intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat
qilish huquqni kafolatlaydi.
Odamning
ijtimoiy mavjudot sifatida
shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy
muhit
sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida
rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanishning
o’zi
nima?
Rivojlanish
oddiyda murakkabga,
quyidan
yuqoriga
, eski sifatlardan yangi
holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi,
miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ta’minlovchi murakkab harakat
jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi
kurashdan iboratdir.
Bola shaxsining rivojlanishi inson
ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga
asoslanadi.
Ayni vaqtda inson
tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning
rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega.
SHuningdek, shaxs bir butun mavjudot
sifatida baholanar ekan,
uning
rivojlanishiga
biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-
biridan ajratib bo’lmaydi.
CHunki shaxsning faoliyati,
hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan
birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson butun umri davomida o’zgarib boradi.
U ham ijtimoiy
,
ham psixik jihatdan
kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u
jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida
o’ziga munosib o’rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.
SHaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato
baholash uchun uni turli
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir
etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini
bilish
va
hisobga
olish
maqsadga
muvofiq.
SHunday
qilib
, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
Dostları ilə paylaş: