Soliq huquqiy munosabatlarning mohiyati – huquq layoqati tushunchasi, uning xususiyati, mazmuni va hajmi orqali yoritib beriladi. Soliq huquq layoqati va muomala layoqati – subyektlar soliq huquqiy holatining asosini tashkil etadi.

Subyektning huquq layoqati uning yuridik huquq va majburiyatlarini o‘z ichiga oladi. Odatda, u aniq bir shaxsning subyektiv huquq va subyektiv majburiyatga ega bo‘lish qobiliyatini anglatadi.
Soliq huquq layoqati – bu ma’lum bir huquqlarga ega bo‘lish va majburiyatlarni bajarish, harakatlarni amalga oshirish va qarorlar qabul qilish, soliq qonunbuzilishlari bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish, huquqiy normalarni buzish va qonun bilan o‘rnatilgan talablarga rioya etmaganlik uchun javobgarlikka tortilish qobiliyatiga ega bo‘lishdir.

Shunday qilib, soliq huquq layoqati aniq bir soliq huquqiy munosabatlarining vujudga kelishida, mazkur huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining aniq huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishida xizmat qiladi.
Soliq huquqi subyektlari tomonidan huquq va majburiyatlarning amalga oshirilishi – huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi yuridik faktlar bilan ta’minlanadi.

Soliq huquqiy munosabatlari faqatgina uning subyektlari huquq layoqatiga ega bo‘lganidagina, ya’ni huquqiy munosabatlarga kirishish uchun asos bo‘ladigan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lganida vujudga kelishi mumkin. Qonunchilik hujjatlari bilan ma’lum bir huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan soliq huquqi munosabatining har bir ishtirokchisi – soliq huquqining subyekti sifatida tan olinadi.