Temperament formulasi



Yüklə 212,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix22.01.2022
ölçüsü212,38 Kb.
#51479
  1   2   3   4   5   6
TEPMERAMENTNI O‘RGANISH METODIKASI.



TEPMERAMENTNI O‘RGANISH METODIKASI. 

TEMPERAMENT FORMULASI. 

Maqsad: Shaxsnitemperament tipini aniqlash. 

Zarur materiallar: Qog‘oz, qalam yoki ruchka, test. 

Temperamentni  o‘rganishning  juda  ko‘p  xilma-xil  metodlari  mavjud. 

«Znanie  —  sila»  oynomasida  (1971  yilgi  1-son,  54-bet)  A.Belov  tavsiflagan 

metodni  taklif  qilamiz.  Muallif  tsmperament  «pasportini»  to‘ldirishni,  keyin  esa 

ancha  oddiy  matematik  ishlov  berish  yo‘li  bilan  temperament  formulasini 

chiqarishni  taklif  etadi.  «Pasport»ni  to‘ldirishda  nima  deb  javob  berishni,  siz 

odatda  har  kuni  (qandaydir  alohida, favqulodda hollarda emas) o‘zingizni qanday 

tutishingizni hisobga olishingiz kerak. 

 

... SHUNDAY QILIB: 



1) Agar siz… 

A) Sabrsiz, hovliqmabo‘lsangiz; 

V) Quvonoq va xushchaqchaqbo‘lsangiz; 

S) Bosiq va sovuqqonbo‘lsangiz; 

D) Uyatchan va tortinchoq bo‘lsangiz; 

2) Agar siz… 

A) Engiltabiat, serjahlbo‘lsangiz; 

V) G‘ayratli va ishchan bo‘lsangiz; 

S) Ishlarda sobitqadam va mulohazalibo‘lsangiz; 

D) YAngi vaziyatda o‘zingizni yo‘qotib qo‘ysangiz; 

3) Agar siz… 

A) Betoqatbo‘lsangiz; 

V) Ko‘pincha boshlangan ishni oxiriga etkazmasangiz; 

S) Ehtiyotkor va andishalibo‘lsangiz; 

D) Notanish kishilar bilan aloqa o‘rnatishda qiynalsangiz; 

 

4) Agar siz… 



A) Odamlar bilan munosabatda keskin va rostgo‘ybo‘lsangiz; 

V) O‘zingizga ortiqcha baho berishga moyil bo‘lsangiz; 

S) Kutishga qodir bo‘lsangiz; 

D) O‘z kuchingizga ishonmasangiz; 

5) Agar siz… 

A) Qat’iyatli va tashabbuskorbo‘lsangiz; 

V) YAngilikni tezda ilg‘ab, qabul qilishga qodir bo‘lsangiz; 

S) Kamgap va bekorga gapiraverishni istamasangiz; 

D) YOlg‘izlikka oson ko‘niksangiz; 

 

6) Agar siz… 



A) Qaysarbo‘lsangiz; 

V) Qiziqishlar va mayllarda tuturuqsiz bo‘lsangiz; 

S)  Osoyishta,  bir  maromdagi,  his-hayajoni  yaqqol  ifodalanmagan,  harakat  va 

mimikaga boy bo‘lmagan nutqqa ega bo‘lsangiz; 

D) Muvaffaqiyatsizlikda o‘zingizni ezilgan va betoqat sezsangiz; 



7) Agar siz… 

A) Tortishuvda topqir bo‘lsangiz; 

V) Muvaffaqiyatsizliklar va noqulayliklarni oson kechirsangiz; 

S) Vazmin va sabr-toqatli bo‘lsangiz; 

D) O‘zingiz bilan o‘zingiz ovora bo‘lishga moyil bo‘lsangiz; 

8) Agar siz… 

A) Tirishqoqlik bilan ishlasangiz; 

V) Turli sharoitlarga oson muvofiqlashsangiz; 

S) Boshlangan ishni oxirigacha etkazsangiz; 

D) Tezda charchab qolsangiz; 

9) Agar siz… 

A) Tavakkal qilishga moyil bo‘lsangiz; 

V) Har qanday ishga zo‘r qiziqish bilan kirishsangiz; 

S) Kuchingizni bekorga sarflamasangiz; 

D) Nutqingiz sekin, zaif, ba’zan pichirlash darajasiga tushib qolsa; 

10) Agar siz… 

A) Keksiz va arazlamaydiganbo‘lsangiz; 

V) Agar ish sizni hiziqtirmay qo‘ysa, darhol xafsalangiz pir bo‘lsa; 

S) Vujudga kelgan hayot tartibiga, ishdagi sistemaga qatiy rioya qilsangiz; 

D) Suhbatdoshingiz xarakteriga beixtiyor moslashsangiz; 

11) Agar siz… 

A) Tez, ehtirosli, poyma-poy nutqqa ega bo‘lsangiz; 

V)  YAngi  ishga  tez  kirishib  ketsangiz  va  bir  ishdan  ikkinchisiga  tezda  qo‘shilib 

ketsangiz; 

S) Tutoqib ketishdan osongina o‘zingizni tiysangiz; 

D) Hissiyotga beriluvchanbo‘lsangiz; 

12) Agar siz… 

A) Betayin va qiziqqonlikka moyil bo‘lsangiz; 

V) Bir xil, kundalik, sermexnat ish bilan band bo‘lsangiz; 

S) Ma’qullash va tanbehlardan kam ta’sirlansangiz; 

D) Ma’qullash va tanbehga nihoyatda ta’sirchan bo‘lsangiz; 

13) Agar siz… 

A) Tajovuzkor, urishqoqbo‘lsangiz; 

V)  Dilkash  va  mehribon bo‘lsangiz, o‘zingiz uchun yangi bo‘lgan kishilar bilan 

muomala qilishda tortinmasangiz; 

S) Muloyim bo‘lsangiz, o‘z sha’ningizga aytilgan qaltis hazillarga kechiruvchan 

munosabatda bo‘lsangiz; 

D) O‘zingizga va atrofdagilarga yuksak talablar qo‘ysangiz; 

14) Agar siz… 

A) Kamchiliklarga toqatsizbo‘lsangiz; 

V) Bardoshli va ishchan bo‘lsangiz; 

S) O‘z munosabat va qiziqishlaringizda barqarorbo‘lsangiz; 

D) SHubha bilan qarashga, badgumonlikka moyil bo‘lsangiz; 

 

15) Agar siz… 



A) Ifodali imo-ishoraga ega bo‘lsangiz; 


V)  Jonli imo-ishoralar, ifodali mimika bilan ajralib turadigan aniq, tez va baland 

ovozli nutqqa ega bo‘lsangiz; 

S) Ishga bafurja kirishsangiz va bir ishdan ikkinchisiga sekinlik bilan o‘tsangiz; 

D) Haddan tashqari ta’sirlanuvchan va azoblanuvchanbo‘lsangiz; 

16) Agar siz… 

A) Tez harakat qilishga va hal etishga qobiliyatli bo‘lsangiz; 

V) Kutilmagan,   murakkab   vaziyatda   o‘zingizni   yo‘qotmasangiz; 

S) Hammaga bir xilda munosabatda  bo‘lsangiz; 

D) Haddan tashqari arazgo‘y(salga xafa bo‘ladigan)bo‘lsangiz; 

17) Agar siz… 

A) YAngalikka tinimsiz intilsangiz; 

V) Hamisha quvnoq kayfiyat bilan ajralib tursangiz; 

S) Barcha   sohada   puxtalik   va  tarbiyani yoqtirsangiz; 

D)  Ichingizdagini  hech  kimga  aytmaydigan  va  odamovi  bo‘lsangiz,  o‘z 

fikrlaringizni hech kim bilan baham ko‘rmasangiz; 

18) Agar siz… 

A) Keskin, shiddatli harakat qilsangiz; 

V) Tezdauxlab va tezda uyg‘onsangiz; 

S) YAngi sharoitga, qiyinchilikka moslashsangiz; 

D) Kamharakat va jur’atsizbo‘lsangiz; 

19)Agarsiz… 

A) Qo‘yilgan maqsadga erishishda qatiyatlibo‘lsangiz; 

V)  Ko‘pincha  fikringizni  bir  joygato‘plab  ololmay,  bir  to‘xtamga  kelishda 

shoshma-shosharlik qilsangiz; 

S) O‘zingizni tuta bilsangiz; 

D) Gap qaytarmay bo‘ysunuvchan bo‘lsangiz; 

 

20)Agar siz… 



A) Kayfiyatingiz tez-tez o‘zgarib turishiga moyil bo‘lsa 

V) Ba’zan yuzada yurishga, turli narsalarga chalg‘ishgamoyil bo‘lsangiz, 

S) Bosiq bo‘lsangiz 

D) Atrofdagilarning xayrixohligi va yordamini qo‘zgatishga intilsangiz; 

 

BULAR SIZNING O‘Z-O‘ZINGIZGA BERGAN  



SUB’EKTIV BAHOINGIZ EKANLIGANI UNUTMANG. 

 

Temperament  «pasporti»da  siz  ijobiy  javob  beradigan  sifatlarni  (+)  belgisi 



bilan  qayd  qiling.  Agar  u  yoki  bu  tipdagi  temperament  «pasporti»dagi  ijobiy 

javoblarning  miqdori  16—  20  tani  tashkil  etsa,  sizda  temperamentning  mazkur 

tipiga  xos  belgilar  yaqqol  ifodalanganligi  ma’lum  bo‘ladi.  Bordi-yu,  ijobiy 

javoblar 11—15 ta bo‘lsa, demak sizga mazkur tempsramentning sifatlari muayyan 

darajada xos hisoblanadi. Agar ijobiy javoblar 6—10 tadan oshmasa, sizda mazkur 

tipdagi temperament sifatlari juda oz darajada mavjud bo‘ladi. 

Endi temperament formulasini aniqlang: 

 



TF =X(

Ф

Ах

×100%) + S(



А

Ас

×100%)+ F(



А

Аф

×100%)+ M(



А

МА

× 100%) 


 

Bunda; 


T

F

— temperament formulasi; 



X — xolerik temperament; 

S — sangvinik temperament; 

F — flegmatik temperament; 

M — melanxolik temperament; 

A — barcha tiplar bo‘yicha plyuslarning umumiy soni; 

A

x



 — xolerik «pasporti»dagi plyuslar soni; 

As — sangvinik «pasporti»dagi plyuslarning umumiy soni; 

Af — flegmatik «pasporti»dagi plyuslarning umumiy soni; 

MA — melanxolik «pasporti»dagi plyuslarning umumiy soni. 

Pirovardida  temperament  formulasi,  jumladan,  quyidagi  ko‘rinishga  ega 

bo‘ladi: 

 


Yüklə 212,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin