MAJBURIY FAN – 2 16. O’timsiz fe’llar qaysi vosita(lar) yordamida o’timli fe’lga aylanadi?
A) Tushum kelishigi B) o’zlik va majhul nisbat C) bosh kelishik shakli D) orttirma nisbat
17. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari qanday nomlanadi?
A) fe’lning nisbat shakllari
B) fe’lning ma’noviy guruhlari
C) fe’lning mayl shakllari
D) fe’lning harakat tarsi shakllari
18. So’z tarkibidagi –ma qo’shimchasiga urg’u tushmasa, u qanday vazifa bajarishi mumkin?
A) sifat yasovchi B) ot yasovchi
C) ot va fe’l yasovchi
D) fe’lning bo’lishsizlik shakli
19. Qaysi qatordagi fe’llarda ikkitadan nisbat qo’shimchasi bor?
A) qurdirdi, yozdirildi, keltirdi
B) sevintirdi, yozdirildi, so’rattirdi
C) surishtirdi, o’tkazdi, o’zgartirdi
D) yozdirildi, urindi, o’zgartirdi
20. Fonetik o’zgarishga uchragan fe’l qatnashgan gapni toping.
A) O’roqda yo’q, mashoqda yo’q, xirmonda hozir. B) Aybsiz do’st axtargan, do’stsiz qolar.
C) Andishali muloqot – ulug’lik belgisi.
D) Anvar bir yoshda sanashni o’rgandi.
21. Qofiya she’riy asarning ohangdorligi va ta’sirchanligini kuchaytiradi, asarning yod olinishini osonlashtiradi. Ushbu gapda so’z yasovchi qo’shimchalar nechta o’rinda ishtirok etgan?
A) 5 B) 7 C) 8 D) 6
22. So’zlar tarkibida ismlarning va fe’llarning munosabat shakllari o’zaro omonimlikni namoyon qilgan gapni aniqlang.
A) Mevali daraxt yerga engashar.
B) Ohangni kaftingda tutsang, singlingni kiftingda tut.
C) Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam – dilim.
D) Chin do’st – tug’ishganing bilan teng.
23. Shart maylidagi fe’llarni toping.
A) tozalaysan, yig’ishtirasan, tushuntirasan
B) ochilsa, ko’rsangiz, sezmasak
C) unutma, uyg’otma, shoshilmaylik
D) boryapman, eriyapti, qatnayapti
24. Bitta o’choqqa o’tin g’amlashdan ko’ra ikkita o’choq qurish yengilroq. Ushbu gapda nechta sof fe’l ishtirok etgan?
A) 1 ta sof fe’l, 1 ta harakat nomi
B) sof fe’l qatnashmagan, 2 ta harakat nomi
C) 1 ta sof fe’l, 2 ta harakat nomi
D) 2 ta sof fe’l, 3 ta harakat nomi
25. Quyidagi gaplarning qaysi birida sifatdoshning bo’lishsiz shakli qo’llangan?
A) Bilmaslik ayb emas, uni bo’yniga olmaslik ayb.
B) Tog’ga yetkach, qo’ylarni o’z holiga tashlab qo’ydi.
C) Bilim o’qish va takrorlash mevasidir.
D) Keng fe’l, ketmas davlat bersin.
26. Fe’lning noaniq shakli berilgan qatorni toping.
A) o’qimoq B) ishlamoqda
C) yozsa D) bilgan edi
27. Ravishdoshning sabab ma’nosini ifodalaydigan turi berilgan javobni toping.
A) musiqa tinggach, ko’rgani bormoq
B) qorong’u tushguncha, yugurib kelmoq
C) qo’rqib kirmaydi, qaynayvermagach kuchaytirdi
D) yig’lay-yig’lay uxlamoq, tikilgancha o’ylanib qolmoq
28. Rivojlanmoq,zavqlanmoq, ajablanmoq fe’llari qaysi nisbatda ekanligini toping.
A) orttirma nisbat B) majhul nisbat
C) aniq nisbat D) o’zlik nisbat
29. Yer yuzida hamma joyning o’z atamasi mavjud. Geografik joyning nomi kishilik jamiyati uchun katta ahamiyat kasb etadigan faktordir. Ushbu parchada fe’llar soni nechta?
A) 1 ta B) 2 ta
C) 3 ta D) fe’lga oid so’z qatnashmagan
30. Qaysi gapda –ar qo’shimchasi bilan hosil qilingan orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan?
A) Kampirning ko’zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan terisi oqardi.
B) Ko’klam. Barcha mavjudotlar qaytadan yasharmoqda.
C) O’roq mahali o’roqchilarga go’ja, ayron olib chiqardik.
D) Ey volida, duolaringning sharofatidan Alloh o’g’lingga ko’zlarining nurini qaytardi.