40 kg va undan ham ko‘proq b oiishi aniqlangan.
Rangi to‘q sariq, jigar rang va qora boiadi. Erkak va
urg‘ochilarida shox boim aydi. Bahorgi va kuzgi jun
qirqimi qo‘shilsa umumiy jun miqdori 1,2-2 kg
atrofida
boiadi. Qo‘zilari tez semiradi.
Ular yarim yoshligida
60-70 kg tosh bosadi. Go‘sht chiqimi 48-56 foiz.
Go‘shti nihoyatda mazali va lazzatli boiadi. Lekin ser-
pushtligi yuqori emas. Har 100 bosh sovliqdan o‘rtacha
85-98 ta qo‘zi olinadi.
Jaydari qo‘ylar
- asosan 0 ‘zbekistonning sirdaryo,
jizzax va samarqand viloyatlari xo‘jaliklarida boqiladi.
Ulaming rangi har xil oq, qora, ola, jigar rang, kulrang,
malla yoki birqancha ranglar qo‘shilmasidan tashkil
topgan. Yirik nasldor qo‘chqorlari o‘rtacha 80-90 kg,
sovliqlari 60-70 kg keladi. Serpushtligi har 100 bosh
sovliqqa 80-95 qo‘zi to‘g‘ri keladi. Agar barcha sharoit
yaxshi yaratilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 98 atrofida
bo‘lishi kuzatilgan. Jun miqdori o ‘rtacha 2-3 kg ni
tashkil etadi. So‘yim chiqimi 50-52 foiz. Go‘shti mazali
va lazzatli bo‘ladi. Jaydari qo‘yIar turli xil sharoitlarga
chidamli va tez moslasha oladi.
Edilboy zoti
- g ‘arbiy Qozog‘iston
zonasida yara-
tilgan. U o‘zining go‘shtdorligi va sermoyligi jihatidan
faqatgina hisor zotidan qisman pastroqda turadi. Nasldor
qo‘chqorlarining vazni 100-110 kg, sovliqlari 70-80
kg tosh bosadi. Ayrim hollarda ular orasida 150-160
kg keladigan qo‘chqorlari ham uchrab turadi. 4 Oylik
qo‘zilari 40-45 kg tosh bosadi. Ikkala qirqim bo‘yicha
har bir qo‘ydan o‘rtacha 3-3,5 kg, ayrim vaqtlarda 4-5
kg dag‘al jun qirqib olinadi. Har 100 bosh sovliq 110-
125 ta qo‘zi beradi. Bu zot asosan g‘arbiy Qozog‘iston
tuman xo‘jaliklarida boqiladi.
Dostları ilə paylaş: