Sersut echkilar
- asosan zaanen, gmzin va ms
zotlaridan tashkil topgan. Ular bir laktatsiyada 600-800
kg, yog‘dorligi 4,5 foiz boTgan sut beradi. Bunday
29
www.ziyouz.com kutubxonasi
zotlar asosan Rossiyaning markaziy va shimoli-g‘arbiy
zonalarida boqiladi.
Serjun echkilarga asosan angor zoti kiradi. Ular
markaziy osiyo mamlakatlarida,
Qozog‘iston va
Kavkazorti respublikalarida boqiladi. Angor zotli
echkilaming juni o ‘siq va sifatli bo‘ladi. Har bir echki
yiliga o‘rtacha 4-6 kg jun beradi.
Tivitdor echkilar asosan orenburg, pridon, boshqird
zotlaridan tashkil topgan. Ulaming orasida orenburg
zoti alohida o‘rin egallaydi. Har bir bosh echkidan
400 g atrofida tivit tarab olinadi. Tiviti yuqori sifatli,
yo‘g ‘onli 16-17 mikron bo‘lib, nihoyat mustahkamdir.
Rangi qora va boshqa xil rangda bo‘ladi. Serpushtli-
gi yuqori darajada, ya’ni har bir bo‘g‘oz echki 2-3 ta,
ba’zan 4 ta uloqcha tug‘adi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida asosan qo‘sh mah-
suldor (go‘shtdor - sersut - serjun) echkilar boqiladi.
M ollarni g o ‘shtga boqish va sem irtirish
Mollami go‘shtga boqishda ulaming zoti, zotdorligi
va mahsulot yo'nalishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Qoramollar go‘shtga semirtirilganda ulaming ich-
ki va teri osti moy qavati ko‘payadi. Ayrim hollarda
muskullari oralig‘idagi moy to'qimi miqdori ortadi. Bu
hol ko‘proq go‘shtdor zotli mollarga xosdir. Semirti-
rish natijasida ulaming go‘shti «marmarsimon»: ya’ni
bir qavat go‘sht va bir qavat moy to‘qimasidan tashkil
topgan bo'ladi. Natijada go‘shtning mazasi ortadi, u
lazzatli, mayin va tezpishar bo‘ladi.
Mollami go‘shtga boqishda eng muhim omil
ulami yuqori sifatli, to‘yimli, vitaminlarga boy yem-
xashak bilan ta'minlash, hamda yaxshi parvarishdan
hisoblanadi. G o‘shtga boqishni birqancha tiplari bo‘lib,
bunda ularga beriladigan yem-xashak turlari bilan
belgilanadi. Masalan, yem bilan boqilsa «yem tipi»,
30
www.ziyouz.com kutubxonasi
silos bilan boqilsa «silos tipi», senaja bilan boqilsa
«senaj tipi» va h.k. Deb nomlanadi.
Dostları ilə paylaş: |