Kompyuter injinering


bo’lgan faollik o’quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix19.10.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#157732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Pedagogika va psixologiya mustaqil ish (1) PDF

bo’lgan faollik o’quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi. 
Faollik ko’rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. 
SHunga ko’ra, o’quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo’ladi. Ta’lim muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs 
rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o’zgarib turishi kerak.
 
 
Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha 
muvaffaqiyatlarining garovi
dir. CHunki har bir inson o’z mehnati, g’ayrati, intilishi bilangina 
faollashadi. O’qituvchi qanchalik yaxshi o’qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o’zi harakat qilmasa, rivojlanish 
muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma’naviy-axlohiy 
kamchiliklarning asosiy sababi
 ham insonning o’z faoliyatini to’g’ri yo’lga 
qo’ymaganligidadir. 
SHuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs faolligi 
asosida ijtimoiy faollik
, tashabbuskorlik, 
ijodkorlik xislatlarini shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi. 


SHaxsning ijtimoyilashuvi
. SHaxs ijtimoiy munosabatlar 
jarayonida shakllanadi

CHunki ta’lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog’liq bo’lgan 
holat va hodisalar o’rgatiladi. Bu jarayonda o’quvchi jamiyatga «kirishadi» va u 
bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Ular ma’lum ijtimoiy tajriba (bilim, 
qadriyat, 
axloqiy 
qoida
, ko’rsatma) orttiradilar, ya’ni, ijtimoiylashadilar. 
Ijtimoiylashuv uzoq davom 
etadigan murakkab jarayon
. CHunki har qanday 
jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy 
me’yorlar va qoidalar 
tizimini ishlab chiqadi
, har bir bola yuqoridagi qoidalarni 
qabul qilib, o’rganib 
mazkur jamiyatda yashash
, uning a’zosi bo’lish imkoniyatiga 
ega bo’ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq 
ta’sir etadi. Bu ta’sir ta’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, 
shaxsning shakllanishiga turli g’oyalar, ijtimoiy muhit ta’sir ko’rsatadi. 
Odamlar ijtimiy me’yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va 
uni o’rganadilar. 
Ijtimoiylashuv 
jarayoni
 ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson 
jamiyat 
talablariga 
mos 
kelishi, 
unga 
«kirishib» 
ketishi, 
jamiyat 
rivojlanishidagi 
salbiy jihatlarga
, shaxsning individual rivojlanishiga to’sqinlik 
qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba’zan aksi ham 
bo’ladi: to’liq ijtimoiylashgan, 
jamiyatga kirishib ketadigan
, ammo muhitda ba’zi 
salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko’rsatmaydigan odamlar ham mavjud. 
Bu holat ko’p jihatdan butun jamiyat, 
tarbiya muassasalari
, o’qituvchilar hamda 
ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g’oyasi 
yordamidagina bartaraf etilishi mumkin. 
Zero, O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham 
ta’kidlab o’tilganidek, uzluksiz ta’limni tashkil etish, rivojlantirish hamda 
ta’limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta’lim oluvchilarda 
estetik boy 
dunyoqarashni shakllantirish
, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va 
ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar 
hisoblanadi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin