UzStudy O’quv Markazi Qaysi javobda iboraga misol berilmagan?


Matnni o‘qing va ushbu matn asosida berilgan quyidagi ikkita topshiriqni bajaring



Yüklə 30,48 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü30,48 Kb.
#167847
1   2   3
3 qism test 07.07.2023

Matnni o‘qing va ushbu matn asosida berilgan quyidagi ikkita topshiriqni bajaring.
TARJIMAYI HOL
1. Men, Abdullayeva Nafisa Rustam qizi, 2003-yilning 4-iyunida Xorazm viloyatining Xiva shahrida xizmatchi oilasiga tug‘ildim.
2. Otam – Abdullayev Rustam «Barkamol avlod» sport sog‘lomlashtirish markazida murabiy bo‘lib ishlaydi. Onam – Abdullayeva Hulkar 30-umum ta’lim maktabida matematika fanidan dars beradi. Oilada 5 kishimiz. Singlim – Ra’no 5-sinfda, ukam – Zafar 3-sinfda o‘qiydi.
3. 2010-yili Xiva shahridagi 30-umumta’lim maktabining 1-sinfiga o‘qishga qabul qilindim. Hozir ushbu maktabning 6-sinfida o‘qimoqdaman. Ona tili va adabiyot tarix fanlariga qiziqaman, suvda suzishni yaxshi ko‘raman. Maktabdagi jamoat ishlarida faol qatnashaman, sinfimiz devoriy gazetasining doimiy mualliflaridanman.
Yashash manzilim: Xiva shahri, Obod ko‘chasi, 11-uy.
17. Ushbu TARJIMAYI HOL matnining raqamlab ko‘rsatilgan bandlarida ro‘y bergan xatoliklar turi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) 1 − imloviy xatolik; 2 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik; 3 − ishoraviy (punktuatsion) xatolik B) 1 − ishoraviy (punktuatsion) xatolik; 2 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik; 3 − imloviy xatolik C) 1 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik; 2 − imloviy xatolik; 3 – ishoraviy (punktuatsion) xatolik D) 1 − imloviy xatolik; 2 – ishoraviy (punktuatsion) xatolik; 3 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik
18. Ushbu TARJIMAYI HOL matnining raqamlab ko‘rsatilgan bandlari mazmuniga oid xato hukmni aniqlang. A) Matnning ikkinchi qismida tarjimayi hol egasining oilasi haqida ma’lumotlar bayon qilingan. B) Matnning birinchi qismida tarjimayi hol egasi haqida shaxsiy ma’lumotlar bayon qilingan. C) Matnning uchinchi qismida mazkur tarjimayi hol egasining oʻqish hamda jamoat ishlaridagi sifatlari va qiziqishlari bayon qilingan. D) Matnning har uchala qismida tarjimayi hol egasi haqida ma’lumotlar bayon qilingan.
19. 1925-yilgacha yozgan asarlarini jamlab, “Biz boramiz!” nomi ostida she’rlar va dostonlardan iborat dastlabki to’plamini yaratadi. 1929-yilda “O’rtoqqa”, 1934-yilda esa “Ordenli millionerlar” nomli kitoblarini chop ettiradi. Ushbu ma’lumotlar qaysi ijodkor haqida? A) Musa Jalil B) Sergey Yesenin C) Asqad Muxtor D) Xayriddin Saloh
20. Tog’ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” asari haqida berilgan ma’lumotni aniqlang. A) Ushbu asarda Rahmon polvonning kurashda bir boragina yiqilganini ko’tara olmay o’lib ketishi tasvirlanadi. B) Mazkur qissa sho’ro davri adabiyotidagi

ko’plab boshqa asarlardan oxiri “umidbaxsh sadolar bilan” tugamasligi jihatidan ajralib turadi. C) Unda Ochil bobo shajarasida unib qolgan “mo’rt bir barg” – Akbarali ismli konchi yigit taqdiri hikoya qilinadi. D) Asar qahramonidek yozuvchi ham noyob urf-odatlarimiz, ko’hna ma’naviy boyliklarimiz asta-sekin unutilishi, borib-borib esa yo’q bo’lib ketishidan jiddiy xavotirga tushadi.


21. Birovlarning dard-u tashvishi, olamda boʻlayotgan ming turli ishlar yetti uxlab tushiga kirmaydigan, dunyoda faqat oʻzim boʻlay deb yashaydiganlar xilidan boʻlgan Abdugʻaniboy qaysi asar qahramon sanaladi? A) “Bemor” B) “Shum bola” C) “Dahshat” D) “Urushning so’nggi qurboni”
22. Qaysi javobda Odil Yoqubovning qissa va hikoyalar to’plami berilgan? A) “Tengdoshlar” B) “Ikki muhabbat” C) “Tilla uzuk” D) “Diyonat”
23. … uncha-muncha to‘y-u azalarga «kavshim ko‘chada qolg‘an emas» deb bormas edi. Shuning uchun xotinlar o‘z to‘ylarini … ishtiroki bilan o‘tkazib olsalar, o‘zlarini shaharning eng baxtlik xotinlaridan sanab «maning to‘yimni bek oyim o‘z qo‘llari bilan o‘tkazdilar» degan jumlani majlislarda iftixor o‘rnida so‘zlab yurar edilar. …ning obro‘si yolg‘iz shular bilangina cheklanib qolmas, uni o‘rda xonimlari ham ehtirom qilib o‘zlarining «onaxonlari» deb bilar edilar. «Oʻtkan kunlar» romanidan olingan ushbu parchada qaysi obraz tasvirlangan? A) Oftob oyim B) Xushroʻy C) Mohira oyim D) Oʻzbek oyim
24. Qaysi qatorda Yusuf Xos Hojib haqida ma’lumot berilgan? A) U turkiy tildagi dastlabki yirik yozma doston muallifi hisoblanadi. B) U Paygʻambarlar haqidagi qissalardan iborat asar yaratgan. C) U turkcha-arabcha lugʻatning ilk namunasini yaratgan.

D) U oʻzbek adabiyoti tarixida ilk marta maqta’da taxallus qoʻllagan.


25. G’.G’ulomning “Vaqt” she’ri haqida berilgan ma’lumotni aniqlang. A) She’rda polizkapada yulduz sanab yotgan bolaning sajiyasi va ichki dunyosi tasvirlanib, lirik qahramonning “bola baxti”ni topolmaganligi tilga olinadi. B) She’rda shuhratparastlikka intilib ibodatxonani yoqib yuborgan Gerostratning qilmishi yodga olinadi. C) She’rning dastlabki satrlari tushdagi o’lim tasviri bilan boshlanib, o’lib yotgan lirik qahramonga avarcha so’zlar eshitilgach tirilib ketishi ifoda etiladi. D) She’rda “o’zbek otasi”ning bo’rtma, umumiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosi yorqin ifodasini topgan.
26. “Saodat ul-iqbol” nomli asar muallifini aniqlang. A) Xoja B) Ogahiy C) Jomiy D) Avaz O’tar
27. Garchi shuncha mag’rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan, manmanlik nechun, Kibr-u havo nimaga kerak? – satrlari bilan boshlanuvchi she’rida, choynak va piyola obrazlari orqali inson bolasining kamtarin bo’lishiga chaqirig’ini ifodalagan ijodkorni toping. A) Erkin Vohidov B) Muhammad Yusuf C) Abdulla Oripov D) Asqad Muxtor
28. Xalq dostonlaridan qaysi birida Qovishtixon, Shohdorxon, Jigʻalixon, Odilxon kabi hukmdorlar haqida soʻz boradi? A) «Alpomish» B) «Kuntugʻmish» C) «Goʻroʻgʻlining tugʻilishi» D) «Rustamxon»
29. Qaysi javobda Oybekning qalamiga mansub bo’lgan asarlar berilgan? A) “Tirik sayyoralar”, “Hozirgi yoshlar” B) “Kuzatish”, “Men – yahudiy” C) “Front bo’ylab”, “Olovli yo’llar”

D) “Turnalar”, “Mening yigit vaqtim”


30. Bu qahramon Bobur vafotidan soʻng «Boburnoma»dan koʻchirilgan nusxalarni adibning Andijon, Toshkent va Samarqanddagi muxlislariga eltib topshirgach, xotini bilan birga Quvaga qaytadi va ular umrlarining qolgan qismini tugʻilgan yurtlarida oʻtkazadilar. Biroq oʻgʻillari Safarbek Agrada umrbod qolib, oʻsha yerda oila qurib, hind xalqiga qoʻshilib ketadilar. Ushbu mulohazalar «Yulduzli tunlar» romanidagi qaysi qahramon haqida? A) Qosimbek B) Tohir C) Mamat D) mulla Fazliddin


Yüklə 30,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin