Xolerik temperament (o‘t yoki safro - grekcha chole)— hissiyotning tez
va kuchli qo‘zg‘a-luvchanligi, barqaror bo‘lishi bilan farq qiladi. Xolerik
temperamentli kishilarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida, mimikalarida,
harakatlari va nutqlarida yaqqol ko‘rinib turadi. Xoleriklar qizg‘inlik va
tajanglikka moyil bo‘ladilar. Bunday temperamentli kishilar chaqqon, umuman
harakatchan, serg‘ayrat va har doim urinuvchan bo‘ladilar.
Bu xil temperamentli bolalar serg‘ayrat bo‘ladilar. Ular bir ishga tez
kirishadigan va boshlagan ishini oxiriga etkazadigan bo‘ladilar. Ular ko‘pchilik
bilan kollektiv o‘yinlar o‘tkazishni sevadilar va bunday o‘yinlarni ko‘pincha
o‘zlari boshlab, oxirigacha aktiv qatnashadilar. Xolerik temperamentli bolalar
arazchan, serjahl va tajang bo‘ladilar. Bir narsadan xafa bo‘lsalar, bu xafalik
ularda uzoq saqlanadi. Ulardagi kayfiyat ancha barqaror va davomli bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |