1. Qaysi javobda iboraga misol berilmagan?
A)
dili siyoh B)
jo`jani kuzda sanamoq
C)
oq oltin D)
bosh ko`tarmoq
2. Faqat yuklamalar berilgan javobni aniqlang.
A)
ammo, kabi, -yu B)
bilan, yoki, -chi
C)
hamda, uchun, -mi D)
faqat, -ku, hatto
3. Yengil so`zi qaysi so`z
bilan birikma hosil qilsa,
ko`chma ma`noda qo`llangan bo`ladi?
A)
g`isht B)
sumka C)
tosh D)
ovqat
4. Qaysi so`zda yopiq bo`g`in mavjud emas?
A)
kinochi B)
asarlar
C)
ijodiy D)
sharshara
5.
Mahallada oyoqlar tentirab qoldi,
Qovjirab dilda ishqim armoni qoldi.
She`riy parchada ostiga chizilgan so`z
qanday gap
bo`lagi bo`lib kelgan?
A)
to`ldiruvchi B)
hol
C)
ot kesim D)
ega
6. Berilgan so’zlarning
qaysi birida faqat til oldi,
sirg’aluvchi undoshlar ishtirok etgan?
1)
muvozanat; 2) larza; 3)
faylasuf; 4) shoira; 5)shovul;
6) salla.
A)
2,3,4 B)
1,2, 6 C)
3,4,5,6 D)
2, 4, 6
7. Zid ma`noli juftliklardan qaysi biri ot so`z turkumida?
A)
ilg`or – qoloq B)
tez – sekin
C)
kamchilik- yutuq D)
oldingi – hozirgi
8. Qaysi javobda olmosh turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh
so‘zlar qatori berilgan?
A)
beg‘ubor, sof, musaffo
B)
kimdir, birov, allakim
C)
hech kim, har bir, ana shu
D)
picha, sal, ozgina
9. Qaysi qatordagi gapda imloviy xatolik uchraydi?
A)
Go`yo janjal… Balki bu sipoh qilgan mashq!
B)
Haftalar mobaynida mizg`idim bir oz.
C)
Tushlar ko`rdim qayg`uli, g`amgin jongudoz.
D)
Yana mening uyqumga iblis qildi rashk,
10.
Qaysi qatorda jamlovchi songa misol berilgan?
A)
o`ninchi B)
ikkitadan
C)
beshta D)
oltovlon