
itoat qilishdir. Uni oldida gunoh qilish tangri oldida gunoh ish qilish bilan 
barobardir» va boshqalar. 
Yuqorida farzandning ota-ona oldidagi burchi haqida fikr yuritdik. Ota-
onaning ham farzand oldidagi burchi nihoyatda katta va mas’uliyatlidir. 
Farzandlarning kelajakda qanday ma’naviyat egasi bо‘lishi kо‘p jihatdan 
ota-ona, u bergan tarbiyaga bog‘lik. Har bir ota-ona farzandi oldida о‘z 
otalik, onalik burchini tо‘liq his etishi, unga javobgarligini ma’nan anglab 
yetishi kerak. 


Sobiq shо‘rolar davrida uzoq vaqt milliy va ma’naviy tarbiya chetga surib 
qo`yildi. Oqibatda bolalar tarbiyasida ota-ona mas’uliyati pasayib ketganligi 
hech kimga sir emas. Vaholanki bola, о‘sib kelayotgan yosh avlod 
tarbiyasida ota-ona beradigan tarbiya juda muhim ahamiyatga ega. 
Farzand tarbiyasi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishini har bir ota-ona 
yaxshi bilishi foydadan holi bо‘lmaydi. 
Birinchisi – nasl tarbiyasi, ya’ni bola tarbiyasi. Bola tug‘ilmasdan oldin 
boshlanishi kerak. YA’ni bо‘lg‘usi ona va otaning sog‘ligi, farzand 
tarbiyalashga mas’ulligini hisobga olish lozim bо‘ladi. Bu – bola, farzand 
kо‘rishni istagan ota-onaning bо‘lajak farzandlari taqdiriga mas’uliyat bilan 
qarab, о‘zlarining salomatliklarini yaxshilashlarini nazarda tutadi. 
Ikkinchi bosqich – homiladorlik davridagi parvarish. Bu masala о‘ta muhim, 
о‘ta ahamiyatlidir. Rivojlangan mamlakatlarda homiladorlik davri tug‘ilajak 
inson taqdirining 60 foizini belgilashi kо‘zda tutiladi. Bu davrdagi chora-
tadbirlar aksariyat ota-onalar tomonidan amalga oshiriladi. 
Uchinchi davr bola tug‘ilgandan to 6-7 yoshgacha bо‘lgan davr. Shu davrga 
kelib, bola ma’naviyatining asosiy kurtaklari shakllanib bо‘ladi. Sо‘ng ana 
shu ma’naviy kurtaklarni parvarishlash va yanada rivojlantirish davri 
boshlanadi. 
Ma’naviy barkamollik balki, beshikdagi allaning mazmunidan, bolani 
kiyintirish-u uni halol luqma bilan boqishdan boshlanishi mumkin. Hazrati 
Bahouddin Naqshband aytganlaridek insondagi yaxshi fe’llar, amollar halol 
luqmadandir. 
Demak ota-ona farzandini halol luqma bilan boqsa, u farzand ma’nan pok 
va halol bо‘lib voyaga yetadi. Biz shо‘rolar zamonida buni unutayozdik, 
ahamiyat bermadik, boz ustiga tarbiyani ham tuzum о‘z manfaatlariga 
moslashtirib, uni о‘z qо‘liga oldi. 
Xulosa shuki, bola tarbiyasini dono xalqimiz aytganidek u hali tug`ilmasdan 
ota, ona va butun oila a’zolari hamjihatligida boshlashimiz lozim bо‘ladi. 
Olamda barcha narsa juft-juft bо‘lib yaratilgan. Juft bо‘lib yashash tabiat 
qonuni, taqozosi. Lekin oila bо‘lib yashash barcha maxluqotlar orasida faqat 
odam nasliga xosdir. 
Oila jamiyatning birinchi va birlamchi bо‘rini, zarrachasi. Jamiyat ana shu 
kichik zarralardan tashkil topadi. Er va xotin – ikki tirik vujudning, ikki 
olamning о‘zaro ittifoqidan paydo bо‘lgan uchinchi bir olam – bu oiladir. 
Agar oila tinch-totuv, ahil bо‘lsa, olam tinch va obod. Aks holda, turmush 
dо‘zaxga aylanadi, oila zindonning о‘zi bо‘ladi, buning jabrini esa er va 
xotinning о‘zigina emas, balki farzandlari, yaqinlari ham tortadi. Oila 
poklikka va soflikka, ikki tomonlama muhabbatga, sadoqat va vafodorlikka 
asoslanishi kerak. Bu farzandlar tarbiyasi uchun muhim omil hisoblanadi. 
Eng qadimgi odatimizga kо‘ra, о‘zbek oilasi ham tо‘ydan boshlanadi. 
Xalqimiz saxovatli xalq. Topganini el-yurt oldiga qо‘ysam, deydi. Xalqimizni 
tо‘ysevarlikda ayblab bо‘lmaydi. Agar ayblasak о‘z-о‘zimizni kamsitgan 


bо‘lamiz. To`y va ma’rakalarimizga о‘rinsiz tosh otish insofdan emas. Lekin 
tо‘y bahona soxta obrо‘ olishga intilish, kimosharga isrofgarchilikka yо‘l 
qо‘yishni oqlab bо‘lmaydi. Tо‘y va ma’rakalarda musobaqa emas, xayr-
saxovat va ma’naviyat qadriyatlarini mustahkamlash ustuvor bо‘lgani 
yaxshi. 
О‘zbek oilasining tashqaridan sezilmaydigan о‘ziga xos ichki qonun-
qoidalari, axloqiy, ma’naviy mezonlari bor. Quyida biz shulardan ba’zilari, 
turmush uchun zarurlari haqida tо‘xtab о‘tishni lozim topdik. Zero bu oila 
qurish oldida turgan yoshlar uchun foydadan holi bо‘lmas, degan 
niyatdamiz. 
Rizq-rо‘z tongda har bir odamga, oilaga ulashiladi. Kimki g‘aflat bosib, 
о‘rnida yotaversa, rizqidan quruq qoladi, deyiladi. Barvaqt turilsa, ish 
unumli, o`sha kun xayrli bо‘ladi…. 
Yuz-qо‘lni yuvmasdan hol-ahvol so`ralmaydi, yuz-qo`lni yuvgandan sо‘ng 
kichiklar kattalarga salom beradilar, ayollar nonushta tayyorlaydilar, qizlar-
kelinlar hovli, eshik oldini supurib, suv sepib qо‘yadilar… 
Ish yoki о‘qishga oilaning tabarruk yoshlilaridan fotiha olib ketilishi axloq-
odob doirasiga kiradi, qaytganda, avval ularga uchrashib, salom beriladi, 
hol-ahvol sо‘raladi… 
Oila odobiga kо‘ra katta yoshlilar bolalarga, balog‘atga yetgan farzandlar, 
kelinlar katta yoshlilarga ochiq-sochiq holda kо‘rinmaydilar, bachkana qiliq 
qilmaydilar, pardasiz sо‘zlarni aytmaydilar. Kо‘chaga uy kiyimida 
chiqilmaydi. O‘zbek oilasiiing fazilatlari kо‘p, qonunlarda belgilanmagan, 
ammo millatimizning qadriyatlariga aylangan tartib va talablari mavjud. 
Ularni farzandlarimiz о‘zlashtirishi ham farz, ham qarzdir. 
Shunday qilib, oila – jamiyatning asosiy bо‘g‘ini. Oilada singdirilgan tarbiya, 
Vatan, el-yurt, mustaqillik, ozodlik haqida berilgan tushuncha, tasavvur 
bolaning murg‘ak qalbila bir umr muhrlaiib qoladi. Oila mustahkam, tinch, 
farovon, sog‘lom bо‘lsagina, jamiyatda barqarorlik vujudga keladi. 
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek «Oilaning jamiyatdagi о‘rni, tarbiyaviy-
axloqiy ahamiyati, qadr-qimatini anglab yetmasdan, oilaga millat manfaati 
nuqtai nazaridan yondashmasdan turib, xalqchil mafkura yaratolmaymiz». 
YA’ni ma’naviy sohadagi vazifalarimizni muvaffaqiyatli amalga oshira 
olmaymiz. 
Shuning uchun ham mamlakatimizda oilani mustahkamlashga alohida 
e’tibor berilmoqda. Jumladan, asosiy qonunimizning «Oila» deb atalgan 14-
bobida quyidagi qoyidalarni о‘qish mumkin: 
«63-modda» Oila jamiyatiing asosiy bо‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat 
muhofazasida bо‘lish huquqiga ega… 
64-modda. Ota-onalar о‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish 
va tarbiyalashga majburdirlar… 
65-modda. …Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi». 


Mustaqil Respublikamizda Oila munosabatlariga alohida ahamiyat 
berilayotganligipi Oliy Majlisning birinchi chaqiriq о‘n birinchi sessiyasida 
«Oila kodeksi»ning qabul qilinishida ham ko`rishimiz mumkin. 
Davlatimizning oilaning rolini oshirishga qaratilgan siyosati albatta 
farzandlarimizning ma’naviyati yuksaltirishida katta ahamiyatga ega bо‘ladi. 
2.
Adabiyot va san’at asarlari mustaqil respublikamiz fuqarolari ma’naviy 
dunyosini boyitish, ularni gо‘zal narsalarning hammasidan bahramand qilish 
kabi ajoyib xususiyatlarga ega. Ma’naviyat, yuksak badiiy, jozibali adabiyot 
va san’at asarlari kishilar qalbiga tezroq yо‘l topish, estetik hissiyotiga kuchli 
ta’sir qilish, hayotiy voqea-hodisalarni chuqur mushohada etishga da’vat 
etish kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun adabiyot va 
san’at asarlarining kishilarni yuksak ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashdagi 
badiiy ta’sir etishdek vositalik xususiyatidan imkoni boricha kengroq 
foydalanish muhim ahamiyatga egadir. 
Adabiyot va san’at asarlarining kuchi uning xalqchil va tushunarliligida, 
kishilar ichki — ruhiy dunyosiga emosional ta’sir kо‘rsata olishidadir. 
Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda adabiyot va san’atning ana shu 
xususiyatini hisobga olish muhimdir. 
Ma’naviy tarbiyada о‘zbek xalqining boy ma’naviy merosidan keng 
foydalanish uning ta’sirchanligi, samaradorligini oshirishda muhim omil 
bо‘la oladi. Yoshlarimiz ma’naviy tarbiyasida Yusuf xos Xojib, Ahmad 
Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, 
Mashrab, Muqumiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, CHо‘lpon, Usmon Nosir kabi 
mumtoz shoir va yozuvchilarimiz asarlaridan foydalanishimiz ular qalbini, 
ruhiy dunyosini ma’naviy boyitishda katta ahamiyatga egadir. Ularning 
bizga qoldirgan boy badiiy-ma’naviy merosi о‘zining chuqur falsafiy 
mazmuni, axloqiy yо‘nalishi bilan ajralib turadi. 
Mumtoz san’atkorlarimiz asarlarida halollik va poklik, tо‘g‘rilik, birovning 
haqiga kо‘z olaytirmaslik, xiyonat qilmaslik, insonparvarlik, vatanparvalik, 
mehnatsevarlik, diyonatlilik, iymonlilik, halol luqma bilan kun kо‘rish, ota-
onani hurmat qilish kabi inson uchun zarur ma’naviy xislatlar yuqori badiiy 
saviyada bayon etilgan. 


Ma’naviy tarbiyada Pirimqо‘l Qodirov, Odil Yoqubov, Sayd Ahmad, О‘tkir 
Hoshimov kabi yozuvchilarimiz; Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Oydin 
Hojiyeva, Omon Matchon kabi shoirlarimizning asarlaridan ham keng 
foydalanish, badiiy asarlar, ulardagi qahramonlarning fe’l-atvori, axloqi, 
ma’naviy dunyosi tо‘g‘risida suhbat, munozara о‘tkazish katta samara 
beradi. 
Ma’naviy tarbiyada kishilar ongi, ruhiyatiga ta’sir etishda teatr san’atining 
ham roli, о‘rni va ahamiyati, ta’sir etish doirasi imkoniyatlari cheksizdir. Biz 
teatr san’atini ikki tomoni charxlangan shamshirga о‘xshatishimiz mumkin. 
U bir tomoni bilan kishilar qalbiga yorug‘lik olib kirsa, uni yuksak ma’naviylik 
tomon yо‘llasa, ikkinchi tomoni bilan inson qalbidagi nodonlik, jaholat, 
ya’ni, ma’naviyatsizlikka va jaholatga qarshi kurashadi. 
Teatr san’ati boshqa san’at turlari kabi obrazli – badiiy tabiati bilan inson 
qalbiga emosional ta’sir kо‘rsatish, uning ruhiy dunyosiga chuqur kirib 
borish, shu orqali ma’naviy dunyosini boyitish xususiyatiga ega. 
Mustaqillikni mustahkamlash, kishilarni yuksak ma’naviylik ruhida 
tarbiyalashda teatr san’atining ana shu xususiyatidan unumli foydalanish 
zamon talabi. Afsuski, kishilarimiz, shu jumladan yoshlarimizning teatr, kino 
san’ati yoki san’atning boshqa turlariga bо‘lgan qiziqishi unchalik yetarli 
darajada emasligi kishini ajablantiradi. 
Teatr voqeligimiz, kishilarimiz turmushi, intilishi, qiziqishi, xatti-harakatlarini 
hayajon bilan aks ettiradigan maydondir. U bir vaqtning о‘zida ham sо‘z, 
ham musiqa, ham xatti-harakat orqali inson qalbiga ta’sir etish xususiyatiga 
egaligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun teatr va kino san’atining bu 
xususiyatidan ma’naviy tarbiyada foydalanish katta samara berishi 
shubhasiz. Faqat ulardan samarali foydalanish lozim bо‘ladi. 
Bunday asarlarni kishilar qalbiga kirib borishida televideniye 
imkoniyatlaridan foydalanishga alohida ahamiyat berish talab etiladi. 
Kishilarimiz «Otalar sо‘zi – aqlnini kо‘zi» kabi kо‘rsatuvlarni sabrsizlik bilan 
kutganidek ma’naviy yuksaklikka chorlaydigan, ya’ni jasorat va olijanoblikni, 
ma’naviy gо‘zallik va axloqiy poklikni, ulug‘vorlik, nafosat va ma’naviy 
qadriyatlarimizni targ‘ib etuvchi badiiy yuksak adabiyot va san’at asarlariga 
muhtojdir. Chunki, ular ma’naviyatimizni yuksaltiribgina qolmasdan, shu 
bilan birga yoshlarimizga ilm egallashda, millat va vatanni taraqqiy 
ettirishda, fidoyilik kо‘rsatishda, zavq-shavq va ilhom bag‘ishlaydigan 
vositalarning asosiylaridan biri hisoblanadi. 
Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda va yoshlarimiz ongiga milliy istiqlol 
g‘oyalarini singdirishda Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining olib 
borayotgan amaliy ishlarini ham alohida ta’kidlash lozim bо‘ladi. Uning 
viloyatlardagi va Toshkent shahridagi bilimlarida samarali ishlar amalga 
oshirilmoqda. Xususan, talaba yoshlar bilan Respublikamizning kо‘zga 
kо‘ringan adabiyot va san’at arboblarining uchrashuvlarini tashkil qilish, 
kо‘zga kо‘ringan olimlar ishtirokida turli ilmiy-amaliy konferensiyalar 


uyushtirish kabi о‘ta muhim ishlarni amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu 
kengash tomonidan ma’naviyat, tarbiya va ta’lim masalalariga 
bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-ommabop risolalarni bosib chiqarayotgani va 
ularni yoshlar о‘rtasida keng targ‘ib qilayotganligini alohida ta’kidlash lozim. 
Bu kengash о‘z faoliyati bilan mamlakatimizda tarbiya borasida olib 
borilayotgan umumiy ishga о‘z hissasini qо‘shib kelmoqda. 
Xulosa qilib aytganda, ma’naviy tarbiya bugungi kunning eng dolzarb 
masalasi. Bu ishga yurtimizning barcha ziyolilari – о‘qituvchilar, jurnalistlar, 
yozuvchilar, shifokorlar, artistlar, barcha rahbarlar birdek mas’uldirlar. 
Mamlakatimizda tarbiyani hozirgi zamon talablari darajasida olib borishda 
mavjud 
barcha 
imkoniyatlar 
va 
vositalardan 
samarali 
foydalanganimizdagina ma’naviyati yuksak yoshlarni tarbiyalashga erishish 
mumkin bо‘ladi. 
Tayanch sо‘z va tushunchalar: 
Ota-ona — aziz va mo`’tabar zot; ota-ona farzandning suyanchig‘i, bitmas-
tuganmas boyligi; birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh; ota-onani 
e’zozlash farzand burchi, jamiyat oldidagi mas’uliyat; ota rozi – xudo rozi; 
otalar sо‘zi – aqlning kо‘zi; ota-onaga itoat qilish – Tangriga itoat qilishdir; 
yaxshi fe’llar, a’mollar halol luqmadandir; oila jamiyatning asosiy bо‘g‘ini; 
adabiyot va san’at inson qalbiga, ruhiy dunyosiga chuqur kirib borishi va 
shu orqali uning ma’naviy dunyosini boyitish xususiyatiga ega. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin