Kompyuter injinering


TARBIYАDA O’QUVCHILARNING YОSHI VA O’ZIGA XOS



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix19.10.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#157732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Pedagogika va psixologiya mustaqil ish (1) PDF

TARBIYАDA O’QUVCHILARNING YОSHI VA O’ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARINI 
HISOBGA OLISH PRINSIPI
 
Bolalar maktabda rivojlanishning turli davrlarini bolalik, o’smirlik, o’spirinlik 
pallalarini bosib o’tadilar. SHu davrlar ichida ular hayot, inson va tabiat, 
umuman atrofimizni o’rab olgan dunyo haqida aniq bilimlarga ega 
bo’ladilar. Ularnig axloqi ham o’zgarib boradi. SHu yillar ichida bolaning 
axloqiy tuyg’ulari rivojlanadi, ongi bilan xulqi o’rtasida uyg’unlik vujudga 
keladi, xarakteri tarkib topadi, o’z xulqi va xatti-harakatlarini ehtiyojga va 
sharoitga muvofiqlashtirishga intilish odatlari tarbiyalanadi. 


Bolalarning yoshi rivojlanish darajasiga ko’ra ularga beriladigan tarbiyaning 
mazmuni, pedagogik rahbarlikning xarakteri ham o’zgarib boradi. Masalan, 
boshlang’ich sinf o’quvchilari maktabdagi o’z asosiy vazifalarini: o’zini 
maktabda, uyda, ko’chada qanday tutish qoidalarini bilib oladilar. Bunday 
odatlar ularga namuna ko’rsatish, tushuntirish yo’li bilan singdiriladi. 
Bolalarning yoshi ulg’aygan sari ularga talab ham orta boradi. SHu tufayli 
o’rta va katta yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ularning mustaqilligiga 
suyanib ish ko’rish yaxshi natija beradi. Tarbiyada bolalarning kuchi va 
imkoniyatlarini tola ishga solish yaxshi, lekin ularning kuchiga ortiqcha baho 
berib yuborish ham yaramaydi. 
Tarbiya berishda o’quvchilarning yosh xususiyatlaridan tashqari, har qaysi 
bolaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish ham katta ahamiyatga 


ega. Bolalarning yoshi, bo’yi bir xil bo’lsa-da, ularnig mijozi, fazilatlari, 
qobiliyat va mayllari, qiziqishlari har xil bo’ladi. Bu farqlar bolalarning 
xulqida, o’qish va mehnatida aks etadi. 
Bir o’quvchiga nisbatan muvofiq bo’lgan tarbiya uslubini boshqa bir 
o’quvchiga nisbatan qo’llaganda u kutilgan natijani bermasligi mumkin. 
Sinfdagi o’quvchilarning ba’zilariga oddiy tanbehning o’ziyoq samarali ta’sir 
ko’rsatadi, ammo boshqa o’quvchilarga tanbeh berishning o’zi kifoya 
qilmaydi. Ba’zi bir o’quvchi ayrim axloqiy fazilatlarni tezda uqib oladi va 
unga amal qiladi, ikkinchisi esa unga amal qilmaydi, ayrim bolalar esa bu xil 
sifatlarni o’zlariga juda sekinlik bilan singdiradilar. 
Ayrim o’quvchilar o’zlarining faolliklari, saranjom-sarishtaligi, intizomliligi, 
fahm-farosati bilan o’qituvchi va bolalar jamoasining ishonchi va hurmatiga 
sazovor 
bo’ladilar, 
boshqalari 
esa 
intizomsizligi

pala-partishligi, 
betgachoparligi, bema’ni qiliqlari bilan tezda «tanilib» qoladilar. Demak, har 
bir o’quvchining qobiliyati, qiziqishi, his-tuyg’ulari, kuchli va zaif jihatlarini 
aniqlab, tarbiyaviy ishlarda ularni hisobga olish tarbiyani to’g’ri yoiga 
qo’yish 
imkoniyatini 
beradi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin