TEPMERAMENTNI O‘RGANISH METODIKASI.
TEMPERAMENT FORMULASI.
Maqsad: Shaxsnitemperament tipini aniqlash.
Zarur materiallar: Qog‘oz, qalam yoki ruchka, test.
Temperamentni o‘rganishning juda ko‘p xilma-xil metodlari mavjud.
«Znanie — sila» oynomasida (1971 yilgi 1-son, 54-bet) A.Belov tavsiflagan
metodni taklif qilamiz. Muallif tsmperament «pasportini» to‘ldirishni, keyin esa
ancha oddiy matematik ishlov berish yo‘li bilan temperament formulasini
chiqarishni taklif etadi. «Pasport»ni to‘ldirishda nima deb javob berishni, siz
odatda har kuni (qandaydir alohida, favqulodda hollarda emas) o‘zingizni qanday
tutishingizni hisobga olishingiz kerak.
... SHUNDAY QILIB:
1) Agar siz…
A) Sabrsiz, hovliqmabo‘lsangiz;
V) Quvonoq va xushchaqchaqbo‘lsangiz;
S) Bosiq va sovuqqonbo‘lsangiz;
D) Uyatchan va tortinchoq bo‘lsangiz;
2) Agar siz…
A) Engiltabiat, serjahlbo‘lsangiz;
V) G‘ayratli va ishchan bo‘lsangiz;
S) Ishlarda sobitqadam va mulohazalibo‘lsangiz;
D) YAngi vaziyatda o‘zingizni yo‘qotib qo‘ysangiz;
3) Agar siz…
A) Betoqatbo‘lsangiz;
V) Ko‘pincha boshlangan ishni oxiriga etkazmasangiz;
S) Ehtiyotkor va andishalibo‘lsangiz;
D) Notanish kishilar bilan aloqa o‘rnatishda qiynalsangiz;
4) Agar siz…
A) Odamlar bilan munosabatda keskin va rostgo‘ybo‘lsangiz;
V) O‘zingizga ortiqcha baho berishga moyil bo‘lsangiz;
S) Kutishga qodir bo‘lsangiz;
D) O‘z kuchingizga ishonmasangiz;
5) Agar siz…
A) Qat’iyatli va tashabbuskorbo‘lsangiz;
V) YAngilikni tezda ilg‘ab, qabul qilishga qodir bo‘lsangiz;
S) Kamgap va bekorga gapiraverishni istamasangiz;
D) YOlg‘izlikka oson ko‘niksangiz;
6) Agar siz…
A) Qaysarbo‘lsangiz;
V) Qiziqishlar va mayllarda tuturuqsiz bo‘lsangiz;
S) Osoyishta, bir maromdagi, his-hayajoni yaqqol ifodalanmagan, harakat va
mimikaga boy bo‘lmagan nutqqa ega bo‘lsangiz;
D) Muvaffaqiyatsizlikda o‘zingizni ezilgan va betoqat sezsangiz;
7) Agar siz…
A) Tortishuvda topqir bo‘lsangiz;
V) Muvaffaqiyatsizliklar va noqulayliklarni oson kechirsangiz;
S) Vazmin va sabr-toqatli bo‘lsangiz;
D) O‘zingiz bilan o‘zingiz ovora bo‘lishga moyil bo‘lsangiz;
8) Agar siz…
A) Tirishqoqlik bilan ishlasangiz;
V) Turli sharoitlarga oson muvofiqlashsangiz;
S) Boshlangan ishni oxirigacha etkazsangiz;
D) Tezda charchab qolsangiz;
9) Agar siz…
A) Tavakkal qilishga moyil bo‘lsangiz;
V) Har qanday ishga zo‘r qiziqish bilan kirishsangiz;
S) Kuchingizni bekorga sarflamasangiz;
D) Nutqingiz sekin, zaif, ba’zan pichirlash darajasiga tushib qolsa;
10) Agar siz…
A) Keksiz va arazlamaydiganbo‘lsangiz;
V) Agar ish sizni hiziqtirmay qo‘ysa, darhol xafsalangiz pir bo‘lsa;
S) Vujudga kelgan hayot tartibiga, ishdagi sistemaga qatiy rioya qilsangiz;
D) Suhbatdoshingiz xarakteriga beixtiyor moslashsangiz;
11) Agar siz…
A) Tez, ehtirosli, poyma-poy nutqqa ega bo‘lsangiz;
V) YAngi ishga tez kirishib ketsangiz va bir ishdan ikkinchisiga tezda qo‘shilib
ketsangiz;
S) Tutoqib ketishdan osongina o‘zingizni tiysangiz;
D) Hissiyotga beriluvchanbo‘lsangiz;
12) Agar siz…
A) Betayin va qiziqqonlikka moyil bo‘lsangiz;
V) Bir xil, kundalik, sermexnat ish bilan band bo‘lsangiz;
S) Ma’qullash va tanbehlardan kam ta’sirlansangiz;
D) Ma’qullash va tanbehga nihoyatda ta’sirchan bo‘lsangiz;
13) Agar siz…
A) Tajovuzkor, urishqoqbo‘lsangiz;
V) Dilkash va mehribon bo‘lsangiz, o‘zingiz uchun yangi bo‘lgan kishilar bilan
muomala qilishda tortinmasangiz;
S) Muloyim bo‘lsangiz, o‘z sha’ningizga aytilgan qaltis hazillarga kechiruvchan
munosabatda bo‘lsangiz;
D) O‘zingizga va atrofdagilarga yuksak talablar qo‘ysangiz;
14) Agar siz…
A) Kamchiliklarga toqatsizbo‘lsangiz;
V) Bardoshli va ishchan bo‘lsangiz;
S) O‘z munosabat va qiziqishlaringizda barqarorbo‘lsangiz;
D) SHubha bilan qarashga, badgumonlikka moyil bo‘lsangiz;
15) Agar siz…
A) Ifodali imo-ishoraga ega bo‘lsangiz;
V) Jonli imo-ishoralar, ifodali mimika bilan ajralib turadigan aniq, tez va baland
ovozli nutqqa ega bo‘lsangiz;
S) Ishga bafurja kirishsangiz va bir ishdan ikkinchisiga sekinlik bilan o‘tsangiz;
D) Haddan tashqari ta’sirlanuvchan va azoblanuvchanbo‘lsangiz;
16) Agar siz…
A) Tez harakat qilishga va hal etishga qobiliyatli bo‘lsangiz;
V) Kutilmagan, murakkab vaziyatda o‘zingizni yo‘qotmasangiz;
S) Hammaga bir xilda munosabatda bo‘lsangiz;
D) Haddan tashqari arazgo‘y(salga xafa bo‘ladigan)bo‘lsangiz;
17) Agar siz…
A) YAngalikka tinimsiz intilsangiz;
V) Hamisha quvnoq kayfiyat bilan ajralib tursangiz;
S) Barcha sohada puxtalik va tarbiyani yoqtirsangiz;
D) Ichingizdagini hech kimga aytmaydigan va odamovi bo‘lsangiz, o‘z
fikrlaringizni hech kim bilan baham ko‘rmasangiz;
18) Agar siz…
A) Keskin, shiddatli harakat qilsangiz;
V) Tezdauxlab va tezda uyg‘onsangiz;
S) YAngi sharoitga, qiyinchilikka moslashsangiz;
D) Kamharakat va jur’atsizbo‘lsangiz;
19) Agarsiz…
A) Qo‘yilgan maqsadga erishishda qatiyatlibo‘lsangiz;
V) Ko‘pincha fikringizni bir joygato‘plab ololmay, bir to‘xtamga kelishda
shoshma-shosharlik qilsangiz;
S) O‘zingizni tuta bilsangiz;
D) Gap qaytarmay bo‘ysunuvchan bo‘lsangiz;
20) Agar siz…
A) Kayfiyatingiz tez-tez o‘zgarib turishiga moyil bo‘lsa
V) Ba’zan yuzada yurishga, turli narsalarga chalg‘ishgamoyil bo‘lsangiz,
S) Bosiq bo‘lsangiz
D) Atrofdagilarning xayrixohligi va yordamini qo‘zgatishga intilsangiz;
BULAR SIZNING O‘Z-O‘ZINGIZGA BERGAN
SUB’EKTIV BAHOINGIZ EKANLIGANI UNUTMANG.
Temperament «pasporti»da siz ijobiy javob beradigan sifatlarni (+) belgisi
bilan qayd qiling. Agar u yoki bu tipdagi temperament «pasporti»dagi ijobiy
javoblarning miqdori 16— 20 tani tashkil etsa, sizda temperamentning mazkur
tipiga xos belgilar yaqqol ifodalanganligi ma’lum bo‘ladi. Bordi-yu, ijobiy
javoblar 11—15 ta bo‘lsa, demak sizga mazkur tempsramentning sifatlari muayyan
darajada xos hisoblanadi. Agar ijobiy javoblar 6—10 tadan oshmasa, sizda mazkur
tipdagi temperament sifatlari juda oz darajada mavjud bo‘ladi.
Endi temperament formulasini aniqlang:
TF =X(
Ф
Ах
×100%) + S(
А
Ас
×100%)+ F(
А
Аф
×100%)+ M(
А
МА
× 100%)
Bunda;
T
F
— temperament formulasi;
X — xolerik temperament;
S — sangvinik temperament;
F — flegmatik temperament;
M — melanxolik temperament;
A — barcha tiplar bo‘yicha plyuslarning umumiy soni;
A
x
— xolerik «pasporti»dagi plyuslar soni;
As — sangvinik «pasporti»dagi plyuslarning umumiy soni;
Af — flegmatik «pasporti»dagi plyuslarning umumiy soni;
MA — melanxolik «pasporti»dagi plyuslarning umumiy soni.
Pirovardida temperament formulasi, jumladan, quyidagi ko‘rinishga ega
bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: |