3. Soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarning hisobini yuritish
Soliq va boshqa majburiy to‘lovning har bir turi bo‘yicha soliq solish obyekti hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar soliq qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Byudjet kodeksi
Soliq kodeksi
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobi mutanosib usul yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobga olish usuli orqali yuritilishi mumkin. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohidaalohida hisobini yuritish usuli yuridik shaxsning butun kalendar yilga mo‘ljallangan hisob siyosati bilan belgilanadi hamda yil mobaynida o‘zgartirilishi mumkin emas. Hisobga olishning mutanosib usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar realizatsiya qilishdan olingan sof tushumning umumiy summasidagi faoliyatning muayyan turlari bo‘yicha realizatsiya qilishdan olingan sof tushum ulushiga mutanosib tarzda shu muayyan faoliyat turiga kiritiladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobga olish usuli qo‘llanilganda daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar faoliyatning qaysi turi amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, shu turga kiritiladi. Bunda faoliyatning biron turiga kiritish mumkin bo‘lmagan daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar hisobga olishning mutanosib usuli orqali faoliyatning muayyan turiga kiritiladi.
Soliq hisoboti. Soliq hisoboti soliq to‘lovchining soliq va boshqa majburiy to‘lovning har bir turi bo‘yicha yoki to‘langan daromadlar bo‘yicha hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisob kitoblarga va soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni o‘z ichiga oladigan hujjatidir. Hisobot O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda tuziladi.