Soliq huquqi normalari bilan o‘rnatilgan huquq layoqatiga ega bo‘lgan subyektlar, ularga berilgan huquq layoqatini amalda ro‘yobga chiqarishlari orqali, soliq huquqiy munosabatlarining ishtirokchilariga aylanadilar. Shu sababli, soliq huquqi subyektlari soliq huquqi layoqati bilan bir vaqtda soliq muomala layoqatiga, ya’ni ularga tegishli bo‘lgan soliq sohasidagi huquqlarni amalga oshirish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi kerak.

Jismoniy yoki yuridik shaxsning muomala layoqati – bu ularning o‘z qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) bilan huquqlarga ega bo‘lishi va amalga oshirishi, o‘zlariga va boshqa shaxslarga majburiyatlarni vujudga keltirishi, ularni bajarishi hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash qobiliyatiga ega bo‘lishidir. Soliq huquqi subyektlarida muomala layoqati turlicha vujudga keladi. Muomala layoqati vujudga kelishining asosiy sharti bo‘lib, subyektlar huquqlari, majburiyatlari va vakolatlarining xususiyatlari hisoblanadi. Muomala layoqatiga ega bo‘lishning huquqiy asoslari normativ huquqiy aktlarda o‘rnatiladi.